Klinilk psixolog kasbining o'ziga xos xususiyatlari reja


Download 44.5 Kb.
bet3/3
Sana18.10.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1708282
1   2   3
Bog'liq
Klinilk psixolog kasbining o

Neyropsixologiya- bosh miyaning zararlanishi oqibatida kelib chiqadigan MNS oliy faoliyatining o‘zgarishlarini va bu o‘zgarishlar bosh miyaning qaysi qismi zararlanganligi natijasida kelib chiqqanligini psixologik metodlar asosida aniqlash va zararlanish natijasida buzilgan oliy psixik funksiyalarni taklashning rasional yo‘llarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi fandir.
Neyropsixologiya fani miyaning ma'lkm bir qismi zararlangan bosh miya po‘stlog‘ining oliy faoliyatini o‘rganishda, kishining psixik faoliyatida sodir bo‘luvchi patologik o‘zgarishlarni umumiy tarzda ta'riflash va shu o‘zgarishlar ichidan asosiy nuqsonni farq qila bilishi va u orqali ikkilamchi o‘zgarishlarni aniqlash hamda uning vositasida asosiy nuqson tufayli vujudga kelgan simptomlar yig‘indisi sindromni tushuntirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.
A.R.Luriya va uning shogirdlari quyidagi neyropsixologik tushunchalarni aniqladilar.
1. Neyropsixologik simptom – bosh miyaning cheklangan shikastlanishi oqibatida
ko‘pgina asab kasalliklarining asosiy sababi markaziy nerv tizimida qo‘zgalish va tormozlanish jarayonlarining buzilshiiga bog‘liq. Bu xulosaga kelishda 1-tajrabada nevrozlarni o‘rganishning roli katta bo‘ldi. Tajribada nevroz chaqirish uchun qo‘zgalish yoki tormozlanish jarayonlarining kuchini haddan tashqari oshirib yuborish yoki bu jarayonlarni to‘qnashtirish kerak. Qo‘zgalishning juda kuchayib ketib qanday salbiy oqibatlarga olib borishini 1924 yildagi Leningradda suv toshqinidan keyin tirik qolgan tajriba tibbiyot ilmgohi (Institut eksperimental'noy medisini) itlarida yaqqol ko‘ringan. Toshqindan oldin bu itlarda mavjud bo‘lgan mustahkam shartli reflekslar yerto‘lani suv bosganidan so‘ng yo‘qolib ketgan. Ikki-uch oydan keyin shartli reflekslarning tiklanishiga erishilgan. Ammo, it oqayotgan suvning tovushini eshitishi bilanoq, bu shartli refleks yana buzilgan. Tormozlanish o‘ta zo‘riqishning oliy nerv faoliyatiga ta'sirini tajribadagi itdan bir-biriga juda yaqin bo‘lgan shartli ta'sirotlarni farqlash talab qilinganida kuzatish mumkin. Shartli reflsktor faoliyatning buzilishini, nevrotik holat yuzaga kelishini musbat shartli signalni manfiyga aylantirshpda, stereotiplar buzilganda ham kuzatish mumkin. Qo‘zgalish va tormozlanish jarayonlarining MNTda to‘qnashishi ham nevrozga olib keladi. Tajribaviy sun'iy nevrozlar birinchi marta shu yo‘l bilan I. P. Pavlov laboratoriyasida paydo qilingan. Masalan, maymunlarda shartli reflekslarni paydo qilish jarayonida ovqat beriladigan idish tagiga yasama ilon qo‘yib qo‘yish hayvonlarni nevroz holatiga olib kelgan. Kundalik hayotimizda bunga o‘xshagan «to‘qnashishlar» ko‘p uchrab turadi. Nevrozga ko‘proq xolerik va melanxoliklar uchraydi. Ruhiy iztiroblar, hayotdagi qiyinchiliklar, surunkali charchash, asab buzshshshlari unga sabab bo‘lishi mumkin.
Nevrotik holat faqat oliy nerv faoliyatining buzilishi shaklida emas, balki xilma-xil vegetativ o‘zgarishlar shaklida ham namoyon bo‘ladi. Arterial qon bosimining ortishi, hazm shiralari ajralishining buzilishi, gormonal boshqaruvdagi o‘zgarishlar ana shular jumlasidandir. Tajribaviy nevrozlarni o‘rganish gipertoniya va me'da yarasi kasalliklari, erta qarish va boshqa holatlarning kelib chiqkan mexanizmlarini tushunishda yordam beradi. Nevrozni davolashda dori darmonlardan tashqari, tinch vaziyatda uzoq dam olish, to‘yib uxlash kerak.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling