Knowledge necessary for modern human life
AUTISTIK SPEKTR BUZILISHLARIDA NUTQNING
Download 38.03 Kb. Pdf ko'rish
|
For teachers Vol 3 sentyabr 2023 (1)
AUTISTIK SPEKTR BUZILISHLARIDA NUTQNING
RIVOJLANISH HUSUSIYATLARI. Babayeva Azizabonu Hamidjon qizi QDPI Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi https://sciencepromotion.uz koʻzlariga tik qaray olmaslikdir. Ular koʻzlarining atrofdagi odamlar koʻziga tushib qolmasligiga harakat qilishadi. Nutq buzilishlari, gapira olmaslik, ijodiy yondashuvni talab qiluvchi oʻyinlarni oʻynay olmaslik ham autizm belgilari boʻlishi mumkin. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, autizmga chalingan bolalarning harakatlarida bir xillik, uyqu buzilishlari, tajovuzkorlikka moyillik va qoʻrquv ham kuzatiladi.Bolalardagi autizmga aynan nima sabab boʻlishi olimlar tomonidan bugungi kunga qadar toʻliq oʻrganilmagan. Daun, Patau, Marfan va boshqa turdagi sindromlardan farqli ravishda autizmda bemor organizmda hech qanday irsiy anomaliyalar qayd etilmaydi. Ekspertlar autizmga chalingan bolalarning aksariyatida bu holatga tugʻruq jarayoni va homiladorlik vaqtidagi qiyinchiliklar sabab boʻlganini aytishadi.Miya faoliyatida buzilishlar kuzatila boshlagach, bemorda giperfaollik va intellektning pasayishi qayd etiladi. Shunga qaramasdan, mutaxassislar autizmga maʼlum belgilarga qarab tashxis qoʻyish qiyin ekanligini aytishadi. Aniq tashxis qoʻyish uchun shifokor koʻmagi va bir qator tahlillar kerak boʻladi. Tashxis qanchalik erta qoʻyilsa, ota-ona va mutaxassislar davolash jarayonini shunchalik erta boshlashlari mumkin.Autizmga chalingan bolalarning bir qismi oʻrta maktabni tugatishadi, kasb oʻrganishadi, nufuzli joylarda ishlashadi. Shunga qaramasdan, autizmga chalingan insonlarning shaxsiy hayotni izga tushirishlari va oila qurishlari juda qiyin boʻladi. Kattalardagi autizm belgilari kasallikning shakliga va uning kechishiga qarab farq qilishi mumkin. Bunga xos alomatlar quyidagilar hisoblanadi: -yuz ifodalarining kamligi va imo-ishoralarning yetarli emasligi; -jamiyatda qabul qilingan aloqa qoidalarini tushunmaslik; -atrofdagi odamlarning his - tuyg'ulari, motivlarini tushunmaslik; https://sciencepromotion.uz -o'z xatti-harakatlarini tushunmaslik; -atrofdagi odamlar bilan do'stona yoki boshqa yaqin munosabatlarni o'rnatish imkoniyatining yo'qligi; -biror kishiga murojaat qilish qiyinligi; -so'z boyligi yetarli emas, bir xil iboralarni muntazam takrorlash; -tanish muhitda xotirjamlikni saqlash qobiliyati va unda biroz o'zgarishlar bo'lsa bezovtalanish; -joylar va narsalarga bog'lanish va ularda o'zgarish sodir bo'lsa bezovtalanish;. Agar autizm yengil shaklda bo'lsa, unda 20-25 yoshga kelib, odam allaqachon qarindoshlari yoki vasiylaridan alohida yashashi va o'z muammolarini mustaqil ravishda hal qilishi mumkin. Agar bu shakl autistga bunday turmush tarzini olib borishga imkon bermasa, u odatda butun umri davomida qarindoshlarining qaramog'ida qoladi. Mutaxassislar autizmni davolash uchun bir nechta usullarni taklif etishadi. Ularning aytishlaricha, kichik yoshdagi bemorga har tomonlama yordam berish zarur. Yaʼni, davolash muolajasi oʻzida tibbiy aralashuvni ham, bolaning ijtimoiy moslashuvini ham, ruhiy koʻmakni ham jamlagan boʻlishi kerak. Ayrim hollarda nafaqat bolaga, balki uning ota-onasiga ham ruhshunos koʻmagi kerak boʻladi. Kasallikni davolash jarayonida bolaning ota-onasi va boshqa oila aʼzolari bilan oʻzaro munosabatlarini yaxshilashga ham katta eʼtibor qaratiladi, unga qoʻrquvni yengish, agressiv xurujlarga qarshi kurashish oʻrgatiladi. Autizmga chalingan bolalarning ota-onalaridan katta masʼuliyat talab etiladi. Eng muhimi, autizmni – dahshatli hukm deya qabul qilmaslikdir. https://sciencepromotion.uz Bolalarda autizm uchun zarur bo'lgan davolanish quyidagilarni o'z ichiga oladi: • xulq-atvor terapiyasi dasturlari; • "rivojlanish modellari"dan foydalanish; • logoped terapiyasi; • ijtimoiy ko'nikmalarni o'rgatish; • mehnat terapiyasi; • antidepressantlar; • antipsixotiklar; • talvasaga qarshi preparatlar. Autizmdan to'liq davolanish deyarli mumkin emas. Remissiya faqat 5% hollarda sodir bo'ladi. Asperger sindromi – autizmning bir turi boʻlib, unda aqliy salohiyat saqlanib qoladi, bemor atrofdagilar bilan kam boʻlsa-da gaplashadi, kognitiv funksiyalar yaxshi ishlaydi, aqli zaiflik alomatlari koʻzga tashlanmaydi, ammo ularning atrofdagi odamlarga moslashib ketishlari qiyin kechadi. Asperger sindromiga chalingan bolalar odamlardan uzoqlashishga harakat qilishadi, ularning gap-soʻzlarini tushunmasliklari ham mumkin. Shu bilan bir vaqtda uning aqliy salohiyati tengdosh bolalarnikidan kam boʻlmaydi, intellektual yoʻnalishlarda ulardan oʻzib ketishi ham mumkin. Asperger sindromiga chalingan bolalar maʼlum bir yoʻnalishga qiziqishlari bilan ajralib turishadi. Misol uchun, ular televizordagi bitta koʻrsatuvni tinmay tomosha qilishlari, yuzlab oʻyinchoqlar orasidan faqat bittasini tinimsiz oʻynashlari mumkin. Buning oʻziga yarasha ijobiy tomoni ham bor, aslida. Asperger sindromiga chalingan bola oʻzi qiziqqan mashgʻulotga diqqat-eʼtibor bilan kirishadi, kichik jihatlarga ham qiziqish https://sciencepromotion.uz bildiradi. Ularning aksariyat qismi matematika, musiqa, rasm chizish yoʻnalishlarida ajoyib natijalarga erishadilar. Autizmni o'z vaqtida davolamaslik bemorning jamiyat bilan ijtimoiy va hissiy aloqalarining buzilishiga olib kelishi mumkin. Afsuski, ushbu patologik holatning birlamchi profilaktikasi uchun maxsus usullar mavjud emas. Homiladorlik paytida ayollarga dori-darmonlarni qabul qilishni cheklash tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. M.Yu,Ayupova “Logopediya” Toshkent 2007 y O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 2007. – 206 b. 2. M.Yu.Ayupova, L.R.Mo’minova “Logopediya” Toshkent 1992 y “O’qituvchi” nashriyoti 1993. – 78 b. 3. L.R.Mo’minova “Bolalarni logopedik tekshirish va o’qitish” Toshkent 1992 y “O’qituvchi” 78-c. 4. М.Ф.Фомичева «Воспитание детей првильного произношения» Москва «Просвещение» 2009г 301-c 5. Л.И.Франкенберг, Е.М.Белова ,Развитие речи в специализированном детском саду» Тошкент «Ўқитувчи» 1996 г 99-c 6. M.P.Xamidova, M.Yu.Ayupova “Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi” Toshkent 2009 y “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti 124-b |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling