Koinot quyosh sistemasi


Download 62.06 Kb.
bet21/24
Sana21.03.2023
Hajmi62.06 Kb.
#1285437
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Olam va Odam

Quvib yetib kўrchi
Quyonlar butunlay himoyasiz hayvonlardir. Tez yugura olishi uni yirtqichlardan himoya qiladi. Tezlik borasida ўrmon jonivorlari orasida quyonga teng keladigani yўq bўlsa kerak. Shuningdek, ilay qayta yurish degan hunari bilan ovchilarni chalitish qobiliyatiga ham ega. Chopayotgan quyon ўzining izlaridan ortga qaytadi, sўng keskin ravishda yon tarafga sakrab ketadi. Uning isini olgan bўri, tulki yoki itlar kutilmaganda boshi berk kўchaga kirib qolishadi. Izlar yўqolgach, qani endi quyonni topib kўr-chi?
Magnoliya
Magnoliyaning yirik shox shaklidagi yaltiroq barglari va katta oq gullari unga betakror gўzallik baxsh etadi. Ushbu gullarning isi shu qadar kuchliki, uni odamlar uxlayotgan xonaga tunda qoldirib bўlmaydi. Parfyumeriya uchun magnoliya gullari juda foydali bўlib, atir va xushbўy yo tayyorlashda foydalanishadi.
Nilufar

Dunyodagi eng chiroyli ўsimliklardan birini Avstraliya, Janubi Sharqiy va Janubiy Osiyoda va Kaspiy dengizi qiroqlarida uchratish mumkin. Nilufar ham suvda, ham quruqlikda ўsuvchi ўsimlikdir. Ildizi hovuz tuproida bўlsa, gul va barglari suv ustiga chiqib turadi.


Hovuzlar qirolichasi
Kўzacha oqmas yoki sekin oquvchi hovuzlarni bezatib turadi. Uni ўsimlik amfibiya deb atash mumkin. Kўzacha ildizlari suv tubida bўlib, suv yuzasida esa yurak nusxa barglari va oq qorga ўxshash gullari suzib yuradi. Kўzacha barglari mum qatlami bilan ўralgani uchun hўl bўlmaydi.
Raffleziya
Bu ўsimlik gullarining kattaligi bўyicha dunyoda rekordchidir. Uning diametri 1 metrga yetishi mumkin. Raffleziya parazit ўsimlikdir. U liana ildizlari bilan butunlay ўralib ўsadi. Faqatgina yirik gullari bir necha kilogrammga teng ildizlari ustida paydo bўladi. Raffleziya gulining rangi va hidi aynigan gўshtni eslatadi.
Kўzacha qopqon
Nepentes ўsimligi ўzining ovlash moslamalari bilan maqtansa arziydi. Barglari ўziga xos qopqoqli kўzachalar paydo qiladi. Kўza ichida hasharotlar tanasini erituvchi modda mavjud. Kўzachaning yuqori chekkasida bezcha bўlib, undan mazali va xushbўy nektar ajralib chiqadi. Bu xushbўy hidga kelgan hasharot kўzacha chetiga qўnadi, yuzadagi mum qatlamiga sirpanib qopqonga tushadi.

Download 62.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling