Книга узб испр! gjck!indd
№ 2 Ekspert (manipulyatsiya qiladi)
Download 4.22 Mb. Pdf ko'rish
|
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87
- Bu sahifa navigatsiya:
- № 3 Ekspert (manipulyatsiya qiladi)
№ 2 Ekspert (manipulyatsiya qiladi)
Mana bugun barcha nihoyatda dahshatli bir bayramni – Marsga ekspeditsiyaning boshlanishini nishonlamoqda. Yo’q-yo’q, men yanglish gapirmadim, aynan dahshatli bayram. Men o’z fikrimni nihoyatda ongli ravishda aytmoqdaman. Chunki bu faqat bir tarafga uchish! Marsgacha hech kim yetib bormaydi! Men nima gapirayotganimni yaxshi bilaman. Men hurmatli insonlar bilan muloqot qilaman, biz barchasini tahlil qilamiz, hisob- kitob qilamiz. Va nimani ko’rib turibmiz? Bizni yana aldashayotganini. Qanday Mars, qanday kolonizatsiyalashtirish? Biz u yerda nimani unutdik? Qumnimi? Toshlarnimi? Bundaylar o’zimizda ham bor. Ularni Marsdan olib kelishimizni istashyabdimi nima? Unda savolim bor: nima maqsad bilan? U yerda allaqanday foydali elementlar bor, deb aytishadi. Aynan qanday? Bizda yo’q bo’lgan u yerda nima bor? Bu haqida kim gapirmoqda? Hech kim!!! Chunki biz faqat umumiy gaplarni eshityabmiz: qutqarilish, bo’ysunishlar, rivojlanish sari yangi turtki. Qanday rivojlanishga? Va bu rivojlanish natijasida pullar kimning cho’ntagiga tushadi? Ammo men o’ylaymanki, bu pullarni allaqachon kerakli odamlar egallab bo’lgan! Chunki bunday kema shuncha pul turmaydi. U 15-20 marotaba qimmatroq turishi kerak! Aynan shunday!!! Kam ham emas, ko’p ham emas. 69 U nima sababdan men aytganimda arzon turadi? Chunki u shunga ham arzimaydi. Chunki u haloqatga uchrashga dasturlashtirilgan. U yarim yo’lda birdan yo’q bo’ladi, yonib ketadi. Chunki unga “sarflangan” mablag’larning yarmini turadi. Chunki uni qurish uchun sarflangan mablag’larning yarimi o’g’irlab bo’lishgan! № 3 Ekspert (manipulyatsiya qiladi) Shov-shuvli xodisa! Aql bovar qilmaydigan loyiha! Kelajak sari dadil qadam! Men bunga rozilik bildiramn, buni qo’llab-quvvatlayman! Lekin bitta savolim bor: nima sababdan biz buncha sekin harakatlanyapmiz? Bu nima – yo’l qo’yilgan xatomi yoki qo’rquvmi? Yo’q, bu shunchaki ushbu xodisaning buyukligini anglab yetmaslik! Bu holda dvigatellar kemani harakatga keltira olmaydi. Lekin biz, insonlar mo’jizalarni yarata olamiz! Va bu mo’jizalar, ularni bolalarimiz ko’rishlari uchun nihoyatda kerak! Menga aniq qiziq emas, chunki men buni ko’rmayman. Hattoki mening o’g’lim ham ko’rmaydi. Lekin bizning barchamizni Marsda bog’lar gullagan paytini ko’rish imkoniyatidan mahrum qilish – bu noto’g’ri! Shuning uchun, mening fikrim shunday: u yerda, Qizil sayyorada barchasini imkon qadar tezroq amalga oshirish kerak. Birinchi kemaning ortidan yuzlab keyingilarini yubormoq lozim! U yerda kolonistlar qancha ko’p bo’lsa, rivojlanish jarayoni shuncha tez amalga oshadi! Shuning uchun, men hozirning o’zida uchishlar dasturini 20 marotaba kengaytirilishiga va Marsni o’zlashtirish dasturini kamida 50 marotaba qisqartirilishiga erishmoqchiman! Biz sayyoralarni qadamma- qadam emas, balki katta odimlar bilan o’zlashtiramiz. Siz va men o’z farzandlarimizni yangi sayyoraga sayohat qilib kelishga yubora olishimiz uchun! Men o’z o’g’lim uchun ana shunday kelajakni istayman! Siz ham farzandlaringiz Mars haqida nafatqa orzu qilishlarini, balki uni his etib ko’rishlarini istayotgan bo’lsangiz kerak, deb o’ylayman! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling