Ko’chma ma’noli birliklarda milliy mentalitetning aks ettirilishi


II bob. Ko’chma ma’noli birlilklar – lingvomadaniy konseptlarni shakllantiruvchi lingvokulturema sifatida


Download 110.55 Kb.
bet3/5
Sana18.02.2023
Hajmi110.55 Kb.
#1212993
1   2   3   4   5
Bog'liq
Abdurasulova Jumagul (5) (2)

II bob. Ko’chma ma’noli birlilklar – lingvomadaniy konseptlarni shakllantiruvchi lingvokulturema sifatida.
2.1. Lingvomadaniy konseptlarda milliy mentalitetning voqealanishi
Kishilar o‘zaro og‘zaki va yozma nutq orqali muloqotga kirishadilar. Ayrim hollarda nutqning bu ikki turidan tashqari turli xil imo-ishoralar va gavda harakatlaridan foydalangan holda ham o‘z fikrlarini bir-birlariga yetkazadilar. Mazkur yordamchi vositalar ham til birliklari kabi muayyan fikr ifodalash bilan birga, so‘zlovchining subyektiv munosabati, uning turli ruhiy holati,ya’ni konnotativ ma’noni aks ettirishga xizmat qiladi. O‘zbek tilshunosligida noverbal vositalar M.Saidxonov va A.Nurmonov tomonidan atroflicha o‘rganilgan.[2,4,6] M.Saidxonovning “O‘zbek tilining noverbal vositalari” nomli tadqiqot ishida nutqda keng qo‘llanuvchi noverbal vositalar muloqotda ishlatilish vazifasi jihatidan tahlil qilingan. Ishda noverbal vositalarning ishlatilish o‘rni aniqlangan hamda ularning lisoniy ifodasi bo‘lmish ishora fe'llarining semantik xususiyatlari tadqiq etilgan.[6] Uning fikricha, noverbal vositalar fikr ifodalashdagi kishining ma'lum harakatlari asosida yuzaga chiqishini e'tiborga olinsa, ularning lingvistik ifodasini ishora fe'llari deb nomlasak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu o‘rinda ishora keng ma'noda bo‘lib, “ishora” so‘zi ostida “axborot uzatish” ma'nosi yotadi.[7-46] A.Nurmonovning “O‘zbek tilining paralingvistik vositalari” nomli tadqiqot ishida asosiy e’tibor o‘zbek tilidagi inkor va tasdiqni ifoda etuvchi paralingvistik vositalarni o‘rganishga qaratildi.[2] Noverbal vositalar zarur o‘rinlarda til vositalari orqali yozma nutqqa ko‘chiriladi. Bu vositalar lisoniy vositalar bilan birgalikda, unga qo‘shimcha tarzda qo‘llaniladi. Natijada ikki axborot chizig‘ini hosil qiladi: birinchisi akustik signallar chizig‘i, ikkinchisi unga yondosh holda qo‘llaniluvchi paralingvistik chiziq. Paralingvistik vositalar yozma nutqqa ko‘chirilganda, ko‘pincha tavsifiy yo‘l bilan maxsus ishora fe’llari orqali ifodalanadi. M.Saidxonov fikr ifodalashda ishtirok etuvchi noverbal vositalarga fonatsiya, kinetika va aralash vositalarni kiritadi. U “adresatga ma’lum axborot berishda ahamiyatli bo‘lgan nutqiy jarayonni kuzatib boruvchi barcha tovushli qo‘shimcha informatsiya uzatuvchi vositalar fonatsion noverbal vositalar” deb nomlanishini va noverbal vositalar ichida fonatsiya eng faol axborot uzatuvchi usul ekanini ta’kidlab o‘tadi.[7-23] Bu o‘rinda tilshunos I.R.Galperinning quyidagi fikri e’tiborga loyiq: “Paralingvistika uchun nimani aytish emas, balki qanday aytish ahamiyatlidir”.[1-25] Fonatsion vositalarga intonatsiya, pauza, ovozning sifatiy o‘zgarishlari(cho‘ziq, qisqa, sekin, qattiq talaffuz),ritm kabilar kiradi. M.Mirtojiyev ham ma'noni shaxsga boshqa vositalar, masalan, imo-ishora bilan ham yetkazish mumkinligini, boshni yuqori va pastga qimirlatsa ma’qullash ma’nosini, boshni ikki tarafga tebratilsa, rad etish ma’nosini va shu kabi ko‘rishish, ishora qilish, yo‘qlik, qo‘rqqanlik, aldanganlik kabi ma’noni beruvchi bir necha imo-ishoralar borligini ko‘rsatadi.[3-3] Noverbal vositalar yordamchi aloqa quroli vazifasini bajarishi bilan birga, konnotativ ma'noni hosil qiluvchi vositalar ham hisoblanadi. Masalan, quyidagi misollarda noverbal vosita qo‘llash orqali konnotatsiya hosil qilingan. Sumkali sayyoh - (Bosh barmog‘ini ko‘rsatib) Bundoqlari bor. Yuring, o‘zim ko‘rsataman. (E.Vohidov) Qiz boshini sarak-sarak qilib, “yo‘q” dedi. (O‘.Hoshimov) Birinchi gapdagi “bosh barmog‘ini ko‘rsatib” ishorasini bildiruvchi izoh olib tashlansa, fikr mavhum bo‘lib qoladi. Bu yerda noverbal vositaning lisoniy ifodasi (Bosh 133 barmog‘ini ko‘rsatib) Bundoqlari bor jumlasidagi axborotning ekspressiv tarzda berilishini ta'minlagan. Ikkinchi gapda qo‘llangan boshini sarak-sarak qilib noverbal vositasi semantik jihatdan “yo‘q” sodda gapiga muvofiq keladi. Bosh harakatini aks ettiruvchi ushbu noverbal vosita shu mazmunni aks ettiruvchi til birligi bilan yonma-yon kelgan. Noverbal vosita va til birligi semantik jihatdan biri ikkinchisini takrorlasa-da, nutqda inkor ma’nosini kuchaytirgan. Ko‘rinadiki, har ikkala gapda noverbal vositalar konnotativlik uchun xizmat qilgan. Bosh harakati tasdiq yoki inkor ma’nosini berish bilan birga, subyektning obyektga munosabatini ham namoyon qiluvchi xususiyatga ega. Masalan: Podsho ikki oshnaga-da qoyil bo‘libdi. Har ikkovini-da ozod qilib yuboribdi. -Ofarin,ofarin!-deya, boshini sarak-sarak qildi Mamat bobo.(T.Murod) Gapning ma’nosigan qoyil qolish ma’nosi anglashilib turibdi. Bu gapda qo‘llanilgan “boshini sarak-sarak qilmoq” noverbal vositasini olib tashlansa, fikr ta’sirli chiqmas edi. Qo‘lini shop qilib ko‘rsatish harakat bajaruvchisining salbiy bahosining yuzaga chiqishiga ishora qiluvchi noverbal vosita sanaladi. Joyidan sapchib turdi. O‘z polvonlariga qahr bilan qo‘lini shop qildi. (T.Malik) Ma’lumki, barmoqni labga bosish orqali jim bo‘ling, gapirmang kabi ma’nolar ifodalanadi. Quyidagi gapda ham shu holatni ifodalagan noverval vositani ko‘rishimiz mumkin. -O‘zi, qayerga borayapmiz?-dedim. Botir mirob shahodat barmog‘ini labiga bosdi. -Tish-sh-sh!-dedi. (T.Murod) Barmoq harakatlari nutqiy muloqot jarayonida ma’lum axborot beruvchi vositalardan biri sifatida faol ishtirok etib keladi. Men qayerga o‘tirishimni bilmay kalovlandim. Rixsiyev barmog‘ini nish qilib joy ko‘rsatdi. (T.Murod) Ushbu gapda barmog‘ini nish qilib joy ko‘rsatdi noberbal vosita ifodalangan. Natijada Rixsiyevning boshqa shaxsga mensimaslik, pastga urish kabi salbiy ma’nolar ifodalaganligini ko‘rishimiz mumkin. “Jest va mimikada,− deb yozadi A.Abdullayev, − so‘zlovchining suhbatdoshiga bo‘lgan turlicha psixofiziologik munosabatlari aks etadi”.[5-84]Darhaqiqat, shaxsning ruhiy holati haqida uning xatti-harakatlari va imo-ishoralari orqali ham tasavvurga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Chunki inson biror xatti-harakatni amalga oshirganda uning yuz qismida shu harakatning ifodasiga mos o‘zgarish yuz beradi. Bu o‘zgarishni nutqda ifoda etishda, albatta, noverbal vositalar yordamga keladi. Bu holat matnning ta’sir kuchini yanada oshiradi. Bo‘ri polvon onasi molxonadan chiqib keldi. Onasi qo‘llari…qop-qora tappi yuqi bo‘ldi! Rais aftini burishtirdi. Yuzini chetga o‘girdi. -Tfu!-deya tupurdi. Qo‘lingizni naryoqqa qiling-e, kampir! Fahm-farosat bormi o‘zi!... (T.Murod) Ushbu gapda jirkanish ma’nosi “aftini burishtirdi”,” yuzini chetga o‘girdi” noverbal vositalar orqali yanada kuchaytirilib konnotativ ma’noni bergan. Abil tentakni endi ko‘rayotganlar hayratdan ko‘zlari olaydi. Birov bosh chayqadi. Birov labini burdi. (T.Murod) Ko‘zlari olaymoq aslida salbiy ma’noni beradi, lekin bu gapda ajablanish, hayratlanish ma’nosida noverbal vosita berilgan. Muallif hayratlanish 134 ma’nosini bo‘rttirish ushun bosh chayqamoq, labini burmoq kabi noverbal vositalarni ham qo‘llagan va ekspressivlikni oshirgan. Nutq jarayonida bexabarlik, ajablanish,hayronlik, tushkunlik, inkor kabi ma’nolarni ifodalashda, asosan yelka qismoq noverbal vositasi qo‘shimcha ma’lumot sifatida qo‘llanadi. Quyidagi gapda bexabarlik ma’nosi ifodalangan. Chavandozlar boshi egik bo‘ldi. Bilmadik, deya yelka qisdi. (T.Murod) Quyidagi gapda esa yelka harakati ijobiy munosabat bildirib rag‘batlantirish ma’nosini bergan. Yoldosh Oxunboboyev shaxsan o‘zi kelib, yelkamga qoqdi! Shaxsan o‘zi kelib, ko‘kragimga nishon taqdi! (T.Murod) Ushbu misolda qo‘llangan labini buribroq noverbal vositasi achinish, afsuslanish ma'nolarini ifoda etgan. Nima qilaylik, Oqsoqol, − dedi labini buribroq, − urush qurbonsiz bo‘lmaydi, − chirt etib tupurdi-yu, darvoza tomon ketdi. (O‘.Hoshimov) Quyidagi misollarda esa qoshini chimirmoq noverbal vositasi shaxsning noroziligi, e'tirozi, g‘azabini aks ettirgan: Xolposh xola yasama dashnom bilan qoshini chimirdi. (O‘.Hoshimov) Dadam qoshini chimirib shaftolining po‘stini archib berdi. (O‘.Hoshimov) Nutqiy muloqot jarayonida xatti-harakat va mimika vaziyatga bog‘liq tarzda sodir etiladi. So‘zlovchi va tinglovchining voqyelikka munosabati muayyan sharoitga qarab, nutq vaziyatidan anglashilib turadi. Vaziyat suhbatdoshlarning nutqiga aniqlik kiritadi, uni to‘ldiradi, fikrning to‘la tushunilishiga ko‘maklashadi. Suhbatdoshlar xoh sodda, xoh murakkab fikrni ifoda etsinlar, ular hamma vaqt suhbat vaziyatiga suyanadilar. Nutq subyekti suhbatdoshiga nimanidir ko‘rsatishi yoki nimanidir imo-ishora yoki xattiharakati orqali anglatishi mumkin. Shunday qilib, suhbat sharoitida namoyon bo‘luvchi vaziyat og‘zaki nutq uchun xarakterli xususiyatdir. Bunda noverbal vositalarning alohida o‘rni bor. Xullas, nutqda lingvistik vositalar bilan birga noverbal vositalar, ya’ni imo-ishora va xatti-harakatlar ham birga qo‘llanadi. Natijada biror shaxsning boshqa shaxsga salbiy yoki ijobiy munosabati borttiriladi. Shuningdek, insonning ruhiy holati bilan bog‘liq sevinish, xafa bo‘lish, achinish, g‘azablanish, inkor qilish, tasdiqlash, ajablanish, qoyil qolish, norozilik, umidsizlik, mensimaslik,faxrlanish,nafratlanish, kesatish, kabi qo ‘shimcha konnotativ ma’nolar yuzaga chiqadi Ma’lumki, bizni qurshab olgan olamda xilma-xil jonsiz narsalar, obyektlar, umuman, jonsiz mavjudotlar deb yuritiluvchi moddiy hodisalar uchraydi. Inson, bu jonsiz mavjudotlarni umumlashtirilgan holda tushunishi va nomlashidan tashqari, ularning ba’zilarini alohida nomlash ehtiyojini sezadi. Bu holda ko‘p miqdordagi obyektlar, narsalar orasidan bittasini alohida ajratish va farqlash, uning o‘ziga xos xususiyatini bilish lozim. Masalan, yuzlab tog‘larni bir-biridan farqlash zaruriyatdir. Mana shu kabi ehtiyojlar tufayli kishilar qadimdan alohida, yakka holda olingan jonsiz narsa va obyektlarga maxsus nomlar qo‘yishgan. Natijada tilda qayd qilingan obyektlarning har birini alohida ifodalovchi ko‘p sonli atoqli otlar yuzaga kelgan. Jonsiz mavjudotlar atoqli otini tashkil qiluvchi onomastik ko‘lamlarning aksariyati dunyo tillarida deyarli bir xilda uchraydi, ammo bir til doirasida uchraydigan nomlar o‘zga tilda uchramasligi mumkin. 136 Bu ba’zi narsa va obyektlarning o‘sha hududda, joyda mavjudligi yoki mavjud emasligi bilan bog‘liq. Obyektlarning har bittasini o‘zaro farqlash uchun maxsus nom bilan yuritish tabiiy zaruriyatdir. Mana shu asosda qo‘yilgan maxsus nomlar majmui jonsiz mavjudotlar nomi onomastik makroko‘lamlarini tashkil qiladi. Bular toponimlar, kosmonimlar, fitonimlar, nekronimlar, anemonimlar, ideonimlar, pereyonimlar, gidronimlardir. O‘zbek tili onomastik ko‘lamining yirik makromaydonlaridan birini kosmonimlar tashkil qiladi. “Kosmonim” yunoncha so‘z bo‘lib, olam, koinot, osmon gumbazi degan ma’nolarni anglatadi va kosmik kengliklar, galaktika, yulduzlar turkumi, burjlar, yulduzlar, sayyoralar, kometalar, asteroidlar (planetoidlar), ularning qismlariga berilgan atoqli otlardir. Ba’zi hollarda kosmonim terminiga astronim termini variant sifatida qo‘llanadi. (yun. aster – yulduz + onoma – atoqli ot). Yaqin davrda qo‘yilgan nomlarning berilish asosi qanchalik ma’lum va tushunarli bo‘lsa, juda qadimda (uzoq o‘tmishda) paydo bo‘lgan kosmonimlarning motivlari shunchalik noma’lum va qorong‘udir. Shu sababli qadimiy kosmik obyektlar va ularning atoqli oti to‘g‘risida turli miflar, afsonalar, rivoyatlar, ertaklar, naqllar to‘qilgan, ularning ma’lum qismi bizgacha yetib kelgan. Mavjud adabiyotlarda astrotoponimlarga venesuonim, marsionim, merkuronim, selenonimlar kirishi aytiladi. Keltirilgan terminlar quyidagi tushunchalarni anglatadi: selenonim – Oydagi relyef bilan bog‘liq har qanday tabiiy obyektlarning atoqli oti; marsionim – Marsdagi relyef bilan bog‘liq har qanday obyektning atoqli oti; venesuonim – Venera yuzasidagi har qanday obyektning atoqli oti; merkuronim – Merkuriy planetasidagi har qanday tabiiy obyektning atoqli oti. Kosmik obyektlarning nomlanishi, ayniqsa, ularga qadimgi grek va rim ilohlari, mifik shaxslar nomini berishda uning obro‘-e’tibori, mavqeiga qarab ish tutilgan. Keyingi davrlarda yuzaga kelgan astrotoponimlarda ham bu qoida saqlangan. Hozirgi davrda kosmosni o‘zlashtirish munosabati bilan samoviy obyektlar hayot bo‘lgan astronavt va kosmonavtlar nomi bilan ham atalmoqda. Kosmonimlar makroko‘lamiga kiruvchi nomlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) quyosh, oy nomi: Quyosh, Oy. O‘zbek tilida quyoshning Oftob, Shams, oyning esa Qamar nomlari ham uchraydi. Ammo mohiyatan atoqli ot bo‘lgan bu nomlarni kichik harf bilan yozish udum bo‘lgan; 2) sayyora (planeta)lar nomi: O‘torud (Merkuriy), Zuhra (Venera), Yer, Mirrix (Mars), Mushtariy (Yupiter), Zuhal (Saturn), Uran, Neptun, Plutoniy (jami 9 ta); 3) galaktikalar nomi: Galaktika, Metagalaktika, Haykaltarosh, Qavs, Kit, Uchburchak, Jirado, Sefey; 4) burjlar, yulduz turkumlari nomi: Burgut turkumi, Savr turkumi, Katta ayiq turkumi, Hut turkumi (yulduz turkumlari), Sunbula, Asad, Javzo, Aqrab, Qavs (zodiak – yorug‘ yulduzlar turkumi), Jannat qushi, Qovg‘a, Dalv, Qurbongoh, Qo‘zichoq, Jilovdor, Ho‘kizboqar, Tig‘, Jirafa (Tuyabo‘yin), Tarozi, Buqa, Uchburchak, Savr, Janubiy uchburchak, Katta ayiq, Yetti qaroqchi, Kichik ayiq (yulduzlar nomi). Fanda yulduz turkumlarini quyidagicha tasniflash mavjud: a) o‘n ikki yulduz turkumlari: Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadiy, Dalv, Hut; b) galaktika nomlari: Haykaltarosh, Pech, Qavs, Kit, Uchburchak, Kassiopeya, Jirado, Sefey; v) Germes – Mars va Yupiter orbitalari oralig‘idagi kichik sayyora; g) Gidra – Osmonning Janubiy yarim sharida Saraton, Sekstant, Kosa, Qarg‘a va Sunbula turkumlari orasida joylashgan yulduz turkumi: eng yorug‘ yulduzi – Alfred; d) Kichik it – ekvatorial yulduz turkumi: Javzo, Yakkashoh, Gidra va Saraton yulduz turkumlari oralig‘ida joylashgan; e) 137 Kichik ot – ekvatorial yulduz turkumi; f) Oltin baliq – osmon sferasining Janubiy yarim sharidagi yulduz turkumi; j) sayyoralar nomi: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton; 5) kometalar nomi: Ikey – Sek kometasi, Galley kometasi, Enke kometasi, Shvassman – Vaxman kometasi; 6) asteroid (planetoid), meteoritlar nomi: Tungus, Suxot-Alin meteoriti, Perseyd meteoriti, Gobi meteroiti;7) oy, sayyora va b. yuzasida yoki atrofida aniqlangan yoki taxmin qilinuvchi kosmik obyektlar atoqli oti: a) tog‘lar nomi: Alp, Karpat, Oltoy, Kavkaz, Leybnis tog‘i (Oydagi tog‘lar); b) vulqonlar, kraterlar nomi: Tixo krateri, Kopernik krateri (Oyda); v) okean va dengizlar nomi: Bo‘ronlar okeani, Tinchlik dengizi, Yomg‘irlar dengizi g) tumanliklar nomi: Qisqichbaqasimon tumanlik, Otboshi tumanligi. Bu o‘rinda A.Nurmonov F.Sossyurning lingvistik munosabatlar haqidagi qarashlariga izoh berar ekan, F.Sossyur tomonidan qo‘llanilgan assotsiativ munosabat tushunchasining psixologizm ta’sirida maydonga kelganligini, lisoniy birliklarning nutq jarayonidan tashqari o‘zaro qandaydir umumiylik orqali inson xotirasida ma’lum guruhlarga birlashishini ta’kidlaydi. Bizga ma’lumki, “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da signifikat shunday ta’riflanadi: “Til birligi ifodalaydigan tushuncha signifikat deyiladi” [5,87]. Paradigmatik qatordagi so‘zlarni bir umumiy ma’no asosida birlashtirib turgan so‘z assotsiativ bog‘lanish hosil qiladi. Qolgan so‘zlar ana shu bir umumiy ma’no asosida birlashsa ham, har biri o‘ziga xos ma’no nozikligi bilan farqlanadi. Chunki birlashtiruvchi sema har bir a’zoni ma’lum mazmuniy uyaga birlashishini, farqlovchi sema esa uya tarkibidagi har bir a’zoning o‘ziga xosligini, alohidaligini ko‘rsatib turadi. Haqiqatan ham, assotsiativ aloqalar ma’lum jihatlari bilan paradigmatik qatorlarga ham tutashadi. Masalan, bir-biriga yondosh bo‘lgan paradigmatik qatordagi ayrim leksemalar ikkinchisini xayolan gavdalantirishi mumkin: chaqaloq leksemasi kishi ongida birinchi bo‘lib ona siymosini ko‘z oldimizga keltiradi, ayni paytda, bu ikki leksemani “shaxs”, “oila” semalari asosida bitta mazmuniy uyaga birlashtirish ham mumkin. Keyingi yillarda yaratilgan ayrim manbalarda sintagmatik va assotsiativ munosabatlarning o‘ziga xos jihatlariga alohida ahamiyat berilmoqda [4]. A.Nurmonov to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek, so‘z sintagmatik munosabatga kirishishi bilan birga, nutq jarayonidan tashqarida boshqa so‘zlar bilan umumiylik belgisiga ko‘ra so‘zlovchi til xotirasida assosasiyalashadi va assosasiyalashgan birliklar xotirada muayyan guruh hosil qiladi [3,58]. Generonimlar ham boshqa leksik birliklar kabi umumiy mazmuniy belgi asosida assotsiatsiyalashadi va bunday assotsiativ bog‘lanish bir paradigmatik qatorni tashkil etadi. O‘zbek tilidagi generonimlar paradigmasiga mansub bo‘lgan “yaralish” semali harakat, shaxs, predmet, belgi ma’nosini anglatuvchi leksemalar asosida assotsiativ tajriba o‘tkazilganda, bu birliklar bilan “zanjirli” aloqaga kirgan turlicha leksemalar namoyon bo‘ldi. Tajriba natijalaridan quyidagi holat kuzatildi: Tug‘moq, tug‘ilmoq leksemalari bilan “zanjirli” aloqaga kirishgan chaqaloq, ona, dard, to‘lg‘oq leksemalari eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etdi. Shuningdek, yangi hayot, ilk qadam, baxt, og‘riq singari birliklar ham uchradi. Chaqaloq so‘zi bilan assotsiativ aloqa sifatida mo‘jiza, baxt, begunoh murg‘ak tarzidagi so‘z va birikmalar ko‘p miqdorni ko‘rsatgan bo‘lsa, kasha(bo‘tqa), alla, so‘rg‘ich, beshik, ona baxti, individ, farishta, beg‘uborlik, yig‘i kabilar ham berildi. Ona leksemasi bilan o‘tkazilgan tajribalarda mehribon, mushtipar, buyuk zot ifodalari yuqori darajani tashkil etgan bo‘lsa, Vatan, uy, shirin so‘z, buyuk mehr egasi, yaratish, qahramon singari birliklar kamroq uchradi. Sut leksemasi bilan ichimlik, sigir leksemalarining aloqasi eng ko‘p miqdorni tashkil etgan bo‘lsa, ozuqa, totli ne’mat, suyuqlik, oqlik, kofe (qahva), bola tarzidagi vositalar kamroq miqdorda ko‘zga tashlandi . Tajribalar davomida ona suti birikmasining tahliliga ham e’tibor qaratdik. Natijada sut va ona suti ifodalarining assotsiativligi o‘rtasida keskin farqlar kuzatildi. Bizga ma’lumki, ona suti birikmasi orqali sut leksemasi “yaralish” arxisemali paradigmaga mansub bo‘ladi. Masalan: Ayiqchalar odamlardan hayiqishmadi, ular tamshanib, o‘lik onalarining sut to‘la emchagini cho‘zib-cho‘zib emishar edi (Sh.Xolmirzayev, Jarga uchgan odam). Berilgan 149 gapda sut leksemasi ona suti, aynan ona ayiq bilan bog‘liq holda qo‘llanilgan bo‘lib, bu yerda sut leksemasi biz tahlil qilayotgan “yaralish” arxisemali guruhga tegishli. Umumiy tarzda sut leksemasi bilan “yaralish” semali birliklar bilan bir qatorda, suyuqlik, qahva singarilarning aloqasi kuzatilgan bo‘lsa, ona suti tarzidagi konkret ma’no aksariyat holda chaqaloq, bola, go‘dak singari “yaralish” semali birliklarga tutashishi kuzatildi. Shu bilan birga, poklik, halollik, mas’uliyat ma’nolari bilan bog‘lanuvchi ona sutidek oq, oq qilmoq, rozilik, burch tushunchalari ham namoyon bo‘lishi kuzatildi. Hayot leksemasi bilan aniqlangan holat quyidagicha kuzatildi: eng ko‘p aloqa yashash, oila, imkoniyat, baxt, sinov singarilar bilan, kam hollarda tug‘ilmoq, tabiat, borliq, maydon, qaynash, savob va gunoh tarzidagi so‘z va birikmalar bilan ko‘zga tashlandi. Ayrim hollarda she’riy matnda shoir ifoda etilayotgan vaziyatni yorqinroq, ta’sirliroq ko‘rsatish maqsadida bir necha o‘zaro bog‘liq tushunchani bildiruvchi so‘zlarni birgalikda qo‘llaydi. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, generonimlarning assotsiativ bog‘lanishi faqatgina bir umumiy ma’no asosidagina ro‘y bermay, o‘zaro zidlanish asosida ham yuzaga chiqadi. “Tug‘ilish” semali leksemalar o‘z o‘rnida o‘lim, ya’ni “yo‘q bo‘lish” semali leksemalar bilan ham assotsiativ bog‘lanish hosil qiladi. Shuningdek, har bir leksik birlik o‘zaro alohida assotsiativ bog‘lanish hosil qiladiki, ular boshqa juftlik bilan almashtirilganda, uslubiy yoki mantiqiy nomuvofiqlikni keltirib chiqaradi: tug‘ilmoqo‘lmoq, dunyoga kelmoq-qazo qilmoq, ko‘karmoq-qurimoq. Demak, bunday assotsiativ bog‘lanishni e’tiborga olmay turib, generonimlar paradigmasidagi so‘zlarni semantik jihatdan atroflicha tadqiq etib bo‘lmaydi. Bu, albatta, “yaralish” semali generonimlar va “o‘lim” semali nekronimlarni uzviy bog‘liqlik asosida o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.


Download 110.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling