Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
EChT ortishi (tezlashishi) kuzatiladi
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- EChTpasayishi (sekinlashishi)kuzatiladi
- Trombotsitlar (thrombocytus)
EChT ortishi (tezlashishi) kuzatiladi:
• o‘tkir va surunkali infeksiyalarda; • to‘qimalar yallig‘lanishi va nekrozida; • biriktiruvchi to‘qima kasalliklarida; • anemiyalarda; • tuberkulez; • buyrak kasalliklari; • surunkali aktiv gepatit, jigar sirrozida; • shok, travmalar, operatsiya muolajalarida; • intoksikatsiyalar, kimyoviy birikmalar bilan zaxarlanganda; • xavfli o‘smalarda; • paraproteinemik gemoblastozlarda (mielom, Valdenstrem kasalligi va x .k ); • gipertireoz, gipotireozda; • xomiladorlik, tug‘ruqdan keyin, menstruatsiya vaqtida; • dori preparatlari ta'sirida (morfin, metildopa, vitamin A, peroral kontratseptivlar). EChTpasayishi (sekinlashishi)kuzatiladi: • eritrotsitozlarda; • qon aylanishining surunkali yetishmovchiligida; • anafilaktik shokda. EChT mustaqil diagnostik simptom bo‘lib xisoblanmaydi, lekin jarayonning faolligi xaqida ma'lumot beradi. EChT doimam faollikning boshqa ko‘rsatkichlari bilan birga paralel o‘zgarmaydi. U masalan, appenditsit yoki miokard infarktida leykotsitoz va t° ko‘tarilishidan kechroq paydo bo‘ladi, ularga nisbatan sekinroq normallashadi. EChT ni klinik baxolaganda uni kasallik dinamikasida, davolash davrida o‘zgarishi ahamiyatga ega. Normal EChT kasallikni istisno qilmaydi, lekin sog‘lom odamlarda EChT yuqori bo‘lmaydi. Trombotsitlar (thrombocytus) Norma 180-320xl09/l (200-400x109/l) Trombotsitlar (qon plastinkalari) - 2-4 mkm diametrli, yadrosiz xujayralar bo‘lib,suyak ko‘migi megakariotsitlar sitoplazmasining «qoldiqlari» xisoblanadi. Trombotsitlar morfologiyasi Sog‘lom odam qoni, yorug‘lik mikroskopida ko‘rilganda (Romanovskiy - Gimza usuli bilan bo‘yalganda) trombotsitlaming to‘rtta asosiy guruxi farqlanadi: 1. Normal (yetilgan) trombotsitlar (87,0 ± 0,13 %) - dumaloq yoki oval shaklda diametri 3-4 mkm; och-xavorang tashqi zonasi (gialomer) va markaziy azurofil donali (granulomer) zonasi bor. 2. Yosh (yetilmagan) trombotsitlar (3,20 ± 0,13 %), bir nechta yirik o‘lchamli, bazofil sitoplazmali, azurofil granulyasiya (mayda va o‘rta) ko‘proq markazda joylashadi. 3. Eskirgan trombotsitlar (4,10 ± 0,21 %) dumaloq, ovalnoy, tishsimon shaklli, to‘q rangli «sitoplazmaning» ingichka xoshiyasi bilan, ko‘plab qo‘pol granulyasiya saqlaydi, ba'zan vakuolalar kuzatilishi mumkin. 4. Qo‘zg‘algan shakllari (2,50 ± 0,1 %) yirik o‘lchamli, cho‘zinchoq, kolbasasimon, dumli, «sitoplazma» si xavorang yoki pushti, azurofil donadorligi yoyilgan yoki notekis tarqalgan. Trombotsitlar gialomeri (plastinka asosi) uch qavatli membrana bilan cheralarangan. Xujayra membranasi invaginatsiyalaydi va ko‘plab kanallar to‘riga birikadi (ochiq kanal tizimi - OKT), ular trombotsitlar ichida zich to‘r xosil qiladi. Tashqi xujayra qobig‘i va OKT, 35 trombotsitlar adgeziya va agregatsiyaisda muxim rol o‘ynovchi glikoproteinlar bilan to‘yintirilgan. Trombotsitlar sitoplazmasida 4 xil, turli struktura, shakl va o‘lchamga ega granulalar bor, ular qon plastinkasida bir tekis taqsimlangan yoki ko‘pincha markazida to‘plangan (granulomer). Ko‘p miqdordagi a-granulalar, koagulyasiya, yallig‘lanish, immunitet va reparatsiya mexanizmlarida qatnashuvchi trombotsitospetsifik peptidlar tutadi. Lizosomal granulalar gidrolitik fermentlar, peroksisomalar esa - katalaza tutadi. Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling