Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Limfotsitlar (lymphocytus)
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Limfotsitlar (lymphocytus)
Norma: 19-37 % (1,200-3,000 x l0 9/l) Limfotsitlar - diametromi 7-12 mkm li, xujayraning katta qismini egallaydigan dumaloq yoki loviyasimon shaklli yadroga ega xujayralar. Sitoplazmasi, och-xavorangga bo‘yaladi, donalarga ega emas. Yadrosining atrofida yorug1 doirasi bor. Ba'zi limfotsitlar sitoplazmasida bir necha gurux, yirik olcha-qizil (azurofil) rangli donalari (lizosomalari) bor. Sog‘lom odamlarda limfotsitlarni to‘rt guruxga bo‘lish mumkin: • yirik limfotsitlar (10-12 % ga yaqin); • kichik yorug1 limfotsitlar (73-77 %); • kichik to‘q rangli limfotsitlar ( 12-13 % ga yaqin); • limfoplazmotsitlar (1-2 %). Qonda aylanuvchi limfotsitlar.turli vazifalami bajaradi. Ularning asosiy qismi T-limfotsitlarga mansub - 50-70 %, kichikroq qismini V- limfotsitlar - 15-25 % tashkil etadi. Morfologik j'ixatdan odamda T- va V-limfotsitlami ajratib bo‘lmaydi. Timusga qaram limfotsitlar (T-limfotsitbi), timusda suyak ko‘migining o‘zak xujayralaridan xosil bo‘ladi, xujayra immuniteti reaksiyalari va gumoral immunitetni boshqaradi. Immunologik reaksiyalardagi ishtirokiga qarab, T-limfotsitlar ikki asosiy guruxga bo‘linadi. Birinchi guruxni tashkil etadi: immunologik xotira xujayralari, ya'ni yot antigenni tanib olib, immunologik reaksiyani boshlanishiga signal beradi (antigen reaktiv xujayralar); 29 • T-killerlar (organizmning transplantat va mutant xujayralarini (masalan o‘sma) yo'qotuvchi sitotoksik xujayralar. Ikkinchi guruxga V-limfotsitlarni boshqarib turuvchi T-limfotsitlar kiradi. Ulardan T-xelperlar va T-supressorlar: • T-xelperlar (yordamchi) antigenni spetsifik tanib olish va antitelalarni xosil bo‘lishini kuchaytirish xususiyatiga ega; • T-supressorlar (siquvchi) V-limfotsitlaming antitelalar xosil bo‘lishida qatnashish xususiyatini pasaytiradi. T-limfotsitlaming V-xujayralarga ta'siri, ularning antigenga ta'siridan xosil boMadigan eruvchan moddalar - limfokinlarga bog‘liq. V-limfotsitlar suyak ko‘migining o‘zak xujayralaridan, embrional jigarda xosil bo‘ladi, kattalarda esa - suyak ko‘migida. Ularning asosiy vazifasi - gumoral immunitetni ta'minlash. V-limfotsitlardan xosil bo‘ladigan effektor xujayralar - plazmotsitlar - ximoya oqsillari - immunoglobulinlar (antitela) ishlab chiqaradi. Limfotsitlar tez xarakatlanadi va boshqa to‘qimalarga xam o'tish xususiyatiga ega, u yerda ular uzoq vaqt saqlanishi mumkin. V limfotsitlarda DNK tarkibi RNK dan ko‘proq, bu xujayraning spetsifik xususiyatlariga, hamda antigen xaqida ma'lumot saqlashiga bog‘liq. Bu ma'lumotning namoyon bo‘lishi limfotsitlarning morfologik va submikroskopik organizatsiyasini o‘zgartiradi. Limfotsitoz - limfotsitlar sonining ortishi - Ko‘p kasalliklarda, xatto sog‘lom insonlarda ham uchrashi mumkin. Absolyut va nisbiy limfotsitoz farqlanadi. Absolyut limfotsitoz xarakterli: • 0 ‘tkir va surunkali limfoleykozga Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling