Ko'cha va yo'llarning muhandislik tarmoqlari reja: Shahar ko`cha yo`l tarmogining qisqacha tavsifi va umumiy tushunchalari
Shahar bosh rejasida ko`cha yo`l tarmog`ini rejalashtirish
Download 77.5 Kb.
|
Ko\'cha va yo\'llarning muhandislik tarmoqlari reja Shahar ko`cha
2. Shahar bosh rejasida ko`cha yo`l tarmog`ini rejalashtirish
Shahar ko‘chalari tarmoqlarining rejasi ishlab chiqarish korxonalari, turar joy mavzelari, jamoat binolari, vokzallar, pristanlar, shuningdek, shahar tashqarisidagi yo‘llarning tutashishlarini joylashtirish bilan belgilanadi. Eski shaharlarning rejalashtirilishi ijtimoiy, topografik va iqlim sharoitlarining ta’sirida tarixan yuzaga kelgan (tarkib topgan). Yangi shaharlarni rejalashtirishda aholi uchun eng yaxshi qulayliklar yaratishdek asosiy tamoyildan kelib chiqiladi. Yangi shaharlarni rejalashtirish, mavjud shaharlarni rivojlantirish va qayta qurish kabi, sanoat, transport aloqalarini joylashtirishni, turar joy mavzelari uchun eng yaroqli uchastkalar tanlashni va yashil massivlar yaratishni har tomonlama o‘rganishga asoslanadi. Shaharlarni rejalashtirishning bir nechta turlari mavjud: radial, radial-halqasimon, to‘g‘ri to‘rtburchakli va aralash (1-rasm). Aralash rejalashtirish tizimida muntazam to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirish diagonal ko‘chalar-nurlar yotqizish bilan qo‘shib olib boriladi, ular to‘g‘ri to‘rtburchakli rejalashtirishdagi biroz bir xilliklarni buzadi va chiroyli maydonchalar hamda ko‘chalar perspektivasini vujudga keltiradi. Yangi shaharlarni loyihalashda ko‘chalar tarmog‘i rejasi shahardagi harakatlanish oqimlarining ko‘zda to‘tilgan yo‘nalishlariga asoslanib belgilanadi. Ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar, vokzallar, pristanlar va jamoat foydalanadigan joylarning joylashuvi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, yuk oqimlarining yo‘nalishi va miqdori belgilanadi. Birinchi navbatda, eng qisqa yo‘nalish bo‘yicha asosiy magistrallar loyihalanadi. Qolgan ko‘chalar turar joy mavzelarini sanoat korxonalari, muassasalar, vokzallar va hokazolar bilan qulay transport aloqasi bilan bog‘lash shartiga ko‘ra asosiy magistrallarga yordamchi yo‘llar tarzida joylashtiriladi. holat shaharsozliqda katta ekologik muammolarni paydo qiladi. Bugungi kunda shahrimiz ko‘chalarida avtomobillarning tirband holatga kelib qolganligini deyarli ko‘plab chorrahalarda uchratamiz. Shaharda atmosfera havosining ifloslantiruvchi omillardan biri bu transport vositalari hisoblanadi. Inson salomatligi uchun eng xavfli manbalardan yana biri transport vositalaridan chiqadigan zaharli gazlar hamda shovqin bo‘lib qolmoqda Hozirda yirik shaharlar ekologiyasida yuzaga kelgan vaziyat yomonlashib, ayniqsa transport vositalarinig atmosfera havosini ifloslashi, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lib kelmoqda. Avtomobil ishlashi natijasida chiqadigan chiqindi gazlar, tarqaladigan shovqinlar havoning ifloslanishida asosiy rol o‘ynaydi. Avtomobil dvigatelidan ajralib chiqadigan gazlar tarkibida kimyoviy birikmalar va qattiq jismlar ajralib chiqadi. Transport bu havoni ifloslaydigan asosiy manbalardan biri bo‘lib, uning asosiy qismini is gazi (CO₂) tashkil etib va yana azot oksidi (NO₂) uglevodorod va juda ham zararli bo‘lgan qo‘rg‘oshin ajralib chiqadi. Atmosfera havosi xar xil gazlarning mexaniq aralashmalaridan iborat bo‘lib, tabiiy xolda 78% azot, 21% kislorod, 0,9% argon, 0,003% CO va qolgani inert gazlardan iborat. Atmosfera havosini transport vositalari 200 dan ortiq kanserogen moddalar bilan ifloslantiradi. Transport vositalaridan chiqadigan chiqindi gazlarning zaxarliligini kamaytirish maqsadida hozirgi vaqtda turli xil yo‘nalishlarda talay ishlar olib borilmoqda. Avtomobillar ishlashi natijasida chiqadigan zaxarli gazlar bilan bir qatorda, undan chiqadigan shovqin ham kishi organizmiga ta’sir ko‘rsatadi. Shovqin balandligi natijasida haydovchida ish qobiliyati susayadi, ko‘p chalg‘ish natijasida avtohalokatga uchrashi ham mumkin. Ilmiy tadkikotlar va izlanishlar shuni ko‘rsatadiki shovqin natijasida avtomobil haydovchisining fikrlash qobiliyati pasayishi 10% va xattoki 20% ni tashkil qiladi. Respubikamizda atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalarning 61,2% ini avtotransport chiqindilari tashkil etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng, avtomobil ishlab chiqarilishi sanoati yo‘lga qo‘yilishi natijasida aholining shaxsiy avtomobiliga ega bo‘lishi, avtomobillar sonini kundan kunga ortib borishiga, transport harakatining kun sayin oshib borishi, yo‘llarda tirbandlik, avtohalokatlar, avtotransportdan chiqadigan shovqin va zararli chiqindilar natijasida ekologik muammolarni vujudga keltirmoqda. Transport vositalari sonining oshishi o‘z navbatida shaharlarda yangi ko‘chalar qurishni talab etadi va yo‘llar zichligini oshishiga sabab bo‘ladi. Ko‘cha-yo‘llar zichligi deb 1 kv.km yuzaga ga to‘g‘ri keluvchi yo‘llar uzunligiga aytiladi. Hozirgi kunda aholi salomatligi borasida, ham bu soxada izlanishlar olib borilmoqda, negaki transportdan tarqalayotgan chiqindi gazlar aholining salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Atrof muhitni muhofaza qilish-tabiiy boyliklarni saqlash va ulardan unumli oqilona foydalanishga asoslangan, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy masalalar yuzaga keldi. Yuzaga kelgan tavsifga ega kishilik jamiyati faoliyatining uch yo‘nalishini tabiat (jumladan, o‘zgargan tabiiy muhitni ham) muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashni ya’ni atmosfera havosi, suv havzalari va tuproqni sanoat, transport va uy-ro‘zg‘or chiqindilari bilan ifloslanishidan saqlash va turar joylardagi shovqinni kamaytirish, o‘simliklarni ko‘paytirish zaruriyati paydo bo‘ldi. Download 77.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling