Книга узб испр! gjck!indd


МediaNet Xalqaro jurnalistika markazi (Qozog’iston)


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

МediaNet Xalqaro jurnalistika markazi (Qozog’iston)
– 2004 yilda qozog’istonlik jurnalistlar guruhi tomonidan 
yaratilgan va Almatida joylashgan notijorat nodavlat 
tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi – Qozog’iston va Markaziy Osiyo 
davlatlarida, mustaqil va obyektiv OAV salohiyatini mustahkamlash, jamoat 
tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash, hamda inson huqulari va asosiy erkinliklarni 
himoya qilish orqali, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini qo’llab-quvvatlashdan 
iborat. So’nggi yillar davomida MediaNet media va axborot savodxonligini, 
faktchekingni rivojlantirish ustida ishlamoqda, jurnalistlar, talabalar, o’qituvchilar, 
NDT va davlat tuzilmalarining vakillari, hamda aholining ijtimoiy zaif qatlamlari 
uchun ta’lim va ma’rifat sohasidagi loyihalarni amalga oshirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi zamonaviy jurna- 
listikani rivojlantirish markazi – fuqarolarning 
tashabbuskor guruhi tomonidan tashkil etilgan 
nodavlat notijorat tashkiloti. Tashkilot 2018 yilning 
2 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasining 
Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tkazildi. Tashkilotning maqsadi bo’lib 
– muammoli joylarni aniqlash, ma’rifat tarqatish, rostgo’ylik va obyektivlikning 
eng yuqori standartlariga mos sifatli kontent yaratish orqali O’zbekiston 
Respublikasida jurnalistika sohasining sifatini oshirish hisoblanadi. Tashkilot 
oldiga qo’ygan bosh maqsad – bu zamonaviy multimedia texnologiyalari, yangi 
mediaformatlar va asboblar bilan ishlashni o’rgatish orqali sifatli jurnalistika 
standartlarini rivojlantirish. «O’zbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistika 


7
markazi» NNTning faoliyati O’zbekistonda soz’ erkinligini qo’llab-quvvatlash, 
demokratiya va media turg’unligini rivojlantirishga qaratilgan.
«Gurdofarid» jamoat tashkiloti (Tojikiston) o’z 
faoliyatini 2008 yilda Sug’d viloyatida, ta’lim olish markazi 
sifatida boshladi. Hozirda tashkilot turli guruhdagi shaxslar, 
shu jumladan o’qituvchilar, o’spirinlar, jurnalistlar va 
boshqalar uchun media savodxonligi bo’yicha loyihalarni 
amalga oshirmoqda. “Gurdofarid” JTning asosiy maqsadlari – ayollar, qizlar va 
yoshlarning ta’limga ega bo’lish darajasini, ayollarning huquqiy bilimlarini va 
maqomini oshirish, ularning haqiqiy mustaqilikka erishishlari, tillarga va media 
savodxonlikka o’rgatish, huquqlarni himoya qilish, erkaklar va ayollarning 
teng huquqli munosabatlarini ta’minlash, ayollar va yoshlarni ish joylari bilan 
ta’minlashda yordam ko’rsatish va xayriya faoliyati. 
“Markaziy Osiyo yoshlarining tanqidiy fi krlashini oshirish uchun media va 
axborot savodxonligi” (BRYCA loyihasi) loyihasining jamoasi mamnuniyat 
bilan mediaekspert va trener Aleksandr Goroxovskiyga ushbu uslubiy 
qo’llanmani ishlab chiqarganlik uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi.
Shu bilan birgalikda, qo’llanmani tayyorlashda loyihaning koordinatorlari 
Flora Grayoni, Mayra Zeynilova va Anastasiya Minyayeva, IREX Europe/ERIM 
(Fransiya), hamda mediasavodxonlikni rivojlantirish bo’yicha menejerlar: 
Aychurek Yusupbayeva, “OAVni qo’llab-quvvatlash markazi” Jamg’armasi 
(Qirg’iziston), Alyona Koshkina, MediaNet Xalqaro jurnalistika markazi 
(Qozog’iston), Saida Sulaymanova, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish 
markazi (O’zbekiston), Raxbar Majidova, “Gurdofarid” jamoat tashkiloti 
(Tojikiston) va Faktcheking va mediasavodxonlikning Yevroosiyolik tarmog’i 
(EFMN)faol tarzda ishtirok etdilar.
Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko’magi natijasida ushbu uslubiy qo’llanmani 
nashr etish imkoniyati vujudga keldi.

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling