Klinilk psixolog kasbining o'ziga xos xususiyatlari reja


Download 44.5 Kb.
bet2/3
Sana18.10.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1708282
1   2   3
Bog'liq
Klinilk psixolog kasbining o

Eksperimental metodi. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadidi.
Laboratoriya eksperimenti. Uning mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan ruhiy hodisani qachon kerak bo‘lsa, o‘sha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshirilayotgan ruhiy hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo‘ladigan boshqa psixik hodisalar eksperiment mobaynida o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir tarzda bog‘lanishi, kuchi, tezligi, hajmi va boshqa shu kabi jihatlari ulchab kurilishi mumkin. Bu metodning yutug‘i shundaki, bunda psixik hodisalarning qonuniyatlari yaxshiroq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishda maxsus metodik materiallar — narsa, rasm va so‘zlar, maxsus asboblar qo‘llaniladi.
Tabiiy eksperiment. Bu metod oddiy ob'ektiv suratda kuzatish metodi bilan laboratoriya eksperimenti metodi o‘rtasida turadi. Tabiiy eksperiment metodining mohiyati shundaki, bu yerda tekshiruvchi kishining o‘zi tekshiriladigan kishida (yoki kishilarda) psixik jarayon (masalan, xotira, diqqat, tasavvur) hosil qilish yoki tekshiriladigan kishilarda individual xususiyatlarni namoyon etish uchun maxsus sharoit tug‘diriladi.
Tibbiyotda eng keng qo‘llaniladigan usul bo‘lib, amaliy ahamiyati kattadir. So‘rash va suhbat metodi psixik hodisalarning asosan ichki, sub'ektiv tomonini tekshirish uchun qo‘llaniladi. Bu metodda tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshiriluvchi kishiga beriladigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida qaysi kechinmalar va ong jarayonlarini o‘rganish kerak bo‘lsa, u o‘z javoblarida xuddi o‘sha kechinmalarni va o‘sha ong jarayonlarini oydinlashtirib beradi.
Tekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual xususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni o‘zgartirish, to‘ldirishish, boshqacha qilib berish mumkin. Ayni vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqning xususiyatlarini, mimikasini va shunga o‘xshash xususiyatlarni qayd qilib turadi. Iloji bo‘lsa, tekshiriluvchi kishining javoblari magnitofon tasmasiga yozib olinadi. Shu tariqa to‘plangan dastlabki material sistemaga solinadi, statistik jihatdan ishlab chiqiladi, tahlil qilinadidi, tasnifga solinib xulosa chiqariladi, Tibbiyot psixologiyasida yuqorida keltirilgan asosiy tekshirish usullaridan tashqari, test tizimlari ham qo‘llaniladi. Bu test tizimlari shaxsning ikkita asosiy xususiyati, intellekti va harakteridagi xususiyatlarni farq qilishga imkon yaratadi.
Mustaqil vatanimizning tabobat sohasidagi yangiliklaridan biri keyingi 5—10 yil ichida ichki kasalliklarni davolash markazlarida bemorga ruhiy jihatdan yordam beradigan psixoterapevt, amaliy psixologlar lavozimlarining kiritilishidir. Shuning uchun ham tibbiyot xodimlari umumiy va tibbiyot psixologiyasi asoslaridan yetarlicha bilim va malakaga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
Klassifikasiya va diagnostika. Klinik amaliyotda qo‘llaniladigan metodikalar
Materiyaning evolyusion taraqqiyoti uning oliy xususiyati ruhiyatning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Tashqi ta'sirga reaksiya qilishning dastlabki qobiliyati o‘simliklarga ham, sodda organizmlarga ham xos ta'sirlanish bo‘lgan va hozir ham shunday.
Fiziologik aks ettirish darajasidagi bu reaksiya — bildirishlar biron bir narsaga bo‘lgan ehtiyoj tufayli faollashgan biokimyoviy va genetik xotira yo‘li bilan mustahkamlangan hamda ilgaridan aks ettirish bilan oldindan belgilab qo‘yilgan. Ruhiyatning fiziologik asoslari asab sistemasi va avvalo bosh miyadir. Shu sababli asab sistemasining tuzilishini va qanday ishlashini bilmasdan turib ruhiy hayot hodisalarini tushunib bo‘lmaydi.
Asab sistemasi ikkita asosiy qismga ajratiladi:
a) markaziy asab sistemasi,
b) periferik asab sistemasi.
Markaziy asab sistemasiga kiruvchi bosh miya ruhiy faoliyat mexanizmi hisoblanadi. Bosh miyada 15 milliardga yaqin asab xujayrasi bo‘lib, ular 6 ta kavatda joylashadi. Bosh miyada tuzilishiga ko‘ra bir-biriga o‘xshaydigan 52 ta maydon bor. Bu maydonlar faoliyatiga ko‘ra, bir-biriga o‘xshamaydigan 11 sohadan tashkil topgan. Bosh miya taraqqiyotidagi har bir qism (pastdan yuqoriga qarab hisob qilganda) o‘zidan avvalgi qismning ustiga katlangan orqa miya, undan keyin esa uzoqchoq miya markaziy asab sistemasining eng kadimgi qismlaridir. Markaziy asab sistemasining yuqoridagi qismlari tarkib topib taraqqiy qilishi bilan murakkabroq ruhiy funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy qilgan qismlariga o‘tadi. Shu bilan birga ruhiy funksiyalar tobora murakkablashib va takomillashib bo-radi. Ruhiy funksiyalar miyaning yuksak taraqqiy kil-gan qismlariga o‘tishi bilan miyaning pastdagi qismlari muayyan refleks va instinktiv harakatlarnigina idora etadigan bo‘lib qoladi. Turli ruhiy funksiyalar fao-liyati odatda bosh miyaning ayrim qismlariga bog‘liq bo‘ladi. Rus olimi I. P. Pavlovning tekshirishlariga kadar, funksiyalarning joylashish joyi bo‘yicha noto‘g‘ri fikr yurar edi, ya'ni miya po‘stlog‘ida har bir ruhiy funksiyaning kat'iy aniq markazi bo‘ladi, miyaning muayyan anatomik qismi muayyan ruhiy funksiyani idora etadn, deb hisoblanar edi. Masalan, qo‘ruv markazi ensa qismida, hid bilish markazi ilmoqsimon pushtada va hokazo.
I. P. Pavlovning tajribalari shuni ko‘rsatdiki, analizatorlarning markaziy qismlarini miya po‘stlog‘ining bir-biridan uzil-kesil chegara bilan ajralgan bo‘laklari deb tushunish yaramaydi. Haqikatda bu «markazlar»ning bir-biriga o‘tishi, bir-biriga qo‘shilishi, bir-birini qoplashi aniqlandi. Masalan, optik analizatorlarning markaziy qismi, yadrosi yorug‘lik ta'sirotlarini yuqori darajada sintez va analiz qiladigan a'zo bosh miya yarim sharlarining ensa bo‘laklaridir. Ammo optik analizatorning hammasi shu sohada emas. Bu analizator katta yarim sharlarning hammasiga ham tarqalgan bo‘lishi ehtimol. I. P. Pavlov o‘z tekshirishlarining psixologiya uchun qanday ahamiyati borligini ko‘rsatib o‘tgan edi. «Bizning tekshirishlarimiz, — degan edi u psixologlar uchun juda katta aha-miyatga ega bo‘lishi kerak, chunki ular keyinchalik psixologiya ilmining asosiy poydevori bo‘lib qoladi, deb o‘ylayman».
I P. Pavlovning fikricha, yuksak asab faoliyatiiing fiziologiyasi vujudga kelishi bilan «psixologlar... nihoyat o‘zlari tekshiradigan asosiy hodisalarning umumiy mustahkam zaminiga ega bo‘ladilar, shu tufayli ularning odamdagi son-sanoksiz, tartibsiz tuyg‘ularni sistemaga solishlarn oson bo‘ladi».
Psixologiya, neyrofiziologiya va medisina fanlarining jadal rivojlanishi psixologiya fanining yana bir yangi tarmog‘i- neyropsixologiya fani uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Bu vaqtda chet el neyropsixologlaridan: R.Reyton., D.Benson., X.Ekaen., O.Zangvil kabi olimlar Polsha, Chexiya, Angliya va AQShda ma'lum edi.
Asrimizning 30-40 yillaridan boshlab bu fan tez rivojlana bordi. Birinchi neyropsixologik tadqiqotlar asrimizning 20 yillaridayoq L.S.vigotskiy tomonidan boshlangan edi. Lekin fanning asoschisi L.R.Luriya (1902-1977y.) hisoblanib, bu psixologik fanlarning bir tarmog‘iga aylandi.L.S. Vigotskiy va L.R.Luriyaning o‘tkazgan birinchi neyropsixologik tadqiqotlari: turli boshlang‘ich elementar o‘zgarishlarda jumladan, ko‘rish idroki o‘zgarishlarida yoki oddiy harakat aktlarining buzilishlarida, ya'ni oddiy psixik jarayonlar bilan oliy psixik faoliyatning o‘zaro bog‘liqlik munosabatlari masalasini hal qilishga uringanlar. Bu esa funksional tizimlar to‘g‘risidai tushuncha dinamik lokalizasiya nazariyasida muhim o‘rin egallaydi. Ana shu tushunchaga muvofiq psixik funksiyalar, nutqning odam miyasidagi yagona funksional sistema faoliyati ta'minlab beradi, bu sistemaning ayrim qismlari odam bosh miyasining po‘stloq qismlaridan tortib, miya stvoligacha bo‘lgan turli qismlarida joylashgandir. Shuning uchun ham bunday funksional sistema qismlaridan biri tor doirada shikastlanadigan bo‘lsa, bu uning tamomila “iz”dan chiqishiga sabab bo‘lmaydi, chunki o‘sha sistemaning saqlanib qolgan qismlari ishlashda davom etadi. Va ro‘y bergan o‘zgarishlarning o‘rnini bir qadar to‘ldirib turadi.. Shunday bo‘lsa-da funksional sistemaning ayrim qismlarining shikastlanishi psixik prosesslarning har qalay muayyan tarzda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan: miya stvoli bo‘limlarining shikastlanishi nutqning izdan chiqib, tushunarsiz, noaniq ko‘rinishga kirishiga, talaffuzning noaniq bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi, buni dizartriya deb ataladi. Shu bilan bir qatorda bosh miya chap yarim sharlaridagi muayyan bo‘limlar po‘stlog‘ining shikastlanishi so‘z va jumlalar shakllanishining izdan chiqishiga olib keladi, buni afaziya deyiladi. Nutq funksional sistemaning faoliyatida miya qismlarining har biri turlicha ishtirok etadi va shu bilan birga psixik jarayonlarning birligini ta'minlab beradi. Bu esa dinamik lokalizasiya prinsiplari lokalizasiyaning bosqichma-bosqichligini, miyaning bir qismiga xos biror psixik faoliyatni ta'minlashda boshqa qismlari uning o‘rnini bir qadar bosa olishini miya sistemalarining yangidan vujudga kelgan psixik faoliyat shakllariga qo‘shilib ketishini bildiradi.
Bosh miya po‘stlog‘ining har qaysi qismi anatamik belgilaridan tashqari funksional belgilariga ko‘ra farq qiladi. Hozirda po‘stloqning8 50 dan ziyod turli xil qismlari aniqlangan bo‘lib, ularning har biri nerv bo‘laklarining to‘plami, o‘lchami, joylashuvi bo‘yicha boshqalardan farq qiladi va muayyan biror axborotni yoki signalni qabul qilishga moslashgan bo‘ladi. Miya funksiyasi yarim sharlar o‘rtasida notekis taqsimlangan. Bu oliy psixik funksiyalar assimmetriyasi hisoblanadi, ya'ni chap yarim shar nutq, nutqni harakatga keltiradigan apparat muskulaturasi, eshitish markazi, shuningdek, xat yozish, kitob o‘qish, hisoblash kabi oliy funksiyalar bajaradi. O‘ng yarim shar chap yarim sharning “indamas yordamchisi” hisoblanadi. Agar unda zararlanish ro‘y bersa kishi vaysaqi, tushunib bo‘lmaydigan darajada ezma, tovush ohangi buziladi, manqalik, duduqlanish, nutq maromi buziladi. Mantiqiy va emosional pauzalar yo‘qoladi.. Shunday qilib, nutqning izchilligi, uning mantiqiyligi emosionalligi, tovush tembri, musiqiyligi – bularning hammasi o‘ng yarim sharlarning funksiyasiga kiradi.Nutqni eshitish va gapirishda u chap yarim sharga yordam beradi. Obrazli xotira va obrazli tafakkur o‘ng yarim sharlarning vazifasi hisoblanadi. Chap va o‘ng yarim sharlarning ensa sohasida ko‘rish markazlari joylashgan. Masalan: chap yarim sharlar funksiyasi predmetning ayrim detallarini analiz qilish yo‘li bilan bilish hisoblanadi, biroq predmet tasvirini yana sintez qilish, qanday detallardan tuzilganligini bilish kerak.Bu funksiyani o‘ng yarim sharlar bajaradi. Yoki rang bilish, uni nutq bilan kodlash chap yarim sharlarning funksiyasi, o‘ng yarim sharrangni aniqlash va uni yorqinligiga baho beradi. Bosh miyaningfunksional assimmetriyasiga qaramay o‘ng va chap yarim sharlar bir biri bilan to‘xtovsiz axborot ayirboshlab, to‘liq hamkorlikda ishlaydi va olamni ob'ektiv idrok qilish uchun ob'ektiv imkoniyat qidiradi.
Neyropsixologiya “lokalizatsiya” tushunchasini qayta ko‘rib chiqib shunday xulosaga keldiki, buni Luriya quyidagicha izohlaydi. Psixik funksiyalar lokalizasiyasi-sistemali jarayondir, bu degani psixik funksiya turli vazifalarni bajaruvchi miya tuzilmalaridan iborat bo‘lib, oliy psixik funksiyalar, murakkab funksional sistemani tashkil qiladi. Neyropsixologik funksional sistema deganda oliy psixik funksiyalarning psixofiziologik asoslari tushuniladi. Demak, ta'rif.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling