Knowledge necessary for modern human life


RINOLALIK BOLALAR OVOZ VA NAFASINI LOGOPEDIK


Download 38.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/41
Sana02.06.2024
Hajmi38.03 Kb.
#1837427
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
For teachers Vol 3 sentyabr 2023 (1)

RINOLALIK BOLALAR OVOZ VA NAFASINI LOGOPEDIK 
O`YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH. 
 
 Qo’qon DPI Maxsus pedagogika 
 kafedrasi mudiri p.f.b.f.d (PhD).,dots L.R.Xayitov 
Maxsus pedagogika (logopediya) yo’nalishi
401-guruh talabasi G.Ahmedova
 


https://sciencepromotion.uz 
Normal fonatsiya bo‘lganda kishida burun tovushlaridan tashqari
nutqdagi hamma tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun-xalqum va burun 
bo‘shlig‘ining bo‘g‘iz va og‘iz bo‘shlig‘idan ajralish ro‘y beradi. 
Nutq jarayonida yumshoq tanglay uzluksiz ravishda turli balandlikka
ko‘tariladi va tushadi, bu holat tovushlar talaffuziga bog‘liqdir. Unli tovushlar 
talaffuzida tanglay-xalqum undosh tovushlar talaffuziga nisbatan kamroq 
birlashadi. Tanglay-xalqumning eng kuchsiz birlashishi «v» undosh tovush 
talaffuzida; eng kuchli birlashish «s» undosh tovush talaffuzida kuzatiladi. 
M, n burun tovushlarining normal talaffuzida havo oqimi burun 
bo‘shlig‘ida erkin harakatda bo‘ladi. 
V.I.Oltushevskiy nutq kamchiliklarini O’rganib, adabiyotda O’rgatilgan 
ma’lumotlarni umumlashtirib nutq kamchiliklarini tasniflagan va talaffuz 
kamchiliklarini tegishli guruhlarga ajratgan. U artikulyasion apparat 
tuzilishining buzilishi natijasida kelib chiqqan tug’ma yoki hayot davomida 
orttirilgan kamchiliklarni mexanik dislaliya deb atagan. Rinolaliyaga esa 
dislaliyaning bir turi deb qaralgan. 
Rinolaliya E.F.Rau (1933), Z.G.Nelyubova (1939), M.Morli, 
V.V.Kukolь (1941), A.G.Ippolitova (1955, 1963), I.I.Ermakova (1984), 
G.V.CHirkina (1989) va boshqalar tomonidan ayniqsa keng o’rganilgan. 
Ularning fikricha, rinolaliyaning oldini olish choralarini kurish, korreksion-
tarbiyaviy logopediya ish sistemasini to’g’ri tashkil etish, ota-onalarning uz 
boalalarini vaqtida mutaxassis-shifokor, logopedga kursatib davolatishi 
muhim ahamiyatga egadir. 
Boladagi kamchilikning turini aniqlash va unga tegishli yordam 
kursatish hozirgi logopediya fanining muhim muammolaridan bo’lib 
hisoblanadi va bola hayotida muhim rol o’ynaydi. 


https://sciencepromotion.uz 
Ma’lumki nutq jarayonida yumshoq tanglay muhim vazifani bajaradi. 
Burunli tovushlardan tashqari xamma tovushlarning talaffuzida burun va 
burun-halqum bo’shliqlari orasida tirqish hosil bo’ladi. Bu bo’shliqlarni bir-
biridan ajratib turuvchi tirqish tanglay halqum tirqishi deb ataladi va u ikkita 
mushak guruhining bir vaqtda harakatlanishidan yuzaga keladi. Pardaning 
oldingi qismini yumshoq tanglay va halqumni orqa devorlarning mushaklari 
tashkil etadi. Yumshoq tanglayning kutarilishi yumshoq tanglay va halqum 
yon devorlari mushagining to’g’ri ishlashiga bog’liqdir. 
Yumshoq tanglay ovoz hosil bo’lishida kutarilib, bo’rtib chiqadi. Bu 
bo’rta, ya’ni do’nglik halqumning orqa devorlari bilan birlashadi. Ayni 
vaqtda, ovoz hosil bo’lishida yumshoq tanglay xarakati bilan halqum orqali 
devorlari o’z holatini o’zgartiradi. 
Mushaklarning qisqarishi natijasida halqum shilliq qavatning yuqori 
qismi ko’tariladi va burun halqumiga ochilish yo’lida kundalang to’siq yoki 
do’mboqcha hosil bo’ladi. 
Buning anatomik asosini halqumning yuqori mushaklari tashkil etadi. 
Yuqoridagi mushaklarning harakati natijasida tanglay-halqum tirqishi hosil 
bo’ladi. 
Talaffuzdagi tovushlarning xususiyatiga qarab, yumshoq tanglay 
turlicha kutariladi va tirqish hajmi ham shunga yarasha uzgaradi. 
Tirqishning hajmiga qarab ovoz kuchi har xil buladi. I.I.Ermakova 
tekshirishlari shuni kursatadiki, unlilarni talaffuz qilish vaqtida tirqish hajmi 
katta bo’lar ekan. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 


https://sciencepromotion.uz 
1. 
Abdullaeva, B., L. Khaitov, and M. Aziza. "Development of social 
pedagogical competence of future defectologists." Journal of Advanced 
Research in Dynamical and Control Systems 12.6 (2020): 1139-1142. 
2. 
Khaitov, Lazizbek. "Essence and structure of socio-pedagogical 
competence of the future logopeda teacher." European Journal of Research 
and Reflection in Educational Sciences 8 (2020). 
3. 
M. Ayupova. Logopediya.:T.: 20007-yil. 


https://sciencepromotion.uz 
Annotatsiya: Autizm (grekcha «autos» – «o‘zim» degan so‘z) – bu 
ruhiyatning o‘ziga xos holati bo‘lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan 
muloqot qilishni istamaydi. U yolg‘izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat 
va shunday so‘zlarni takrorlaydi. Autizm tashxisli bola o‘z olamida yashaydi. 
Fikrlashi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Ularning xatti-harakatlari real voqelik 
bilan bog‘liq emas. 
Kalit so’zlar: Autizm, asperger sindromi, . daun, patau, marfan 
sindromlari,tipik sindrom,atipik sindrom,retta sindrom 
Bolalardagi autizm: ruhiy buzilishning ilk belgilari quyidagilardan 
iborat.Koʻp hollarda autizm 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda paydo boʻladi, 
ammo uning ilk belgilariga aksariyat ota-onalar eʼtibor qaratishmaydi.Autistik 
buzilishning belgilari 2-3 yoshlarda koʻzga tashlanishi ehtimoli yuqori. 
Autizmning ilk bosqichlarida bola ota-onaning ayrim harakatlariga javob 
qaytarmaydi, ularga befarqlik bilan munosabatda boʻladi. Atrofdagi odamlar, 
qarindosh-urugʻlar, ularning farzandlari bilan doʻstona va iliq munosabatlar 
oʻrnata olmaydi. Ular ota-onalarining shirin soʻzlari, erkalashlariga tabassum 
bilan javob qaytarishmaydi, jonsiz buyumlarga ham, odamlarga ham bir hil 
munosabatda boʻlishadi. Asosiy belgilardan yana biri – boshqalarning 

Download 38.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling