Книга узб испр! gjck!indd


QO’LLANMA MATERIALLARINI QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMA


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

QO’LLANMA MATERIALLARINI QO’LLASH BO’YICHA YO’RIQNOMA
1. Har bitta blokning axborotga oid qismi o’rganilayotgan mavzu bo’yicha 
misollar keltirilgan asosiy mavzuni taqdim etadi. Mamlakatni, auditoriyaning 
bilim darajasini, o’rgatishni o’tkazish shartlarini va vaqtini inobatga olgan 
holda, asosiy material va misollar trenerning istagiga ko’ra qo’shimcha 
qilinishi, o’zgartirilishi, qisqartirilishi mumkin.
2. Har bir mashg’ulotni (u ofl ayn o’tkazilgan taqdirda) razminka mashqalaridan 
boshlash tavsiya qilinadi (mavzularga doir bloklarda belgilangan. Razminka 
trenerning istagiga ko’ra, o’rgatish shartlari, auditoriyaga bog’liq holda 
tanlab olinadi. Muhim tavsiya – mashqlar shunday tanlanishi kerakki, ular 
mashg’ulotning mavzusiga to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita ko’prik bo’lib 
xizmat qilishi kerak.
3. Qo’llanmada quyidagi qisqartirishlar qo’llaniladi:
МP – metodik payt (raqamlash ham qo’llanilgan);
MM – mavzuni mustahkamlash.



19
Egallanadigan bilimlar, ko’nikmalar:
Axborot bu nima, u qanday o’zgaradi va nimaga ta’sir qiladi. 
Axborotning xususiyatlari qanday.
Muhim axborot bu nima.
«Keraksiz axborot» nima degani. Uning xavf-xatari nimadan iborat.
 Matn ko’rinishidagi axborotni qanday tekshirish mumkin.
Vizual axborotni tekshirish uchun qanday usullarni qo’llash mumkin.
Geolokatsiyani aniqlash vositalari bilan ishlash ko’nikmalari.
1 MAVZU. AXBOROT VA TANQIDIY FIKRLASH – O’RTASIDAGI
ALOQA VA O’ZARO TA’SIR 
BLOK 1. SEN VA AXBOROT
Razminka
Treningga kirish
Axborot olami, axborot texnolo-
giyalari, axborot maydoni… 
“Axborot” kabi tushuncha bi-
lan bog’liq bu va boshqa so’z 
birikmalari bugungi kunda hayoti-
mizning ajralmas qismiga aylangan, axborotning o’zi esa – biz yashayotgan 
olamning bir qismiga.
Texnologiyalar axborotdan yangi virtual olamni yaratishga imkon berib, bu 
yerda axborot raqamli ko’rinishda jamlangan.
Bu oldimizda mislsiz imkoniyatlarni ochadi. Misol uchun, biz istalgan jahon 
OAVda yangilikni o’qishimiz, Yerning boshqa burchagidagi inson bilan 
bog’lanishimiz va u bilan deyarli shu zahoti axborot almashishimiz mumkin. 
Bugunda biz kutubxonaga borishimiz kerak emas: istalgan kitobni gadjet 
orqali topa olamiz. Hattoki, do’konga ham borishimiz shart emas: har qaysi 
mahsulotlarni internet-do’konlar orqali xarid qilsa bo’ladi.


20
Umuman olganda, axborot – bu turli manbalar aniqlanadigan, tasdiqlanadigan, 
o’tkaziladigan va saqlanadigan biron bir ma’lumotlar.
Bundan tashqari, axborot – bu atrofi mizdagi olam, unda kechayotgan turli 
hil jarayonlar haqidagi ma’lumotlar majmuasi bo’lib, ular tirik organizmlar, 
elektron mashinalar va boshqa axborot tizimlari tomonidan qabul qilinishi 
mumkin.
Hozirgi kunda axborotni ilmiy atama sifatida ta’rifl ovchi yagona tushuncha 
mavjud emas. Turli hil bilim sohalarining nuqtai nazaridan, ushbu tushuncha 
o’ziga xos bir qator belgilar bilan ta’rifl anadi. Masalan, “axborot” tuhunchasi 
informatika kursida asosiy bo’lib, uni boshqa, yanada “oddiyroq” bo’lgan 
tushunchalar orqali ta’rifl ashning iloji yo’q.
Biz siz bilan axborotni atrofdagi olamdan xis-tuyg’u organlari yordamisa
shuningdek, fi krlash, tahlil, xulosalar orqali qabul qilamiz. Shu sababli, biz 
qabul qiyatogan axborot shaklidan kelib chiqqan holda, uni bir necha turga 
ajratishimiz mumkin.

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling