Ko’chmas mulk obyektlarining hayotiy sikli


Boshqaruvning an’anaviy (klassik) nazariyasi


Download 191.79 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi191.79 Kb.
#1626998
1   2   3   4
Bog'liq
Abdulboqiyev SH kochmas mulkni boshqarish asoslari

Boshqaruvning an’anaviy (klassik) nazariyasi

Nemis olimi Maks Veber an’anaviy nazariyaning asoschisi bo‘lib hisoblanadi. U o‘zining “Protestant etikasi va kapitalizm ruhi” (1904) asarida industrial jam iyat uchun yurokratiya, obro‘-e'tibor va hokimiyat nazariyasi deb ataluvchi tashkillashtirishning yangi shakli xos deb ta’kidlagan.

Byurokratiyaga markazlashgan boshqaruv, mehnat taqsimotining yuqori darajasi va personal ishining ratsional tashkillashtirilishi, lavozimlar bo‘yicha qat’iy va yozma shaklda belgilangan qo‘Ilanmalar, barcha tashkiliy jarayonlarni nazorat qiluvchi qoida va me’yorlarning o‘rnatilishi kabi o‘ziga xos tavsiflari mavjud.

Klassik maktabning maqsadi bo‘lib tashkilotni muvaffaqiyatga erishtiruvchi boshqaruvning universal tamoyillarini ishlab chiqish hisoblangan. Bunday tamoyillar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

Boshqaruvning an’anaviy (klassik) nazariyasi

• funksional tamoyil - u mehnat taqsimoti jarayonini namoyon qiladi, ya’ni ixtisoslashganlik darajasi tashkilotning o‘sishi bilan rivojlanadi. Tashkilot o‘xshash faoliyat turlarini yagona boMinmaga (ixtisoslashgan brigada, korxona (seh) maydoni va h.k.) birlashtirishga harakat qiladi, ya’ni tashkilotning gorizontal o‘sishi kuzatiladi;

• skalyar (chiziqli) tamoyil tashkilotning vertikal aloqalar bo‘ylab o‘sishi bilan bog‘liq. Bunda ikkita asosiy jihat ajratib ko‘rsatiladi-yagona rahbar tamoyili, unda bo‘ysunuvchi faqatgina bitta rahbarga bo‘ysunadi va qa t’iy ierarxiya tamoyili, unga muvofiq ierarxiyada uzilishlar va kesishuvlar xush ko‘rilmaydi;

• chiziqli-shtabli tamoyil ishlab chiqarish va yordamchi funksiyalar orasidagi o ‘zaro aloqalarning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Boshqaruvchi (chiziqli) funksiyalar pasayib boradigan vertikal chiziq bo‘ylab joylashgan, yordamchi fimksiyalami boshqaruvchi lavozimlarini egallagan xodimlarni maslahat beradigan mutaxassislar amalga oshiradi

Boshqarishning bixevioristik (neoklassik) nazariyasi

Illinoys (AQSh) shtati, Xotorn shahri «Vestern Elektrik» kompaniyasining zavodida 1927-yildan 1932-yilgacha mehnat shart-sharoitlari bo‘yicha turli xil tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ular haqida umumiy tasavvur beruvchi eng mashhur tadqiqot - bu ish joyining yoritilganligini tanlash bilan bog‘liq tadqiqotdir. Turli yorituvchi uskunalar va yoritilganlik darajalarini o‘rganib chiqqan holda, tadqiqotchilar E.Meyo, D.Dj.Fayshesberger va Ye.N.Uyatxedlar shunga amin bo‘ldilarki, qo’lIanilayotgan yoritish usuliga b o g iiq bo‘lmagan ravishda, vaqt o ‘tishi sayin ishlab chiqarishning umumiy o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Ishchilar o ‘zlariga ko‘rsatilgan e ’tiborga nisbatan munosabatda bo‘lish va bu ko‘pchilik boshqa mehnat shart-sharoitlaridan muhimroq ekanligi haqidagi xulosaga kelindi. Shuningdek, tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, ishchilar ishlab chiqarishlarini, o‘zlarining guruhi tomonidan belgilangan, ba’zi darajada cheklab qo‘yadilar va kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan moddiy rag‘batlantirish dasturi ham ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsata olmaydi.


Download 191.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling