Klinik laboratoriya tashxisi


Najas rangining fiziologik o‘zgarishi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/115
Sana16.11.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1778818
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115
Bog'liq
Klinik laboratoriya tashxisi Darslik

Najas rangining fiziologik o‘zgarishi: 
− qora – yashil rangda mekoniy - chaqaloqlar birinchi najasi; 
− tillarang - sariq ko‘krak yoshidagi bolalar najasi; 
− och sariq rang sutli maxsulotlar ko‘p iste’mol qilganda; 
− to‘q jigarrang go‘shtli maxsulotlar ko‘p qabul qilganda; 
− yashil tus o‘simlik maxsulotlari ko‘proq qabul qilganda(ismaloq, shavel); 
− to‘q rang qora smorodina iste’mol qilganda; 
− qizil tus qizil lavlagi iste’mol qilganda; 
− oq rentgen tekshiruv o‘tkazish uchun bariy ichganda kuzatiladi. 
Najas rangining medikamentoz bo‘yalishi: 
qora rang temir, vismut preparatlari qabul qilganda; 
− och sariq rang magniy sulfat qabul qilganda; 
− sariq jigarrangsanoqabul qilganda kuzatilishi mumkin. 
Najas rangining fiziologik o‘zgarishi: 
− qizil rang ichakning pastki qismlaridan qon ketayotganda (polip, gemorroy, yarali 
kolit, o‘sma); 
− qora rang xazm traktining yuqori qismlaridan ko‘p qon ketganda; 
− “no‘xot sho‘rva” ko‘rinishida qorin tifida; 
− “guruch yuvindisi”vaboda; 
− och jigarrang ichaklarda evakuatsiya jarayoni tezlashganda; 
− oq rang o‘t yo‘llarida to‘siq bo‘lganda, virusli gepatitda; 
− to‘q rangichaklarda chirish jarayonibo‘lganda kuzatiladi; 
− och sariq rang najasda bijg‘ish bo‘lsa kuzatiladi.
Najas xidi 


41 
Normada najas xidi spetsifik bo‘ladi. Najas xidi iste’mol qilingan maxsulotlarga 
bog‘liq: go‘sht maxsulotlari ko‘p qabul qilganda ko‘payadi,chirish dispepsiyasida najas 
ko‘lansa xidli bo‘ladi, sutli maxsulotlar ko‘p qabul qilganda,qabziyatda kamayadi. 
Patologik aralashmalar. 
Normal najasda ovqat qoldiqlari bo‘lmaydi. Quyidagi xollarda patologik 
aralashmalar aniqlanadi: 
− xazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari me’da osti bezi etishmovchiligida va ichak 
evakuatsiyasi tezlashganda kuzatiladi; 
− yog‘ bo‘lishi me’da osti bezi etishmovchiligida bo‘ladi; 
− shilliqbo‘lishi ichaklarda yallig‘lanish jarayonida kuzatiladi; 
− yiring bo‘lishi og‘ir ichak yallig‘lanish jarayonida bo‘ladi (dizenteriya, yarali kolit, 
ichak sili); 
− qon oshqozon ichak trakti pastki qismidan qon ketganda kuzatiladi. 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling