Ko’chma ma’noli birliklarda milliy mentalitetning aks ettirilishi
Ko’chma ma’noli lisoniy birliklar tadqiqiga antroposentrik yondashuv
Download 110.55 Kb.
|
Abdurasulova Jumagul (5) (2)
1.2.Ko’chma ma’noli lisoniy birliklar tadqiqiga antroposentrik yondashuv
Tilshunoslikda antrasentrik paradigmaning shakllanishi til sohibi – so’zlovchi shaxs omilini o’rganish masalasi bilan bog’liq hisoblanadi. ,,Tilshunoslikda antroposentrik burilishning yuzaga kelishi sturalizmning tilni tadqiq etishning ,,o’zida va o’zi uchun’’ tamoyilini chetga surib , asosiy e’tiborini shaxs omiliga qaratdi.’’12 Ma’lumki, jahon tilshunosligida ko’chma ma’noli birliklarga dastlab asosan leksik-semantik jihatdan yondashib kelingan. Keyingi yillarda , xususan, XXI asr bosghlaridan mazkur birliklarni pradigmatik, lingvokulturologik, kognitiv, psixolibngvistik, sotsiolingvistik tamoyillar asoosida o’rganish tendensiyalari juda kuchaydi. Ko’chma ma’noli birliklarga faqatgina so’zning lug’aviy ma’nosidan chetga chiqqan birlikllar sifatida emas, balki, ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan, o’zida ma’lum intellekt sohibining lisopniy ongini, bilimlarini, o’zida kas ettiruvchi qurilma sifatida qaralina boshlandi. Dunyo tilshunosligining lingvokulturologiya, lingvopragmatika, psixolingvistika, etnolingvistika, kogniitiv tilshunoslik, diskursiv tahlil singari yo’nalishlarida so’zlarning lug’aviy va ko’chma ma’nolariga shaxs omili masalalari tadqiqot obyektining eng markaziy qismini tashkil etadi. Ushbu sohalarning yuzaga kelishi fanlarda odamni yanada yaxshiroq va chuqurroq o’rganish va lisoniy faoliyatni kengroq ko’lamda yoritish hatti-harakatlari bilan bog’liqdir. Jahon tilshunosligida til sistemasini inson bilan bog’liq ravishda o’rganish asosan kognitiv tilshunoslik, lingvistik semantika, pragmatic tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiyaga doir tadqiqot ishlarida namoyon bo’lgan edi. Jumladan, L.Vaysberger, V.fon Gumbolt, B.Uorf, E.Sepir, J.Lakof, A.Potebnya, Van Leyk, M.Jonson, N.Homskiy, Y.Stepanov, A.Leontev, L.Scherba, V.Demyankov, N.Karaulov, V.Maslova, F.Sedov, E.Rosh singari tilshunos olimlarning tadqiqot ishlarida til tizimi inson omili bilan bog’langan holatda tadqiq etilgan. O’zbek tilshunos olimlarining pragmatika, lingvistik semantika, kognitiv tilshunoslikka doir tadqiqotlari o’zida antroposentrik aspektda yaxlit holatda o’rganilgan emas. Ta’kidlash joizki, o’zbek tilshunosligida ko’chma ma’noli birliklarning pragmatik, lindvopoetik tadqiq tai izlovchi shaxs omilini tadqiq etish bilan bogliqdir tilshunoslikda antratsen tirik bilishning yuzaga kelishi strukturali zimning tilini tadqiq etishning yozida va uchun tamoyilini chetga surib asosiy eʼtiborini shaxs omiliga qarab maʼlumki jahon tilshunosligida koʻchma maʼnoli birliklar ga dastlab asosan semantik va sintaktik nuqtai nazardan yondashilgan keyingi yillarda xususan yigirma birinchi asr boshlaridan uning va kultura logik paradigma tik sotsiolingvistika psixologik tamoyillar asosida taqdim etish tendensiyasi kuchaydi nafaqat til tizimi unsurlarining nutqqa kochirilishi jarayoni mahsuli sifatida emas balki ijtimoiy qimmatga ega boʻlgan muloqot shaklida muayyan inter bilimlarini korsatuvchi mental qurilma shaklida qara boshlandi jahon tilshunosligining Yangi oʻzbek adabiyoti vakillaridan boʻlgan yozuvchi Abduqayum Yoʻldoshev asarlarini oʻqir ekanmiz, ularda tasvirlangan inson obrazlarini nechogʻlik hayotning aksi oʻlaroq yaratilganiga guvoh boʻlamiz. Buning isboti sifatida yozuvchining “Osmon ogʻushi” toʻplamiga kiritilgan “Gudbay Amerika!” qissasidagi koʻplab personajlar orqali koʻrishimiz mumkin. Ushbu qissa bugungi kun odamlari haqida yozilgan boʻlib, shu bilan birga Vatan tushunchasining mohiyati va qadri hech qachon yoʻqolmasligini yana bir bor ta'kidlaydi. Asosiy masala boʻlgan inson obrazi haqida soʻz borganda, birinchi navbatta, badiiy obraz tushunchasiga izoh beramiz. “Adabiyotshunoslikda badiiy obraz atamasi ham keng, ham tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda badiiy obraz deganda borliqning san'atkor koʻzi bilan koʻrilgan va ijodiy qayta ishlangan har qanday aksi (jonivorlar, narsa-buyumlar, hodisalar, tabiat obrazlari) nazarda tutilsa, tor maʼnoda badiiy asardagi inson obrazi tushuniladi. Borliqni badiiy idrok etishni maqsad qilgan badiiy adabiyotning asosida inson obrazi turadi, chunki borliqning oʻzida inson shu xil mavqe egallaydi...asarlarda boshqa (narsa-buyum, jonivorlar, hodisalar) obrazlarning bari inson obrazini yorqinroq tasvirlashga, chuqurroq ochib berishga xizmat qiladi”.’[1.73] Inson obrazini yaratishda yuqoridagi talablardan tashqari ham qator vositalar mavjud, bular muallif xarakteristikasi, portret, badiiy psixologizm va personaj nutqidir. Avvalo, muallif xarakteristikasiga toʻxtalsak. “Obrazga yozuvchining oʻzi tomonidan berilgan taʼrif “muallif xarakteristikasi” deb yuritiladi. Muallif xarakteristikasida obrazning fe'l-atvoriga xos asosiy xususiyatlar bayon qilinadi” '[1.73-74]Muallif xarakteristikasini “Gudbay Amerika!” qissasida Murodbek Qilichevich, Xolmirza va Zarifa obrazlari orqali koʻrib chiqamiz. “Guruhdan sal chekkaroqda ellik yoshlardagi, semirib ketgan, qora kostyum-shim kiyib, katta boʻyinbogʻ taqib olgan Murodbek Qilichevich viqor bilan, savlat toʻkib oʻtiribdi. U ora-sira dasta a'zolariga ham, yoʻlovchilarga ham mensimaganday koʻz tashlab qoʻyardi”.Murodbek Qilichevichga muallif tomonidan berilgan ushbu taʼrifning ayrim soʻzlariga eʼtibor qaratsak. “Semirib ketgan”, “viqor bilan, savlat toʻkib”, “mensimaganday koʻz tashlab” kabi jumlalar bizda asar bilan tanishmasdanoq unga taqdiri yaxshilik bilan yakunlanmaydigan qahramon kirib kelayotganidan darak beradi. Chunki uning xarakteridagi mensimaslik nigohi taqdiriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillardan biri hisoblanadi. Yuz ifodasida safar oldidan quvonch va mamnunlik sezilmayotgan qahramonlardan biri: “Zalda eng chekkaga oʻtirib olgan, qovoq solib oʻtirgan, ogʻir oʻylarga choʻmgan, koʻzlari kirtayib qolgan bir erkak ham bor. Bu qirq yoshlardagi, qorindor, sobiq DAN xodimi Xolmirza”. Ushbu qahramonga berilgan taʼrifda ikki jihat koʻzga tashlanadi, birinchisi ogʻir oʻylarga choʻmgan va kirtayib qolgan koʻzlari miuning ham dardi borligini va bu dard unga anchadan buyon azob berayotganini anglatsa, ikkinchidan u dard bilan ham qorindorligi hamda sobiq “DAN” xodimi ekanligi bir paytlar vazifasini haqqoniy oʻtamaganligidan dalolat beradi. Yana bir qahramonga nazar tashlasak. Endigina tanilib kelayotgan artist Zarifa-Zeta, yozuvchi unga quyidagicha taʼrif beradi: “Qiz boʻyanib-bejanmaganidanmi, bir qarashdayoq tanib olish mushkul, har qalay, kamtaringina oʻtirgan bu qizni sahnada irgʻishlab, baqirib-chaqirib ashula aytayotgan holatda tasavvur etish mushkul”. Zarifaning sahnada irgʻishlab, baqirib-chaqirib ashula aytishidan unda qilayotgan ishiga nisbatan ishtiyoq borligini sezish mumkin, biroq uning sahnadan tashqaridagi hayotda boʻyanib-bejanmay yurishi birozgina soddaligidan darak berib turibdi. Lekin shu birozgina soddalik bilan tanilish maqsadida Amerikaday joyga qilayotgan safari unga baxtli kelajak taqdim etadi deb ham boʻlmaydi. Shu oʻrinda yana bir elementga diqqat qaratib ketsak, asarda koʻpchlik Oʻzbekistondan Amerikaga borgan qahramonlarning ikkinchi ismi bor. Zarifa-Zeta, Bahrom-Bob, Jamila-Juliya, Malik-Maykl. Ushbu koʻrinishdagi ikkinchi ismlarni qoʻllash orqali yozuvchi amerikalik oʻzbeklarda oʻzlikning qay darajada yoʻqolib ketayotganiga ishora qilmoqda. Yana asardan olingan parchaga e'tibor qaratamiz. “Keyingi qatorda oʻttiz yoshlardagi ozgʻin, rangpar, yanoqlari turtib chiqqan odmiroq kiyimdagi Najmiddin”. Ushbu keltirilgan ta'rif orqali biz aniq bir konkret insonni koʻz oldimizga keltira olamiz. Inson obrazini yaratishda muhim vositalardan yana biri aynan shunday ish koʻradi, D.Quronov unga quyidagicha ta'rif beradilar:“ Personajning soʻz bilan chizilgan tashqi qiyofasi- portret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Portret, avvalo, personajning oʻquvchi koʻz oldida konkret inson sifatida gavdalanishiga koʻmaklashadi. Ikkinchi tomondan, badiiy asarda portret xarakterologik belgilarga ega boʻladi. Ya'ni, yozuvchi personaj siyratiga xos xususiyatlarni suratida aks ettirishga intiladi”. Chindan ham yuqorida keltirilgan misolda biz aniq bir inson qiyofasini koʻz oldimizga keltirish barobarida ushbu insonga xos ayrim xarakter xususiyatlarini ham koʻrishimiz mumkin. Badiiy asarda toʻlaqonli inson obrazini yaratishdagi muhim unsurlardan yana biri badiiy psixologizm hisoblanadi. Asardan parcha keltirsak. “Ha mana, u kelyapti! Jamila! Jingalak sochlari ochiq yelkasi bilan bitta boʻlib yoyilgan, siymin tan, shahlo koʻzli goʻzal qiz! Oʻzi chuqibdi-ya Nodirni kutib olishga! Oʻzi!.. Yuragi gursillab urib ketgan yigit amallab toʻdadan ajralib, oldinga oʻtdi. Nodirga koʻzi tushgan qizning yuzi tabassumdan yorishib ketganday boʻldi”. Ushbu parcha orqali yozuvchining personaj ruhiy holatini qay darajada ochib berganligining guvohi boʻlamiz.“Badiiy psixologizm deyilganda personaj ruhiyatining ochib berilishi, uning xatti-harakatlari, gap-soʻzlarining psixologik jihatdan asoslanishi tushuniladi va u mazkur vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi qator usul, vositalarni oʻz ichiga oladi. Yozuvchi personaj ruhiyatini bevosita yoki bilvosita tasvirlab berishi mumkin. Personaj oʻy-kechinmalari, his-tuygʻularining “ichki monolog”, “ong oqimi” tarzida yoki muallif tilidan (oʻziniki boʻlmagan avtor gapi) bayon qilinishi psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Asarda personaj ruhiyatining uning xatti-harakatlari, gap-soʻzlari, yuz-koʻz ifodalari (mimikasi), undagi fiziologik oʻzgarishlarni koʻrsatish orqali ochib berilishi bilvosita psixologik tasvirdir”.’[1.74-75] Nazariyadan anglashilganidek parchada keltirilgan Nodirning ruhiy holati bevosita hamda bilvosita usullar uygʻun tarzda ochib berilgan. Jamilaning kelishi tasviridagi muallif tilidan aytilgan soʻzlar va Nodirning Jamilani koʻrgandagina xatti-harakatlari, bularning bari badiiy psixologizmning yorqin namunasi boʻlib xizmat qilgan. Inson obrazini yaratishdagi eng soʻnggi vositaga ham yetib keldik. Ushbu vosita zamonaviy nasrda dialog rivojlanishi barobarida rivojlangan vosita hisoblanadi. “Mohir yozuvchi personaj nutqini individuallashtirish orqali uning shaxsiyati, dunyoqarashi, muayyan hayotiy holatdagi ruhiyati haqida oʻquvchiga koʻp narsalarni yetkaza oladi. Aytish kerakki, dialoglarda personaj nutqi muallifning qisqa, loʻnda sharhlari bilan taʼminlanadi”.’[1.75] Keltirilgan fikrga dadil sifatida yana asardan olingan parchaga e'tibor beraylik: “Shahar knematoriyasidagi maxsus xonada Izzatilla akaning mayiti yoqish uchun pechga kiritilayotganini oyna ortidan yigʻlab kuzatayotgan Davronbekning koʻnglidan shunday oʻylar oʻtardi. U yonida bukchayib turgan Habiba xolaga, hatto oʻta jiddiy Erali bilan Sheraliga ham emas, koʻproq oʻziga oʻzi apirayotganday iztirob bilan shivirlardi: Shunday odamga uch gaz yer topilmaydimi? Aka-ukalardan biri javob qaytardi: Topiladi, lekin.... Ikkinchisi gapni yakunladi: Lekin juda qimmat. Bu yerda eng boy odamlargina oʻzlari, yaqinlari uchun oldindan qabristondan yer sotib olib qoʻyishadi. Qolganlar shunday... Davronbek boshini chalgalladi, uning quruqshab ketgan tomogʻidan alamli faryod otilib chiqdi: E Xudoyim...” Ushbu dialogli parchadan anglashiladigan personaj ruhiy holati, avvalo, iztirob. Qanday iztirob, alamli iztirob. Oʻz yurtidan olisda, Vatanni qumsab dunyodan koʻz yumgan inson uchun qabr boʻla oladigan bir parcha yer topilmasligi va bu vaziyatga “shunchaki odatiy” deb qarab turgan oʻsha insonning farzandlari holati, chindan ham alam tuygʻusini uygʻotadi. Shu bilan birga Davronbekning iztirobi bizga Vatan tuprogʻi qanchalar qadrli va moʻtabar ekanligini, “Oʻzga yurda shoh boʻlguncha oʻz yurtingda gado boʻl” hikmati nechogʻlik haqiqatligini yana bir karra koʻrsatib beryapti. Yozuvchi qindik qoni toʻkilgan tuproq yurakning bir parchasi ekanligini asarning yana bir oʻrnida taʼkidlab oʻtgan. Ushbu holatni yana personaj nutqi orqali yuzaga kelganini guvohi boʻlamiz. “Fotihadan soʻng Adham bobo Nodir olib kelgan Toshkent patirini qoʻliga olib, uzoq hidladi: Ox-ox, yurtning tuprogʻida pishgan-da bu. Qodir akaning ishorasi bilan Nodir choʻntagidan tuguncha chiqardi: Mana, bobo, oʻsha tuproqdan bir hovuch olib kelgandim. Adham bobo entikib tuproqni qoʻliga oldi, baayni patirni hidlaganday toʻyib hidladi, koʻzlariga yosh keldi. Vatan tuprogʻi bu... Qodirjon, vasiyatim esdan chiqmasin-a, shu tuproqni boshimga qoʻyasiz... Qodir aka kuldi: Adham bobo, qoʻysangiz-chi, vasiyat-pasiyatlarni. Hali kamida yuz yil yashaysiz, Oʻzbekistongayam necha borib kelasiz. Hammasi Allohdan...- Adham bobo Nodirga qarab, qoʻlini koʻksiga qoʻygancha nim egildi: - Qulluq, mehmon, siz bizni siylabsiz, Xudoyim sizni siylasin. Shoirimiz aytganiday: “Bizni pisand qilganlarga ming bora qulluq...” Arzimaydi, bobo.” Qissadan bunday oʻrinlarni koʻplab keltirish mumkin. Biroq, muhimi bu emas, muhimi yozuvchining mahorati. Inson obrazini toʻlaqonli yaratish vositalaridan barchasini oʻz oʻrnida, oʻz me'yorida qoʻllay bilish asarning mana shunday haqqoniy chiqishiga sabab boʻlgan. Hayotiy haqiqatlarga va inson oʻzligini uygʻotuvchi daʼvatlarga toʻla ushbu qissa sizning ham hislaringizga taʼsir etmay qolmaydi. Unda tasvirlangan koʻplab insonlar bizning ham oramizda uchraydi. Balki, kimlardir ayrim personajlar orqali oʻzini topgandir. Nima boʻlganda ham eng muhimi toʻgʻri xulosa chiqarishdir. Nutqda o’z fikrimizni bayon etish uchun tildagi barcha birliklar (tovush, qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi va gap) dan foydalanamiz. Leksik birliklar ya`ni, so‘zlarni tilshunoslikning bir qismi sifatida o‘rganish, so‘zlarni nutqdan tashqaridagi o‘z ma’nosi bilan birga ularni nutqda ifodalagan uslubiy ma’nolarini ham o‘rganish zaruriyatini ko‘rsatadi. So‘zlarni o‘z ma’nosi bilan birga ko‘chma ma’noda qo‘llash ham nutq ifodaliligini ta’minlash uchun tuganmas manbadir. Nutqda deyarli barcha asosiy holatlarda ko‘chma ma’no emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik kasb etadi. Nutqda so‘zlarni ko‘chma ma’noda ishlatishning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular ko‘chimlar nomi bilan umumlashtiriladi. Ko‘chimlarning asosida ikki narsa yoki tushunchani qiyoslash yotadi, ya`ni ikki narsa yoki tushuncha o‘rtasidagi muayyan munosabat (o‘xshashlik, umumiylik,aloqadorlik kabi) asosida tasviriylik, ifodalilik, aniqlikni kuchaytirish maqsadi bilan ulardan birining nomi ikkinchisiga ko‘chiriladi1 . Ko‘chma ma’noli so‘zlar qanday ma’no asosida ko‘chayotganligiga qarab Metafora; Metonomiya; Sinekdoxa Vazifadoshlik; Kinoya (tag ma’no). kabi turlarga bo‘linadi: Nutqimizda eng keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan ma’no ko‘chish usuli metaforadir. Metafora narsa yoki tushunchalar o ‘rtasidagi o‘xshashlik asosida nom (so‘z)ning ko‘chishidir. Metafora ( yunoncha metaphora- ko‘chirish) bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma`lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir2 .Masalan: fan cho‘qqisi, yurtimiz quyoshi, dalaning etagi…. Masalan, tandirning og‘zi birikmasida og‘iz so‘zining ma’nosi odam yoki hayvon og‘ziga tashqi o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Metaforalarni o‘rganish qadimgi davrlardan buyon tilshunoslarning diqqat markazida bo‘lgan mavzu hisoblanadi. Antik davrlarda metaforani olamni anglashning aloxida usuli va vositasi sifatida ko‘rsatish Aristotel ( shuningdek Sitseron) ga taalluqli g‘oyadir3 . Bu davrda ma’no ko‘chimlarini tasnif etishdagi ilk qadamlar qo‘yildi: metaforaning ismlar 2022 www.oriens.uz (umuman so‘zlar) qatoridagi o‘rnini aniqlash, metaforaning “ noodatiy” fenomen tabiatini tekshirish singari masalalar shular qatoridandir 4 . D. F. Sitseron, Kvintiliandan farqli ravishda , ilk marta metafora orqali buyumlar to‘g‘risidagi ma`lumotni aniq va ravshan yetkazish mumkinligini payqadi. Metaforaning vazifaviy mezoni o‘rnida metaforaning qo‘llanish maqsadlarini ko‘rgan Kvintilian, “Ism yoki fe`l o‘z o‘rnidan u yetishmayotgan yoxud undan afzal bo‘lmagan nomlar o‘rniga ko‘chiriladi”5 deb hisoblaydi. Antik metaforologiyada metafora nom ko‘chishining har qanday turi ( Aristotel); metonomiyaning zidi (Kvintilian) sifatida qaralib, u nutqimizga nominativ, baxolovchi va dekorativ ma’nolar berishini tavsiflagan. Garchi Aristotelning qo‘lyozmalarida referensiya, mohiyat, haqiqat tushunchalari deyarli tilga olinmagan bo‘lsa ham, uning metafora va xissiy bilish to‘g‘risidagi konsepsiyasi o‘z davri hamda hozirgi davr uchun ham modernistik g‘oya bo‘lib qoladi. Metafora qanchalik yangi, shunchalik ifodali bo‘ladi. Mohir so‘z ustalari o‘z asarlarida so‘zlarni metaforik m a’noda qo‘llash orqali ifodali, obrazli nutqning go‘zal namunalarini yaratadilar. Manglavi tirishar zinapoyaning, Panjara kuvlaydi misoli chiltor, Terlab ketganini ko rsang oynaning... Hamma narsa seni kutar intizor. (Iqbol Mirzo) Narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik( ko‘chim usuli) turli asosda bo‘lishi mumkin: 1. Ikki predmet o‘rtasida shakliy o‘xshashliklar tashqi ko‘rinish asosida: odamning og‘zi ( o‘z ma’nosida) tandirning pg‘zi ( ko‘chma ma’noda) odamning qulog‘i ( o‘z ma’nosida) qozonning qulog‘i ( ko‘chma ma’noda). 2. Ikki predmet qayerda joylashishi bo‘yicha ma’no ko‘chishi: itning dumi ( o‘z ma’nosida) samolyotning dumi ( ko‘chma ma’noda). Nutq jarayonida metaforalardan o‘rinli foydalanish nutqimizni ta`sirchan, jozibali qiladi. So‘zlovchining tinglovchilarga badiiy-estetik qobiliyatini namoyon etadi. Metafora narsa, belgi, harakat o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlikka asoslanadi: 1 narsa to‘nning yoqasi ( o‘z ma’nosi) daryoning yoqasi ( ko‘chma ma’no) ko‘ylakning etagi ( o‘z ma’nosi) tog‘ning etagi ( ko‘chma ma’no) 2 belgi qattiq yong‘oq ( o‘z ma’nosi) qattiq sovuq ( ko‘chma ma’no) qattiq uyqu ( ko‘chma ma’no) yumshoq non ( o‘z ma’nosi) yumshoq ovoz ( ko‘chma ma’no) Uyi supurilgan, toza. ( o‘z ma’nosi) Do‘stimning qalbi pok, toza. ( ko‘chma ma’no) 3 harakat Mungli kuy yurakni tirnar edi. Yo‘l ochmoq. Otam yetimlarni boshini siladi. Bola onasining oldiga tushib pildirab ketdi. Do‘stlarim bilan qalinlashib ketdim. Metaforalarga juda yaqin yana bir vosita bu o‘xshatishdir. O‘xshatish ham ko‘chma ma’no ustiga qurilishi bilan metaforalarga o‘xshash bo‘lib, ular yordamida shaxs va predmetlar bir-biriga o‘xshatiladi. Masalan: Adashgan it kabi, Furqat qayon borgun bilolmasman. Lekin o‘xshatishlarda metaforalardan farqli o‘laroq –dek,-day, -simon, -vash, - namo, kabi, singari, yanglig‘, misoli, o‘xshash kabi vositalar qo‘llaniladi. Masalan: Ulug‘bek – yurtimiz quyoshi. (metafora) Ulug‘bek misoli quyosh. ( o‘xshatish) Agar adabiyotshunoslikda ham metafora va o‘xshatishni bir-biridan farqlaydigan bo‘lsak, metafora istiora san`atini hosil qiladi, o‘xshatish esa, tashbeh san`atini hosil qiladi. Metaforada ma’no ko‘chishi turlicha yo‘llarda amalga oshadi Inson a`zolarining nomi boshqa narsalarga ko‘chadi. Yer yuzi, kitobning beti, shishaning og‘zi, choynakning burni, dutorning qulog‘i. Masalan : bosh, yuz so‘zlari ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi mumkin. Otam yetimlarning boshini siladi (A. Qahhor). Ushbu gapda bosh so‘zi majoziy ma’noda ya`ni boshini silamoq unga yordam bermoq, g‘amxo‘rlik qilmoq ma’nosida ko‘chim turini hosil qilyapti. Ko‘chaning boshidan kimdir ko‘rinardi. Ushbu misolda esa, bosh so‘zi qayerda joylashganligiga ko‘ra ko‘chma ma’noda qo‘llanilyapti. Chunki odamning boshi ham tananing eng yuqori qismida joylashadi, ko‘chaning ham eng yuqori qismi uni boshi hisoblanadi. Inson kiyimlari qismlarining nomi boshqa narsalarga ko‘chadi. Tog‘ning etagi, daryoning yoqasi, eshikning tugmasi. Masalan: Yo‘lchining so‘zlariga hayratlanib, chol yoqasini ushladi. (Oybek). Ushbu gapda chol yoqasi bu yerda inson kiyimini yoqasi nazarda tutilganligi uchun o‘z ma’nosida qo‘llanilyapti. Daryo yoqasidan qo‘shin bostirib kelayotgani aniq edi. Ushbu gapda daryo yoqasi ko‘chim turini hosil qilyapti. Qush, parranda, hayvon a`zolarining nomi boshqa narsalarga ko‘chadi. Masalan: Futbolchilarimiz chap qanotdan hujum uyushtirdilar. Varrakning dumi osmonda chiroyli tebranardi. Ushbu gaplarda qanot va dum so‘zlari ko‘chim turini hosil qilmoqda. Harakat-holat (fe`l), belgi-xususiyat (sifat) lar ham o‘xshashlik belgisiga ko‘ra metafora asosida ma’no ko‘chishiga uchraydi. Masalan gapni gapga ulamoq, osmon ko‘z yoshini to‘kdi (inson ko‘z yosh to‘kadi lekin yomg‘ir majoziy ma’noda osmon ko‘z yoshi ma’nosini ifodalayapti), xazon bo‘lmoq (g‘amga botmoq, maxzun bo‘lmoq), shirin xayol (yoqimli xayol), sovuq xabar (yoqimsiz xabar) kabi. Shirin: shirin olma (o‘z ma’nosida) - shirin muomla (yoqimli muomala, yoqimli suhbat, metafora asosida ma’no ko‘chishi); Chiroyli: chiroyli guldasta (o‘z ma’nosida) - chiroyli muomala (metafora asosida ma’no ko‘chishi); Qurimoq: Ko‘l quridi (o‘z ma’nosida) - Izi quridi (yo‘qoldi, ketdi, metafora asosida ma’no ko‘chishi); Erimoq: Muz eridi (o‘z ma’nosida) - Onaning ko‘ngli eridi (majoziy manoda onaning ko‘ngli yumshab qilgan ayblarini, xatolarini kechirdi, rahm qildi, metafora asosida ma’no ko‘chishi). Sifatlarda ma’no ko‘chishi bo‘lganda sifatning bir ma’no turi boshqa ma’no turini ifodalaydi. Masalan, Voy manavi bolaning shirinligini qarang. Ushbu gapda shirin - maza-ta`mni bildiruvchi sifat, xususiyat bildiruvchi sifat ma’nosini bildirgan. Yoki, Uning fe`li tor. Ushbu gapda ham tor so‘zi hajm bildiruvchi sifat hisoblansa ham, gapda xususiyat bildiruvchi sifat ma’nosini ifodalashga xizmat qilyapti6 . Kishilarga qo‘yilgan ismlar ham metafora asosida qo‘yiladi. Masalan: Yo‘lbars, Bo‘riboy, Qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora, Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bobur, Gilosxon, Charos, Ozoda. Qovun navlari, gullarga, qushlarga, hashoratlarga qo‘yiladigan nomlar ham metafora asosida qo‘yiladi. Masalan: obinovvot (mazasi o‘xshaydi), kampirchopon (tashqi ko‘rinishi o‘xshaydi), umriboqiy (uzoq vaqt saqlanishi o‘xshaydi), bo‘rikalla (vazni o‘xshaydi). Kecha-kunduzga xos narsa-belgi nomlari metafora asosida ko‘chadi. Yorug‘lik, qorong‘u… Fasl nomlari va fazo jismlari Bahor, qish, quyosh, yulduz… Hayvon, parranda,hasharot yoki ularning a`zolari tulki, lochin, dum, qanot... Futbolchilarimiz chap qanotdan hujum uyushtirdilar. Varrakning dumi osmonda chiroyli tebranardi. O‘simlik yoki uning biror qismining nomi va navi chinor, tikan, ildiz, tomir, obinovvot (qovun navi), kampirchopon (qovun navi), itog‘iz (gul turi), karnaygul (gul turi)... Qurol yoki boshqa predmet nomlari kamon, o‘q, tosh, latta... Harorat bildiruvchi so‘zlar sovuq, issiq, o‘t... Tabiat hodisalari to‘fon, to‘lqin... Belgi bildiruvchi so‘zlar achchiq, shirin, asal, zahar... Qimmatbaho jism nomlari oltin, kumush... Afsonaviy-diniy tushunchalarni bidiruvchi so‘zlar ham ko‘chirilganda metafora hosil bo‘ladi. 6 azroil, jannat, do‘zax... Odamga xos xususiyatlar, harakat-holatlar jonli va jonsiz narsaga ko‘chirilganda ham metafora hosil bo‘ladi. Bulutlar orasidan quyosh kulib qaradi. Jonli va jonsiz narsalarga xos xususiyatlar, harakat va holatlar odamlarga ko‘chirilsa ham metafora hosil bo‘ladi. Bolalar yopishavergach xaltani ochishga majbur bo‘ldi-da, labini burib vaysay boshladi. Lekin Antik davrda metaforada ma’no ko‘chishiga boshqacha yondashuv bilan qaralgan. Kvintilianga ko‘ra, metafora quyidagi hollarda ishga tushadi: O‘z nomiga ega bo‘lmagan predmetni nomlash uchun. Masalan: qattiq odam. Odamning qattiq yoki yumshog‘i bo‘lmaydi. Faqat insonlarning harakteriga qarab yumshoq fe`lli va qattiq fe`lli insonlarga ajratamiz. Agar insonning harakterida ziqnalik, hasislik, qizg‘anchiqlik kabi fazilatlar bo‘lsa bunday insonlarga nisbatan metafora yo‘li bilan qattiq odam ta`rifi beriladi. Obektga nisbatan munosabatni ifodalash, baxolash uchun. Bu usul nutqni jozibador qilishga ta`sir ko‘rsatadi ya`ni baxolovchi metafora deb ham nomlanadi. Masalan: nafrati olovlandi. Bunda ham metafora ma’noni kuchaytirishga xizmat qilyapti. Bunda metaforalar dekorativ ma’noni ifodalaydi. Nutqni yana ham jozibali qilib, muallifning badiiy-estetik mahoratini ko‘rsatib beradi. Masalan: so‘zamollik daryolari7 . Ushbu misolda so‘zamollik so‘zga chechanlik, so‘z ustasi ekanligi uslubiy boyoqdorlik asosida ifodalanyap Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘chma ma’no biror so‘z leksik ma’nosi referenti bilan obyektiv borliqdagi narsa, voqelik, harakat, holat, belgi yoki sezgi kabilardan biri aloqador yoki munosabatda bo‘lganligi uchun, uning nomida atalib ketishi orqali yuzaga keladi.. Hozirgi zamon tilshunoslari ham ko‘chim turlari,xususan, metaforalarning turli xil jixatlarini ilmiy tadqiq etib kelmoqdalar. Biz o‘ylaymizki, bugun tilshunoslik sohasida qilanayotgan har qanday izlanishlar kelgusidagi ilmiy ishlar uchun asos vazifasini o‘taydi. Tilimizda fikrimizni faqatgina so‘zlar yordamida emas, balki imo-ishoralar yordamida ham ifodalaymiz. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, nutq so‘zlar bilan birga imo-ishoralardan ham iborat bo‘lsa, uzatilayotgan axborotning 91 aynan ishoralar aks etgan qismi tushunarliroq va esda qolarli bo‘ladi. Tildagi har bir ishora fe`llarining o‘z ma`nosi bor va bu ma`no faqatgina paydo bo‘lgan xalqning o‘zigagina tegishli bo‘ladi. Masalan, o‘zbek tilidagi “boshini sarak-sarak qilmoq” iborasi afsuslanish ma`nosini bersa, hind xalqida bu “rozilik” ma`nosiga to‘g‘ri keladi. Rus xalqida bosh barmoqni yuqoriga ko‘tarish “zo‘r”, “ajoyib ” ma`nolarini ifodalasa, Bangladeshda bu ishora axloqsizlikni bildiradi. Tibetliklar begona shaxslarni ko‘rganda salomlashish maqsadida tillarini ko‘rsatsalar, xuddi shu ishora mayyaliklarda donolikni, hindlarda g‘azabni, xitoyliklarda tahdidni, yevropa xalqlarida esa masxaralashni ifodalaydi. “Sulaymon ota “xo‘p” deya boshini og‘ir silkitdi”. [3,177] O‘lmas Umarbekov asaridan olingan ushbu misolda ham “bosh silkitmoq” ishora fe`li rozilik, tasdiq ma`nosida qo‘llangan. Imo-ishoralar faqatgina ma`lum ma`no bildiribgina qolmay, tinglovchiga axborot berish vazifasini ham o‘taydi. Abdulhamid Nurmonov fikricha, so‘zlovchi tinglovchiga qarab pastki labning bir marta o‘ng yoki chapga burishi natijasida uning ma`lum yerdan chiqib ketishini[1,174] yoki ikki labini tezda juftlash orqali tinglovchiga gapidan to‘xtashi haqida buyruq berish ma`nolarini ifodalaydi. Bilamizki, imo-ishoralar, asosan, og‘zaki nutqda keng qo‘llanilib, ular so‘zlovchiga anchayin qulaylik tug‘dirishi bilan birga, tinglovchi uchun ham ifodalanayotgan fikrni yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun ham xizmat qiladi. Imo-ishoralar, qo‘l harakatlari, mimikalar so‘zlarga nisbatan fikr ifodalashda vaqtni ham tejaydi, o‘ziga yarasha ta`sirchanlikni ham oshirishga yo‘l ochib beradi. Bundan tashqari, iboralarga aylangan imo-ishora fe`llarimiz har xil ma`nolarni ifodalab, ko‘p ma`nolilik xususiyatini ham namoyon qiladi, jumladan, “Dugonam odamni shunday ahmoq qiladiki, ogohlantirib ko‘z qismasa men ham ishonib qolayozdim”. Ushbu gapda ko‘z qisib iborasi gapirilayotgan gap yolg‘onligini ifodalayotgan bo‘lsa, “Ular maktab davrlaridanoq bir-birlariga ko‘z qisishib yurishadi”, bu gapda esa, oshiq-mashuqlik ma`nosini ifodalash uchun qo‘llanilgan. Yana bosh egib fe`li ham nutqda qo‘llanganda ko‘p ma`noli bo‘lib, birinchi ma`nosi, ya`ni o‘z ma`nosi boshini pastga qilmoq ma`nosini bildirsa, ikkinchi ma`nosi esa bosh egmoq, ya`ni ta`zim qilmoq, uzrini bildirmoq, qolaversa, taslim bo‘lmoq kabi ko‘chma ma`nolarda ham keng qo‘llaniladi. “Oldingizda hijolatdaman, deya boshini egdi” mana shu gapda ham bosh egib fe`li aynan uzrini bildirganlik ma`nosida ishlatilgan bo‘lsa, “Samarqand mana necha yillardirki hech qaysi hukmdorga bosh egmadi” gapida esa taslim bo‘lmaganlik ma’nosini beryapti. ...Demak, sening gunohlaring haddan ziyoda, Jahannamga borajaksan nachora, axir, Bo‘yningni eg, tavba qilgin, boqiy dunyoda Boshqalarday bir bandasan, Farqing yo‘q taqir.[2,9] Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” asaridan olingan yuqoridagi parchada bo‘yningni eg birikmasi ko‘chma ma’noda qo‘llanilayotgan noverbal vosita hisoblanib, u taslim bo‘lmoq ma’nosini beryapti Tilimizda uchraydigan ishora fe`llari tasdiq va inkor ma`nolarini ifodalashi bilan ham xarakterlanadi. Kallaning gorizontal harakati inkor ma`nosini bildirsa, vertikal 92 harakati esa ko‘proq tasdiq ma`nosini ifodalaydi. Jumaladan, Odil Yoqubovning “Muqaddas” qissasidan olingan quyidagi misolda ham ishora fe`li tasdiq ma`nosini ifodalab kelgan: “Muqaddas “yalt” etib yuzimga qaradi, boshini tez-tez silkitib tasdiqladi”[4,17] O‘zbek tilidagi faol so‘z turkumi hisoblangan fe`l tarkibiga kiruvchi nutqiy – ishoraviy fe`llar allaqachon xalq mulkiga aylanib ulgurgan, chunki ular hamma uchun birdek tushunarli bo‘ladi. So‘zlar shevalarda keskin farqlanishi mumkin ammo ishoralar bir mamlakatning qaysi hududida foydalanilishidan qat`iy nazar bir-biridan farqlanmaydi. Shu bilan birga, ayrim ishoraviy birliklar ma`nosi doimiy nutqiy birikmaga ayanib ulgurgan. Masalan, “ensasini qotirmoq” fe`li nutqda qo‘llanganda, norozilik, tushunmaganlik ma`nolarini ifodalaydi. “O‘qituvchining bergan topshiriqlarini ko‘rib, talabalarning ensasi qotdi”, yoki “qoshini uchirmoq” fe`li ham o‘zbek tilida holso‘rash, xushomad, maqtanish kabi ma`nolarni, “burnini jiyirmoq” birikmasi jirkanish, mensimaslik ma`nolarini bildiradi. Qo‘l harakatlari, yelka harakatlari, barmoqlar harakatlari, hattoki, nutq jarayonida tinglovchining o‘zini tutishi ham so‘zlovchiga ma`lum bir belgi vazifasini o‘taydi: “yelka qismoq” bilmaslik, bexabarlik ma`nosida qo‘llansa, qo‘lni biroz oldinga cho‘zib yoki ko‘tarib kaftni ochish qo‘lda imkoniyat yo‘qligi kabi ma`nolarda qo‘llanadi. G‘arb tadqiqotchilari ishora harakatlari va o‘zaro nutq munosabatlarining bir necha usullarini ajratib chiqishgan. Jamiyatdagi shaxslarning 65 foizi axborot olishda imoishoralarga alohida e`tibor qaratadi. Imo-ishoralarning qo‘llanilishi ma`lum ma`noda nutq uslublari bilan ham bog‘liq.[1,176] Ommaviy axborot vositalari uslubi bo‘lgan publitsistik uslubning ayrim ko‘rinishlarida, masalan, televedeniya ko‘rsatuvlarida jurnalistlar imo-ishoralardan foydalanadi, bu esa, aytib o‘tganimizdek, axborotning samarali yetkazilishiga xizmat qiladi. Shu o‘rinda amerikalik bir muxbirning avtomobillarning yo‘l muzlashi tufayli halokatlari haqidagi yangilikni yetqazayotganda qilgan harakati e`tiborga molik: u yangiliklarni aytish mobaynida qo‘liga muz parchasini ushlab oladi va ko‘rsatuv yakunida muzni kameraga qaratib uloqtiradi. Bu harakat tomoshabinlar tomonidan qiziqish bilan kutib olingan. Demak, tildagi paralingvistik vositalar hisoblangan imo-ishora fe`llari fikrlash va fikrni ifodalash uchun ma`lum ma`noda xizmat qiladi. Zero, ular tilimizda son jihatdan ko‘pni tashkil qilmasa ham qo‘llanilishiga ko‘ra, ayrim so‘zlarga qaraganda anchayin faol. Imo-ishoralar ham boshqa belgilar singari axborot berish vazifasini bajaradi. Har bir ishora, mimika xoh katta bo‘lsin, xoh kichik bo‘lsin, ma`lumot almashinish jarayonida o‘ziga yarasha vazifa bajaradi. Download 110.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling