2. Harakat qilishga undaydi: «Bu ma’lumotni do’stlaringizga va
yaqinlaringizga albatta yetkazing», «Vaqtni bekorga sarflamang,
axborotimizdan foydalaning», «Bu maslahat juda muhim: u sizning
vaqtingizni, pulingizni, sog’lig’ingizni qutqaradi».
Oddiy xabarlar va postlar bizni xabardor qiladi, va olingan ma’lumot
asosida biz o’zimiz xulosa qilamiz hamda qo’shimcha undovlarsiz qaror
qabul qilamiz.
3. Hissiy quvvatlantirish: «Haytarga soluvchi hodisa», «Bu haqida kulgu
va ko’z yoshlarsiz gapirishning iloji yo’q», «Dahshat – bu qanday ro’y
berishi mumkin!»
Information xabarlar tarkibida odatda dalillar muvozanati mavjud bo’lib,
u haqiqatdan ham bizda hissiyotlar tug’dirishi mumkin. Biroq bu dalillar
sun’iy ravishda “bo’yalmaydi”.
4. Oddiy va tushunarli til, «oshxona tili» (biz oddiy hayotda gapiradigan
til).
Davlat yoki xususiy bo’lgan klassik media vositalari tayyorlaydigan
yangiliklar, xabarlar ma’lum bir bayonet uslubida nashr etiladi, chunki
har bir medianing o’z qoidalari bor. Hattoki, uslu yengil, satirik bo’lsa, u
maishiy darajagacha tushirilmaydi.
5. Xabarda axborot qayerdan olinganligi haqida ma’lumotlar bo’lmasligi,
shuningdek, xabar mualliflarining ko’rsatilmaganligi.
Odatda, media ma’lumot olingan manbalarni va muallifni yoki mualliflar
jamoasini ko’rsatadi, chunki bu ularning obro’si haqida dalolat beradi.
Manbalar hamda mualliflar ko’rsatilmagan bo’lsa, unda xabarning o’zi
ishonchli emas va medianing o’zi shubhali obro’ga ega bo’lishi mumkin.
6. Axborotning qiyofasiz qahramonlari va qiyofasiz manbalari: «Av-
straliyadagi bitta mashhur ilmiy institutning olimlari», «Pensionerlar
karantin paytida barcha mablag’larini sarflaganliklarini aytishdi».
Obro’si ular uchun muhim bo’lgan zamonaviy media vositalari ham
maqolalarining qahramonlarining familiyalarini (yoki hech bo’lmaganda,
shaharni, tumanni, ko’chani), muassasalarning to’liq va amaldagi nomlarini
ko’rsatadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |