Ko’chmas mulk obyektlarining hayotiy sikli


Download 191.79 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi191.79 Kb.
#1626998
  1   2   3   4
Bog'liq
Abdulboqiyev SH kochmas mulkni boshqarish asoslari

Ko‘chmas mulkni boshqarish asoslari

Abdulboqiyev shohjaxon

110-20 - guruh

Reja:

- Boshqaruvning asosiy tamoyillari

- Boshqaruvning an’anaviy (klassik) nazariyasi

- Boshqaruvning bixevioristik (neoklassik) nazariyasi

- Boshqaruvning tizimli yondashuv (zamonaviy) nazariyasi

Boshqaruvning asosiy tamoyillari

Ko‘chmas mulkni boshqarishga tizim sifatida qaraganda, bu tushunchaning ko‘p qirraligini nazarda tutish lozim. Bir tomondan, boshqarish deganda ko‘chmas mulk obyektini yaratish, uning amal qilishi va rivojlanishini boshqarish tushunilsa, boshqa tomondan - barcha resurslar: pul, ishchi kuchi, xomashyo, yoqilg‘i, materiallar kabilarni ratsional tarzda taqsimlash bo‘yicha subyektlaming faoliyati tushuniladi.

Istalgan jarayonni boshqarish - bu juda murakkab vazifa hisoblanib, u ishchilaming samarali ish faoliyatini, ishlab chiqarishning normal shartlarini va qo‘yilgan maqsadlarga mos natijalarga erishishni ta’minlovchi ko‘p!ab jarayonlar, ya’ni loyihalash, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazoratning o‘zaro aloqadorligini taqozo etadi

Boshqaruvning asosiy tamoyillari

Boshqaruv modeli boshqaruv tizimi va uslubiéan tashkil topgan.

Boshqaruv tizimlari, avvalo, bir-biridan modelda strukturaga va boshqa omillarga ajratgan o‘rni bilan farqlanadi. Boshqaruv uslubi modelning eng umumlashtiruvchi tavsifi hisoblanadi.

Boshqaruv tizimining ikki asosiy turi mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:

a) rasmiy (qattiq), bunda vazifalarni bajarishda Qat’iy ierarxiyaga asoslaniladi.

b) norasmiy (yumshoq), bunda bajaruvchiga gorizontal va kesishuvchan aloqalar bo‘yicha harakat qilish ta’qiqlanmaydi.

Birinchi tizimda xodimlardagi ishchanlik, ikkinchisida esa-tashabbuskorlik va ishga ijodiy yondashish qadrlanadi.

Rasmiy tizim korxonaning tashkiliy tarkibiga, norasmiy tizim esa uning ichki madaniyatiga tayanadi. Ish qat’iy belgiianadigan, miqdoriy baholanadigan va taqqoslanadigan holda olib borilganda (masalan, ommaviy qurilishda) rasmiy tizim muvaffaqiyatli amalga oshadi. Lekin rasmiy tizimning qo‘ilanish sohasi, asosan, tashqi muhitning o ‘sib borayotgan beqarorligi sababli qisqarib bormoqda.


Download 191.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling