Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
Foraminifer deb nomlanuvchi mikroskopik jonzotlarning ham skleti kalsiy
karbonatidan tashkil topgan bo‘ladi. Shunday jonivorlardan trillion-trillionlarining skletlari millionlab yillar mobaynida dengiz va ummonlar tubida to‘planib borib, qatlam-qatlam bo‘lib ketadi va ulkan tepaliklar, qoyalar hosil qilishi mumkin. Tilga olib o‘tilgan Duvr bo‘r qoyalari aynan shunday tarzda shakllangan. Olimlarning fikricha, Yerda mavjud kalsiy karbonatining deyarli barcha zahirasi qachonlardir, millionlab yillar muqaddam yashab o‘tgan shunday jonzotlarning sklet qoldiqlaridan bizga yetib kelgan bo‘lishi ehtimoli katta ekan. Agar bu taxmin o‘rinli bo‘lsa, demak, bunday jonzotlar aqlga sig‘mas darajada ko‘p miqdorda yashab o‘tgan bo‘lib chiqishi kerak. Chunki, yer qobig‘idagi kalsiy karbonatining hammasi hisoblansa, qobiqning umumiy massasining 3,5% qismini tashkil qiladi. Yer ostida to‘planib yotgan kalsiy karbonat zaxiralari juda sekinlik bilan bo‘lsa-da, boshqa cho‘kindilar, xususan, yer ustidan sizib keladigan yomg‘ir va qor suvlari ta’siriga tushib boradi. Yomg‘ir suvlari odatda yerga shimilar ekan, o‘zi bilan birgalikda, atmosferadan ilashtirib olgan uglekislotani olib kiradi. Uglekislotali yomg‘ir suvlari yer qa’rida qalashib yotgan ohaktoshli jinslarni, xususan, kalsiy karbonatini o‘zgarishga majbur qiladi. Kalsiy karbonati shu tarzda yerga shimilgan yomg‘ir suvlari va uglekislota bilan ta’sirlashib, kalsiy bikarbonatga aylanadi. Kalsiy bikarbonati suvda nisbatan yaxshi eriydi. Uning shu jihati yer ostida yirik bo‘shliqlar, yerosti g‘orlari hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Meksikaning Yukatan yarimoroli hamda, AQSHning Kentukki shtatidagi Mamont G‘orlari aynan shu tarzda, ya'ni, yer ostida to‘plangan kalsiy bikarbonatning erib ketishi natijasida, uning o‘rnida qolgan bo‘shliqlar tufayli hosil bo‘lgan. Shuning uchun bunday g‘orlar ohaktoshli g‘orlar deyiladi. Bunday g‘orlarda juda chiroyli va hayratomuz tabiiy shakllarni uchratish mumkin. G‘or ichida tarkibida kalsiy bikarbonati bo‘lgan suv oqib-tomib turadigan joylarda, unda erigan kalsiy bikarbonat yillar davomida ustma-ust to‘planib borib, haykallarga o‘xshash ajoyib manzarali shakllar hosil qiladi. Bunda suv bug‘lanib ketishi natijasida, uning tarkibida erigan kalsiy bikarbonati qattiq holga keladi. Agar, televizor orqali namoyish etilgan ilmiy-ommabop dasturlarda shunday g‘orlar haqida ko‘rsatuvlarni ko‘rgan bo‘lsangiz, albatta g‘or shiftidan osilib turgan shunday ohaktoshli sumalaklarni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha sumalaklar aynan kalsiy bikarbonatidan tashkil topgan bo‘ladi. G‘or shiftidan osilib turgan kalsiy bikarbonatili sumalaklarni fanda stalaktitlar deyiladi. Shiftdan tomgan suv orqali g‘or sahnidan yuqoriga o‘sib borgan kalsiy bikarbonat ustunlarni esa stalagmitlar deyiladi. 116 Agar kalsiy karbonatini kuchli qizdirilsa, unda bir atom uglerod va ikki atom kisloroddan iborat karbonat angidrid gazi ajralib chiqadi. Natijada, avvalgi modda o‘rnida, molekula tarkibi bir atom kalsiy va bir atom kisloroddan iborat kalsiy oksidi qoladi. Quruvchi- ustalar va bo‘yoqchi-pardozchilar tilida bu moddani so‘ndirilmagan ohak deyiladi. Jumladagi «so‘ndirilmagan» so‘zi ushbu moddaning yonishini ifodalamaydi. Aksincha, bir marta bo‘lsa ham ohak tayyorlab ko‘rgan odam yaxshi biladiki, bunday so’ndirilmagan ohak suv bilan faol reaksiyaga kirib, o‘ziga suvni singdira olishi nazarda tutiladi. So‘ngan ohakdan farqli ravishda, so‘ndirilmagan ohak suvni ko‘p miqdorda va shiddat bilan o‘ziga yuta oladi. Jarayonda kuchli issiqlik ajralib chiqishi ro‘y beradi. Issiqlik shu darajada bo‘ladiki, undan kuyib qolish ham hech gap emas. Ushbu qurilish va pardozlash ashyosini oddiy odamlar «kalsiy oksidi» yoki, «so‘ndirilmagan ohak» deb o‘tirishmaydi, balki shunchaki ohak deb qo‘ya qolishadi. Aslida elementning nomi - «kalsiy» ham qadimgi Rimliklar tilidagi «calx» - ya'ni, ohak so‘zidan olingan. Kalsiy oksidi – avvalgi zamonlarda kimyogarlar yerlar deb atagan moddalar turkumiga kiradi. Bular qiyin eriydigan oksidlardir. Bunday oksidlarga masalan, alyuminiy oksidi, temir oksidi va kremniy dioksidini misol qilib keltirish mumkin. Kalsiy oksidiga suv qo‘shilsa, kalsiy Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling