Kodeks kumanikus
Download 89.5 Kb.
|
Dilshoda Kuliyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Muhokama
Guvohi bo‘lganingizdek Tietzadan farqli o‘laroq bizda 13 ta turga taqsimlandi. Birinchi tur osmon jismlari haqidagi topishmoqlarga 3 ta topishmoq kirgizilgan va ular Tietzada ham bir xil. Ikkinchi tur Inson va uning tana a’zolari haqidagi topishmoqlarga Tietza XV (qorindagi yog‘) va XVI (etikdan chiqqan besh barmoq) jumboqlarni kirgizmagan. Aslida esa ushbu topishmoqlar ham shu turkumga oid. Tietza XV topishmoqni hayvon qornidagi yog‘ deya hayvonlar haqidagi turga kirgizgan. Uchinchi turga biz barcha hayvonlar, sudralib yuruvchi va hasharotlar haqidagi topishmoqlarni kirgizdik, lekin Tietza bularni to‘rt oyoqlilar va boshqa hayvonlar haqidagi kabi ikkita guruhga ajratgan. Bundan tashqari birinchi topishmoqning javobini kapalak deb olgan, bizningcha esa bu kapalak emas, parvonadir. Lekin ikkalasi ham bir hil turkumga oid. Qushlar haqidagi topishmoqlar to‘rtinchi turga oid bo’lib, Tietza tuxum haqidagi VI topishmoqni ham shu turkumga kirgizgan. Bizningcha, esa bu oziq -ovqat haqidagi topishmoqlarga kirishi kerak. Tietza xina haqidagi II topishmoqni negadir asbob anjomlar turkumiga kirgizgan. Aslida esa, bu o’simliklar haqidagi topishmoqlar turkumiga mansub, chunki xina o’simlik bo’lib, uni xo‘l holida yoki quritib ayollar va qizlar tomonidan sochlarini bo’yashga, yoki bayramlar oldidan qo’llariga qo‘yish uchun ishlatiladi. Shunday ekan, bu topishmoq hech qanday ikkilanishlarsiz o‘simliklar haqidagi turkumga kirishi kerak edi. Uchinchi topishmoqni Tietza birorta turkumga kirgizmagan, ko’pchilik tadqiqotchilar ushbu topishmoq javobi uchun har xil variantlar berishgan. Jumladan, Botir Jafarov bu topishmoq javobi kasallik deydi, buning sababi esa iglik so’ziga Qadimiy turkiy so’zlar lug’ati [7.205] kitobida berilgan tarjimani ko’rsatadi. Shundan kelib chiqib, ushbu topishmoqni mavhum narsalar haqidagi turkumga kirgizdik. Ammo ba’zi tilshunoslar masalan, Guner va Argunshaxlar uning javobini mo‘ri degan to‘xtamga kelishgan, agarda ushbu variantni qabul qilsak, u holda ushbu topishmoq uy va uning qismlari haqidagi turga kirgan bo’lardi. Kasb-kor haqidagi turga savdogar haqidagi XLV topishmoq oiddir, ammo bu tur ham Tietza da berilmagan. Tabiat xodisalari haqidagi turga kirgizilgan XXXVI va XL o‘t haqidagi topishmoqlar ham Tietza tomonidan uy va uning qismlari haqidagi turga kirgizilgan. Tadqiqotimizda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, yettinchi, sakkizinchi, o‘n uchinchi va yigirmanchi topishmoqlarning haqiqatdan ham qo‘lyozmada javoblari berilmagan. Bang yuqoridagi VII va VIII topishmoqlarni aslida bitta topishmoq deb hisoblagan va ularga vino [3.344] degan javobni taklif qilgan. Garkaves, Guner va Argunshax, Drimbalar esa ushbu topishmoqlar aslida ikkita topishmoq deb qabul qilishgan va o’zlarining javob variantlarini taklif qilishgan. Ushbu topishmoqlarga qo‘lyozmada javobi berilmagani uchun ham taxminiy javoblar taqdim qilish bilan cheklanishgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, eng qadimgi topishmoqlar to‘plami sanalgan “Kodeks Kumanikus” qo‘lyozmasidagi ushbu 47 ta jumboq Tietza fikricha mavzu jihatdan tabiat va undagi hayvonlar, o‘simliklar, osmon jismlari, oddiy xalqning kundalik turmush tarzi bilan bog‘liq narsalar haqidadir. Mollova fikricha jumboqlar tabiat haqida emas, balki yulduz turkumlari haqida. Bizning tadqiqotlarimizga ko‘ra esa topishmoqlar haqiqatdan ham tabiat va undagi jonzotlar, insonning turmush tarzi bilan bog‘liqdir. Ushbu topishmoqlarni ist’emolga kirgizishimiz tilimizni yanada boyitadi. Buning uchun esa ularni hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi tadbilini yaratib ommaga havola etishimiz kerak. Bu esa keyingi tadqiqotlar uchun mavzudir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatiO'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ 126-son qaror. 10.02.2022.Toshkent. Алифбо тартибида беринг Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling