Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
Download 3.04 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monotsitlar (monocytus)
(7 0 -9 0
%); • virusli infeksiyalar,infeksion mononukleoz sindromi; • bakterial infeksiyalar (qizamiq, qizilcha, qoqshol, tuberkulez); • yurak qon-tomir yetishmovchiligi; revmatoid artrit; • tireotoksikozda va x.k. Nisbiy limfotsitoz gripp, virusli gepatitda, qorin tifida, sifilis, toksoplazmoza, malyariya, o‘tkir infeksion kasalliklardan tuzalish davrida. Limfotsitopeniya kuzatiladi: • nur kasalligida; 30 • limfatik apparatni tizimli zararlanishlarida (limfogranulematoz, limfosarkoma); • OITSda - spetsifik simptom; • kortikosteroid terapiya ta'sirida, immunodepressantlar qabul qilganda. Monotsitlar (monocytus) Norma: 3-11 % (0,090-0,600 x 109/1) Monotsitlar - noto‘g‘ri shakldagi yadroga ega, eng yirik xujayralar (diametri 20 mkm ga yaqin). Boshqa leykotsitlar bilan taqqoslaganda monotsitlar sitoplazmasi, kulrang-xavorang bo‘lib, katta joyni egallaydi; yadro atrofida dumaloq yorug‘lik yo‘q. Qonda monotsitlar qisqa vaqt bo‘ladi, keyin to‘qimalarga o‘tadi va makrofaglarga transforatsiyalanadi, katta miqdordagi lizosomalar, fagosoma, fagolizosomalari paydio bo‘ladi. Mononuklear fagotsitlarning vazifasi - organizmning turli ximoya reaksiyalarida ishtirok etish, (qisman gumoral va xujayra immunitetida xam) qon xosil bo‘lishiga ta'sir etuvchi, turli omillar ishlab chiqarish. Tarkibida yuqori miqdorda lipaza saqlagani uchun, monotsit makrofaglar lipid qobiqli mikroorganizmlarga faol ta'sir qiladi. Monotsitoz - monotsitlar sonining ortishi - immun jarayonlar rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lib xisoblanadi, faqat absolyut monotsitozda (neytropeniya xisobiga emas). Quyidagi xolatdarda kuzatiladi: • qator infeksion kasalliklarda (sepsis, tuberkulez, malyariya, sifilis, infeksion endokardit, sarkoidoz, nospetsifik yarali kolit); • biriktiruvchi to‘qimaning sistemali kasalliklarida (revmatizm, SQV), 50 % xollarda - sistemali vaskulitda; • qon kasalliklarida (o‘tkir va surunkali monotsitar leykoz, ba'zan - limfogranulematozda). Monotsitlarning absolyut miqdori ortishi - infeksion mononukleozda kuzatiladi. Monotsitopeniya - monotsitlar sonining kamayishi - Quyidagi xolatdarda kuzatiladi: • qorin tifming gipertoksik shaklida va boshqa infeksiyalarda; 31 • glyukokortikosteroidlar ta'siri natijasida yuzaga kelgan, aplastik anemiyalar • og‘ir septik xolatlar; Leykotsitar formula xisoblanganda faqatgina miqdoriy siljishiga emas, shaklli elementlaming sifatiy o‘zgarishlariga xam e'tibor berish kerak. Boshqa xujayra elementlaridan ahamiyatga ega: plazmotsit (plasmocytus) - immunoglobulin ishlab chiqaruvchi, limfoid to‘qima xujayrasi. G‘ildiraksimon shaklli yadro va keskin bazofil vakuolizirlangan sitoplazmaga ega. Sog‘lom odamda plazmotsitlar, suyak ko‘migi va limfatik to‘qimalarda, kamroq - periferik qonda bo‘ladi. Qonda turli infeksion va yallig‘lanish jarayonlarida, virusli infeksiyalarda (qizamiq, skarlatina, qizilcha, qoqshol, virusli gepatit, adenovirus infeksiya, infeksion mononukleoz), o ‘smalarda, zardob kasalligi, kollagenozlarda,nurlanishdan keyin oz miqdorda (0,5-3 %) ortadi. LE- xujayra fenomeni quyidagilardan iborat: gematoksilin tanachalari, «rozetkalar» va LE- xujayralari. Yuqoridagilardan eng ahamiyatga moyili LE- xujayralarini topilishi xisoblanadi. LE - xujayra (qizil yugurik xujayralari, Xargreyvs xujayralari) - yetilgan granulotsitlar bo‘lib, yadrosi boshqa xujayraning fagotsitlangan yadroli moddasi biian, periferiyaga siqilgan. Quyidagi xolatlarda kuzatiladi: • sistemali qizil yugurikda (80 % kasallarda); • revmatoid artritda; • o ‘tkir gepatitda; • sklerodermiya; • dorivor moddalarga (talvasaga qarshi preparatlar, prokainamid, metildopa qabul qilganda). Download 3.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling