Koinot quyosh sistemasi


Download 62.06 Kb.
bet19/24
Sana21.03.2023
Hajmi62.06 Kb.
#1285437
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Olam va Odam

Eng tez ўsuvchi daraxt
Bambuk yerdagi eng tez ўsuvchi daraxtdir. Bir necha oy ichida u 30 metrgacha – 8 qavatli uyga teng keladigan balandlikkacha ўsishi mumkin. tropik bambuk bir kunda yarim metr ўsadi. Shunisi diqqatga sazovorki, bambuk boshqa kўpgina daraxtlar kabi faqat bahorda emas, butun yil davomida ўsadi.
Non daraxti
Non daraxtining kўrinishi dubga ўxshash bўlib, u Osiyoda ўsadi. Mahalliy xalq non daraxtini sevib, qadrlashadi. Ananasga ўxshash mevalarni tunda terib qўyishadi. Tongda esa mevalar bijiy boshlaydi va ulardan non tayorlash mumkin. Bir daraxtda 4 – 5 kishidan iborat oilani boqa oladigan meva bўladi.
Banan
Banan daraxt emas, balki sayyoramizda ўsuvchi eng katta butalardan biridir. Masalan, Yangi Gvineyada ўsuvchi yirik bananning bўyi 15 metrgacha yetishi mumkin. Banan kechqurun gullaydi va undan tarqalayotgan hid kўrshapalaklarni ўziga jalb qiladi. Kunduzi esa gullar hidiga qushlar va hasharotlar tashrif buyuradi.
Charchoq bilmas yer kovlovchi
Krot hammaga tanish va mashhur bўlgan yer osti quruvchisi hamda eng yaxshi yer qazuvchisidir. Ushbu jonivor butun umrini yer tagida ўtkazadi, faqatgina ba’zida yuqoriga chiqadi. Bir kunda krot uya va yem-xashak uchun 20 ga yaqin yўllar kovlaydi. Chuqur uyalarida jonivor dam oladi, xavfdan bekinadi, bolalarini boqadi. Uyalarini qazish uchun krotlarning ajoyib quroli – yassi tirnoqli old panjalari bor.
Chumolilar oilasi
Chumoli uyasidagi barcha chumolilar katta, ahil oiladir. Chumolilar urochilari qўyadigan lichinkalar yordamida nasl qoldirishadi. Lichinkalar umbakka aylanib, ulardan chumolilar paydo bўladi. Ishchi chumolilar uya urishib, yemish topishadi. Askar chumolilar esa uyani dushmandan himoya qiladilar.
Tishdan qўrqinchli til
Janubiy Amerikada yashovchi chumolixўr nima yeyishini topish qiyin emas. U chumoli bilan oziqlanadi. Chumolixўr bu ishni tili orqali amalga oshiradi. U chumolilar iniga tilini suqib kutib turadi. Chumolilar yopishgach tezda tilini ўziga tortadi. Ўzining ajoyib tili bilan chumolixўr bir martada yuzlab chumolilarni yeyishi mumkin.

Download 62.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling