Кўллари ва сув омборлари


Alfa-qalay kislotasining xossalari


Download 205.06 Kb.
bet7/8
Sana02.06.2024
Hajmi205.06 Kb.
#1837615
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Alfa-qalay kislotasining olinishi va xossalari

2.2. Alfa-qalay kislotasining xossalari
Qalay odatdagi temperaturada havoda ham kislorodda ham oksidlanmaydi,suv bilan ham reaksiyaga kirishmaydi;suyultirilgan kislotalar qalayga juda sekin tasir etadi. Kuchli oksidlovchilar yuqori temperaturada qalayni oksidlab,uni ikki va to’rt valentli holatga o’tkazadi,masalan:
Sn + 2Cl2=SnCl4

Qaynoq kansentrlangan xlorid kislota qalayni eritadi:


Sn +2HCl=SnCl2+H2


Qaynoq konsentrlangan sulfat kislota qalay bilan reaksiyaga kirishib qalay (IV) sulfatga o’tadi:


Sn +4H2SO4=Sn(SO4)2 +2SO2+4H2O


Qalay amfoter xossaga ega bo’lganligi sababli,kuchli ishqorlarda erib stannitlarga aylanadi.


Sn +2NaOH=Na2SnO2+H2


Qalayning ikkita oksidi:qalay (II)-oksid SnO va qalay(IV)-oksid SnO2 ma’lum.[R.H.Rahimov 325-bet].


Konsentrlangan ishqor eritmalarida qalay eritilsa,stannit kislota H2SnO2 –tuzlari stannitlar hosil bo’ladi,bunda oksidlovchilar ishtirok etsa stannat kislota tuzlari hosil bo’ladi.Odatdagi sharoitda oksidlanadi,suyultirilgan kislotalarda eriydi.
Konsentrlangan nitrat kislota qalayni oksidlab stannat kislotaga aylantirish.
Sn +4HNO3=H2SnO3+4NO2+H2O

SnS ammoniy sulfidida disperslangan oltingugurt ishtirokida oksidlanib ammoniy tiostannatni hosil qiladi:


SnS +(NH4)2S +S=(NH4)2[SnS3]
.
Ishlatilishi.
Qalay toza holda uncha ko’p ishlatilmaydi.Ilgari qalaydan stakanlar,kurujkalar va boshqa uy ro’zg’orlarda ishlatiladigan qalayli buyumlar qilinardi.Hozir qalayning anchagina qismi zanglashdan asrashda –qalay bilan qoplangan oq tunukalar tayyorlashda ishlatiladi.
Qalayning yupqa varaqlanganlari (staniol) elektr sanoatid
a kondensatorlar tayyorlashda ishlatiladi.Qalayli qog’ozlar (zarlar) ilgari oziq ovqat mahsulotlarini o’rashda ishlatilardi.Qalay turli metallarni,birinchi navbat temir,mis va uning qotishmalarini kavsharlashda zarurdir.
1839-yilda amerikalik injener I.Bebbit qalay asosida surma,qo’rg’oshin va mis qo’shimchalari bo’lgan qotishmani taklif qildi.Bunday qotishmalar babbitlar deb nomlandi.Ularni ,shuningdek,antifriktsion qotishma deb ham nomlanadi. Babbitlardan podshipniklar quyishda ,mashinalarning ishqalanuvchi qismlarini tayyorlashda foydalaniladi.
Sn temir tunukalarni qalaylash uchun ishlatiladi. Toza qalaydan yoki qalay bilan qo’rg’oshin qotishmasidan metallarni kavsharlashda foydalaniladi. Bronza badiiy buyumlar quyish uchun ishlatiladi.[”Uglerod gruppasi”L.D.Vishnevskiy].



Download 205.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling