Klinilk psixolog kasbining o'ziga xos xususiyatlari reja


Download 44.5 Kb.
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1708282
  1   2   3
Bog'liq
Klinilk psixolog kasbining o


Klinilk psixolog kasbining o'ziga xos xususiyatlari
REJA:

  1. Kuzatish va eksperimen metodlari.

  2. So‘rash va suhbat metodi

  3. Klinik amaliyotda qo‘llaniladigan metodikalar

Klinik psixologiyasi — eng yosh, rivojlanib kelayotgan fanlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib tibbiyot psixologiyasi juda ko‘p qimmatli ilmiy ma'lumotlar to‘pladi. Bu to‘plangan ma'lumotlar somatogen va psixogen kasalliklarning oldini olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun tibbiyot xodimlarining ruhiy holatlarini o‘rganish, sog‘lom muhitli jamoani tashkil qilish asosida tibbiy xizmatni yaxshilash kabi masalalar yechimini topishga ancha ko‘maklashmoqda. Klinik psixologiyasi tibbiyotning barcha sohalari va bosqichlari uchun amaliy ahamiyatga egadir. Chunki bemorning ruhiy jihatdan tetikligini ta'minlamasdan turib, uni samarali davolashga erishib bo‘lmaydi.
Klinik psixologiyasi bemor psixikasini chuqurroq o‘rganish maqsadida kuzatish, eksperiment, suhbat, tarjimai holini o‘rganish metodlari bilan bir qatorda bir qancha test tizimlaridan foydalanadi.
Kuzatish metodi. Psixik hodisalar hayotda, ya'ni tabiiy sharoitlarda odamning turli-tuman faoliyatida qanday ko‘rinishda voqe bo‘lsa, o‘sha ko‘rinishda kuzatish metodining yordami bilan o‘rganiladi.
Kuzatish metodi ikkiga bo‘linadi; a) tashqi, b) o‘z-o‘zini kuzatish yoki ichki kuzatish.
Tashqi kuzatish bu usul klinik psixologiyasida keng qo‘llaniladi. Vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlarn bemorlarning ruhiy holatlarini tashqaridan kuzatib boradilar. Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotning sezgi a'zolarida bevosita seza oladigan, o‘zimiz bevosita idrok qila oladigan dalillar aniqlanadi va tasvirlanadi. Kuzatish metodi psixik hodisalarni faqat tasvir etish bilan cheklanib qolmay, balki shu hodisalarni tushuntirish, ya'ni ularning tevarak-atrofdagi muhitga, tarbiyaga, odamning faoliyat turiga, organizmning umumiy aholiga va nerv sistemasining holatiga bog‘liq, ekanligini isbotlash imkonini ham beradi.

Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling