Kodeks kumanikus
Natijalar XIX asrning o‘
Download 89.5 Kb.
|
Dilshoda Kuliyeva
Natijalar
XIX asrning o‘rtalariga qadar turkiy topishmoqlar faqat og‘zaki ijod namunalari sifatida og‘izdan og'izga o‘tib kelgan, lekin yozma shaklda, to‘plam holatida uchramaydi, yoki ma’lum emas. Qo‘lyozmada 47 ta topishmoqning berilishi topishmoq janri turkiy xalqlar adabiyotida alohida o’ringa ega bo’lganini ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda ushbu topishmoqlar yozma shaklda bizga ma’lum bo’lgan ilk to’plamdir. Bu haqida Andreas Tietza o‘zining “Kuman topishmoqlari va turkiy folklor” asarida Turkiy xalqlar qadimgi topishmoqlarining ilk to‘plami [2.9] deya e’tirof etgan. Haqiqatdan ham barcha turkiy xalqlar, shu jumladan, o'zbek adabiyotida ham XIX-asrning ikkinchi yarmiga qadar biror bir topishmoqlar to‘plami bo’lgani ma’lum emas. Zubayda Husainovaning fikriga ko’ra, “Kodeks kumanikus”dagi bir nechta topishmoqlarni hisobga olmaganda, XIX asrning o’rtalariga qadar topishmoqlar yozma shaklda mavjud emas edi.[6.6] Shunday ekan qo‘lyozma barcha turkiy xalqlar adabiyoti uchun eng qadimgi yozma manbaadir. “Kodeks kumanikus”dagi topishmoqlar qo‘lyozmaning 60a va 60b sahifalarida berilgan bo‘lib, bu sahifalar o‘qilishi ancha murakkab, undagi yozuvlar xiralashgani sababli, ba’zi so‘zlarni o‘qishning imkoni yo‘q. Topishmoqlarning javoblari ol… so’zi bilan ko’rsatilgan va bu so‘z bir jumboqni boshqasidan ajratishga yordam beradi. Tadqiqotchi olimlar ushbu topishmoqlarni she’riy shakldagi to‘rt qatorli, ikki qatorli va oddiy bir qatorli topishmoqlarga ajratishgan. Topishmoqlarni mavzularga bo‘lib tadqiq qilgan tilshunoslardan biri Mollova Mefkure fikricha “… topishmoqlar havaskorning tasodifiy to‘plami emas, balki astrologik-astronomik jumboqlar to‘plamidir. [5.195] Ya’ni aslida topishmoq javoblari yulduz turkumlari va sayyoralar bilan bog‘liq degan yangi bir fikrni olg‘a surgan, hattoki javobi berilmagan topishmoqlarga ham o’z qarashlaridan kelib chiqib yechimlar taklif etgan. Boshqa bir turkolog Andreas Tietza fikricha, topishmoqlar tabiat, undagi insonlar va hayvonlar haqida. [2.10] Javoblari no’malum bo’lgan jumboqlarni hisobga olmaganda, barcha topishmoqlar haqiqatdan ham kundalik turmush tarziga oiddir. Qo‘lyozmada diniy, arifmetik yoki boshqotirmali topishmoqlar uchramaydi. Tietza ushbu topishmoqlarni mavzu jihatdan quyidagi turlarga ajratgan.[2.12]
Ихчамлаштириб, жадвал шаклида беринг Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling