Книга узб испр! gjck!indd


№ 2 Ekspert (manipulyatsiya qiladi)


Download 4.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/97
Sana29.10.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1733299
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   97
Bog'liq
f63f58d9-03a5-48e6-ad7e-f8c8dbcdfd87

№ 2 Ekspert (manipulyatsiya qiladi)
Mana bugun barcha nihoyatda dahshatli bir bayramni – Marsga 
ekspeditsiyaning boshlanishini nishonlamoqda. Yo’q-yo’q, men yanglish 
gapirmadim, aynan dahshatli bayram. Men o’z fikrimni nihoyatda ongli 
ravishda aytmoqdaman.
Chunki bu faqat bir tarafga uchish! Marsgacha hech kim yetib 
bormaydi! Men nima gapirayotganimni yaxshi bilaman. Men hurmatli 
insonlar bilan muloqot qilaman, biz barchasini tahlil qilamiz, hisob-
kitob qilamiz. Va nimani ko’rib turibmiz? Bizni yana aldashayotganini. 
Qanday Mars, qanday kolonizatsiyalashtirish? Biz u yerda nimani 
unutdik? Qumnimi? Toshlarnimi? Bundaylar o’zimizda ham bor. Ularni 
Marsdan olib kelishimizni istashyabdimi nima? Unda savolim bor: nima 
maqsad bilan?
U yerda allaqanday foydali elementlar bor, deb aytishadi. Aynan qanday? 
Bizda yo’q bo’lgan u yerda nima bor? Bu haqida kim gapirmoqda? 
Hech kim!!! Chunki biz faqat umumiy gaplarni eshityabmiz: qutqarilish, 
bo’ysunishlar, rivojlanish sari yangi turtki. Qanday rivojlanishga? Va bu 
rivojlanish natijasida pullar kimning cho’ntagiga tushadi?
Ammo men o’ylaymanki, bu pullarni allaqachon kerakli odamlar 
egallab bo’lgan! Chunki bunday kema shuncha pul turmaydi. U 15-20 
marotaba qimmatroq turishi kerak! Aynan shunday!!! Kam ham emas
ko’p ham emas.


69
U nima sababdan men aytganimda arzon turadi? Chunki u shunga ham 
arzimaydi. Chunki u haloqatga uchrashga dasturlashtirilgan. U yarim 
yo’lda birdan yo’q bo’ladi, yonib ketadi. Chunki unga “sarflangan” 
mablag’larning yarmini turadi. Chunki uni qurish uchun sarflangan 
mablag’larning yarimi o’g’irlab bo’lishgan!
№ 3 Ekspert (manipulyatsiya qiladi)
Shov-shuvli xodisa! Aql bovar qilmaydigan loyiha! Kelajak sari dadil 
qadam! Men bunga rozilik bildiramn, buni qo’llab-quvvatlayman! Lekin 
bitta savolim bor: nima sababdan biz buncha sekin harakatlanyapmiz? 
Bu nima – yo’l qo’yilgan xatomi yoki qo’rquvmi? Yo’q, bu shunchaki 
ushbu xodisaning buyukligini anglab yetmaslik! 
Bu holda dvigatellar kemani harakatga keltira olmaydi. Lekin biz, 
insonlar mo’jizalarni yarata olamiz! Va bu mo’jizalar, ularni bolalarimiz 
ko’rishlari uchun nihoyatda kerak! Menga aniq qiziq emas, chunki men 
buni ko’rmayman. Hattoki mening o’g’lim ham ko’rmaydi.
Lekin bizning barchamizni Marsda bog’lar gullagan paytini ko’rish 
imkoniyatidan mahrum qilish – bu noto’g’ri!
Shuning uchun, mening fikrim shunday: u yerda, Qizil sayyorada 
barchasini imkon qadar tezroq amalga oshirish kerak. Birinchi kemaning 
ortidan yuzlab keyingilarini yubormoq lozim! U yerda kolonistlar qancha 
ko’p bo’lsa, rivojlanish jarayoni shuncha tez amalga oshadi!
Shuning uchun, men hozirning o’zida uchishlar dasturini 20 marotaba 
kengaytirilishiga va Marsni o’zlashtirish dasturini kamida 50 marotaba 
qisqartirilishiga erishmoqchiman! Biz sayyoralarni qadamma-
qadam emas, balki katta odimlar bilan o’zlashtiramiz. Siz va men o’z 
farzandlarimizni yangi sayyoraga sayohat qilib kelishga yubora olishimiz 
uchun!
Men o’z o’g’lim uchun ana shunday kelajakni istayman! Siz ham 
farzandlaringiz Mars haqida nafatqa orzu qilishlarini, balki uni his etib 
ko’rishlarini istayotgan bo’lsangiz kerak, deb o’ylayman! 


70

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling