Книга узб испр! gjck!indd


“Meni eslab qolish” panelidan foydalanmang


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

7. “Meni eslab qolish” panelidan foydalanmang.
Parolni saqlagan holda ijtimoiy tarmoqqa kirish/chiqish faqat shaxsiy 
kompyuteringizda yoki sizga tegishli bo’lgan smartfonda joizdir. Agar 
kompyuter umumiy bo’lsa (barcha oila a’zolari uchun), ish joyida bo’lsa yoki 
umuman tasodifiy bo’lsa, masalan, Internet-kafe yoki do’stingizning uyida 
bo’lsa, unda siz parolingizni qoldirmasligingiz va tizimga kirmasligingiz kerak. 
Login-parolni kiritishda «meni eslab qolish» belgisi turmaganiga ishonch hosil 
qiling (odatda u yoqilgan bo’ladi) - bu holda ma’lumotlar boshqa insonning 
kompyuterida yoki gadjetida saqlanmaydi.
8. Ijtimoiy tarmoqda joylashgan manzilingizni qoldirmang.
Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim foydalanuvchilari o’zlari ayni paytda joylashgan 
manzillarini ko’rsatib o’tadi. Bu, sizni bironta sababga ko’ra kuzatishni 
istaganlar uchun ajoyib ma’lumot. Shunday tarzda siz doimo harakatlanadigan 
yo’nalishni, uyni, xonadonni namoyish qilishingiz mumkin.
9. Sizning telefon raqamingiz – faqat sizniki.
Telefon raqamingizni jamoat ekraniga qo’yishga hojat yo’q. Agar, albatta, 
ijtimoiy hisob tijorat maqsadlarida ishlatilmasa. Ko’pincha, Internetdan telefon 
raqamini bilib, firibgarlar haqiqiy hayotda muammo tug’dirishi mumkin.
10. “Foydali” reklama-savdo takliflaridan ehtiyot bo’ling.
Albatta, Internet orqali sotib olishdan qo’rqishning hojati yo’q - bu bizning 
davrimizga xos odatiy holatdir. Ammo juda xira takliflar - qalloblik yoki sifatsiz 
tovarlar belgisidir. Biror narsa olishdan oldin yoki boshqa taklif va savdo 
maydonchasi veb-saytiga o’ting, bu haqda qo’shimcha ma’lumot, boshqa 
foydalanuvchilarning sharhlarini bilib oling.


115
11. Vaqti-vaqti bilan akkauntlaringizning parollarini almashtirib turing.
Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntingizning parolini kamida bir yilda bir 
marotaba o’zgartirish kerak. Raqamlar qatoriga belgilarni qo’shgan holda. 
Bir nechta akkaunt uchun bir hil parolni ishlatmaslik kerak – bu holda sahifani 
buzish xavfi yuqori bo’ladi.
Shuningdek, oddiy parollar ham xavfsiz emas: 123456 – eng katta xato.
Va asosiysi – ijtimoiy tarmoqdagi sizning parolingiz faqat sizniki!

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling