Knowledge necessary for modern human life
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK
Download 38.03 Kb. Pdf ko'rish
|
For teachers Vol 3 sentyabr 2023 (1)
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK
KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Qo‘qon DPI Pedagogika va psixologiya fakulteti Pedagogika kafedrasi stajyor-o`qituvchisi Umaraliyev Muzaffarjon Muxammadjon o`g`li https://sciencepromotion.uz xamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi PQ-3271 sonli Qarori qabul qilinganligi va unda belgilangan vazifalarning bajarilishi yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish va ijodiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ishni esa aynan oiladan, maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanishi o‘zining ijobiy samarasini beradi. Sh.Mirziyoevning ushbu qarorida aytib o‘tilganidek bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqishni bolalikdan shakllantirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar, xududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari uchun “Kichik kutubxonalar” tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” gi Qonunida Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy shart-sharoitlardan biri bolalarning kitobxonlikga nisbatan ijobiy munosabatini rag‘batlantirish va turli-tuman ta’lim vositalaridan foydalanishga alohida etibor qaratilgan. Ushbu vositalar ichida maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muljallangan kitob nashrlari muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim oluvchilarda kitobxonlik, kitobni sevish kabi fazilatlarni shakllantirish masalalari g‘oyat muhim muammolardan hisoblanib mazkur muammo xalq pedagogikasi, islomiy adabiyotlar, buyuk mutafakkirlarning ta’limotlarida aqliy tarbiya, bilim olish bilan bog‘langan holda talqin etilgan. Abu Nasr Farabiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Axmad Yugnakiy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur keyinroq esa Abdurouf Fitrat va boshqalarning ta’limiy ahloqiy qarashlaridan kitob va uning ilm olishdagi fikrlari bunga yaqqol dalil bo’la oladi. Shuning uchun xam ma’naviyyat, ta’lim, xususan oila https://sciencepromotion.uz muammolari shug‘ullangan filosof, psixolog, pedagog, adabiyotshunos olimlar kitobxonlikning shaxs ma’naviyatini shakllanishidagi beqiyos o‘rniga olohida ahamiyat qaratganlar. Jumladan, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy yozganidek “Kitob-beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Xalqimiz tilida xam kitob o‘qib bilim va munosib ta’lim tarbiya olish. ilf-fan bilan shug‘ullanish, kasb-xunar o‘rganishning ahamiyatiga doir xalq og‘zaki ijodida juda kup na’munalar mavjuddir. Bulardan “Kitobsiz aql-qanotsiz qush”, “Baxt belgisi-bilim”, “Bilim aql chirog‘i”, “Go‘zallik-ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar-bilim taxt keltirar”, “Xunar-oqar buloq, ilm-yonar chiroq”, “Oltin olma bilim ol, bilim olsang, bilib ol” bunday xikmat naqllar yoshlarni kitobga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgarishiga asos bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Atoqli bolalar adibi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir kitob va kitobxonlik haqida to‘xtalib shunday degan edi “Umrim davomida inkor qilaolmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning to‘g‘ri yo‘lni topib dunyoqarashini shakllantirish, ahloq-odobini yo‘lga solishda kitobdanda muhimroq narsa yuq ekan shuning uchun ham ota-onalarning birinchi vazifasi o‘z farzandida kitobga mehr uyg‘otish deb bilaman. Goxida fan-texnika tufayli adabiyotga e’tibor susayyapti degan gaplarni eshitib qolamiz. Menimcha, go‘zallikga extiyoj tuyg‘usi bor ekan, san’at asarlari ham o‘zining bahosini xech qachon yuqotmaydi. Shu bois kitobga ixlos bilan qaraydigan, uni zavq bilan o‘qiydiganlar soni ortib borayotganini ko‘rish quvonarlidir”. Inson kamoloti va bilimning manbai kitob bilan bog‘liqdir u insonni komillik sari yetaklaydi kitob maslaxatchi.yu sadoqatli hamroh, eng yaqin do‘st va bebaho boylik hisoblanadi. Barcha asrlarda bo‘lgani kabi bugungi https://sciencepromotion.uz kunda xam yoshlarni vatanga muhabbat yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalarni bilimlar olamiga olib kirishda, ularni maktab ta’limiga tayyorlashda bolalar kitobxonligining o‘rni katta xisoblanadi. Zero, xalqimiz kitobni asrab avaylagani uni e’zozlagani, bo`sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o’tkazganlari kitobga qanchalik mehr va xurmat qo'yganlarining isbotidir. Kitob va kitobxonlik haqida gapirganimizda nemis faylasufi Gyotening quyidagi so'zlarini keltirish joizdir: “Kitobxonlikka o’rganish uchun qanchalik ko’p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag’ishladim lekin hali ham o`rgandim deb aytolmayman”. Atoqli bolalar yozuvchisi, O’zbekiston qaharmoni Xudoyberdi To’xtaboyev “Taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarda, kitobxonlik fan darajasiga ko’tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ’ib qilishgina emas, balki, kitob o'qishni, o’qiladigan kitob tanlay olishni, mag’zini chaqishni, yani kitob yordamida o’zini anglashni o’rgatish hamdir”. Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondashuv turli davrlarda turlicha bo’lgan Har bir davrning o’z ehtiyojidan kelib chiqib kitobxonlik darajasi belgilangan. Zero, har qanday davlatning kuch-qudrati o’z fuqorolarining ongliligi ma’naviyatlilik darajasi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning ma’naviy intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda https://sciencepromotion.uz targ’ibot qilish to’g’risida”gi PQ-3271-son qarori asosida yurtimizning barcha ta’lim sohasida kitobxonlikni rivojlantirish asosida bir qancha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu qaror doirasida kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Dasturda ko’zda tutilgan quyidagi asosiy vazifalami amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi: - kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, noshirlik va matbaa sohalarim yanada rivojlantirishga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga adabiyotlarni chop etishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash; - kitob mahsulotlari bo’yicha davlat buyurtmasining asosiy yo’nalishlarini shakllantirish, adabiy-badiiy, o’quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabop va ko’rgazmali adabiyotlarni chop etish va tarqatish tizimini yo’lga qo’yish, kitob takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan kitob do’konlari faoliyatini rivojlantirish; - jaxon adabiyotining eng sara na’munalarini o’zbek tiliga tarjima qilish bo’yicha davlat buyurtmalarini berish, ulami zarur nusxalarda yuksak sifat bilan nashr etish va moliyalashtirish tizimini yo’lga qo’yish, kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va kitob mahsulotlarining narhini shakllantirish va sotish bo’yicha aniq mehanizmlami ishlab chiqish choralarini belgilash; - axborot-kutubxona faoliyatini kuchaytirish, ta’lim muassasalari axborot- resurs markazlarining kutubxona fondlari, kutubxonalar, ta’lim muassasalarining “Manaviyat xonalari” ni o’quv-uslubiy, texnik adabiyotlar, adabiy-badiiy, ma’rifiy va ilmiy-ommabop kitoblar bilan boyitish, ulaming moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; https://sciencepromotion.uz - nashriyotlar va matbaa sohasi mutaxassislarini, badiiy va texnik muharrirlar, grafikachi rassomlar, axborot-kutubxona xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish va rag’batlantirish tizimini takomillashtirish; - lotin yozuviga asoslangan o’zbek alitbosidagi ilmiy- texnik.adabiy -badiiy va ensklopedik adabiyotlarni yanada ko’paytirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish; - O’zbekiston Milliy kutubxonasi va axborot-kutubxona markazlaridagi barcha turdagi axborot-kutubxona resurslarining yagona bazasini shakllantirish va andan boshqa axborot-kutubxona muassasalarida turib foydalanishni, ta`minlash; - qishloq aholisiga kutubxona xizmat ko`rsatish tizimini tashkil etish choralari to’g’risida tadbirlar rejasi loyihasini tayorlash va amalga oshirish; -mamlakatimizda internet orqali zarur adabiyotlami topish va xarid qilish tashkil etish, ularning axborot bazasiga umum ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oliy o’quv yurtlari uchun darsliklar, o`quv qo’llanmalari, o’quv-uslubiy, ilmiy-nazariy manbalami joylashtirish, bunday mahsulotlarni arzon narhlarda sotib olish mehanizmlarini yo’lga qo’yish bo’yicha takliflar tayyorlash; -mazmunan sayoz, milliy ma’naviyat va qadryatlarimizga, axloq me’yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan adabiyotlami tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish choralarini ko’rish; -kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ’ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish,bu borada kitobxonlar, kutubxonachi va targ’ibotchilar o’rtasida “Eng kitobxon maktab”, “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila”, “Eng faol kutubxonachi” kabi ko’rik-tanlovlaming https://sciencepromotion.uz saralash va respublika bosqichlarini yuqori saviyada o’tkazishni yo’lga qo’yish. Bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish mazmuni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan boshlanadi. Kitobxonlik madaniyatini shakllantirish sodda, qulay va zarur ko‘rgazmalilik asosida olib borilib bolalarda kitobxonlik madaniyatini ilk ko‘rinishlari namoyon bo’la boshlaydi. Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida jamiyat xayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga xususan, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani, halqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarda bolalik chog‘idan kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yo‘llarida mustahkam zamin bo‘ladi. Bu haqida Amir Temur o’gitlarida “Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir”, deyilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 y 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi PQ-3271-son qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik https://sciencepromotion.uz madaniyatini oshirish xamda targ‘ib qilish bo‘yicha komissiya to‘zish to‘g‘risida”gi F-4789-son Farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to‘plami, 2017 yil., 38-son, 1029-modda. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 5 maydagi PQ-4312 sonli “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 31-dekabrdagi 1059-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”. 5. Yo‘ldoshev E. Kutubxonada bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish/ o‘quv qo‘ll. –T.: O‘zbekiston, 2002.-128B. 6. Umarov A. Kitob va kitobxon: an’analar va yangiliklar// Sog‘lom avlod uchun . j-T.: 2003.- №11-16-20B. 7. “Yoshlarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning mexanizmlari” “ILM-FAN MUAMMOLARI TADQIQOTCHILAR TALQINIDA” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya materiallari to‘plami 20.05.2023. 147-152 b. Umaraliyev M. https://sciencepromotion.uz Аннотация: В данной статье открыто суть основных клинических проявлений интеллектуальных нарушений при деменции у детей. Ключевые слова: органические заболевании, психические заболевание, психопатоподобные синдромы, апатико-абулические состояние, церебрастенические синдромы. В зависимости от этиопатогенеза различают два вида дементных состояний. В одном случае речь идет об органическом заболевании мозга (в результате повреждения, сосудистых заболеваний и т. д.), в другом – психическое заболевание, которое приводит к деменции как конечное состояние текущего заболевания (например, при шизофрении,эпилепсии). При повреждении незрелого мозга «изменяются не только различные психические функции, но поражаются и потенциальные возможности, нарушается динамика развития мозга и всего организма» (М. О. Гуревич). Следствием такого «двойного удара» является Download 38.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling