Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

karbonat (Na
2
CO
3
) ni kaltsinatsiyalangan soda deb nomlashgan. O‘z xossalariga natriy 
gidroksidiga (yodingizda bo‘lsa, uni o‘yuvchi natriy der edik) o‘xshab ketadigan kaliyli 
birikma – kaliy gidroksidini (KOH) esa o‘yuvchi kaliy ham deyiladi. Kaliy gidroksidi, natriy 
gidroksidga ko‘ra tannarxi qimmatroqdir. 
Kezi kelganda kaliy elementining nomlanishi tarixiga ham to‘xtalib o‘tsak. Biz o‘rta 
asrlar oxirida potashning qanday olingani haqida aytib o‘tdik. Aynan shunday usul bilan, ya'ni 


111 
potash olish uchun qaynatiladigan kulni, o‘rta asrlarda musulmon sharqi olim va mutaxassislari 
«al-quili» deb nomlashgan. Ta’kidlash shartki, hozirgi zamon g‘arb adabiyot va manbalarida 
o‘rta asrlar musulmon sharqi allomalarini yanglish umumlashtirib «arab olimlari» deyishadi. 
Vaholanki bu – xato yondoshuvdir, zero ularning umumiy ilmiy so‘zlashuv tili arab tili va 
e’tiqodi – islom dini bo‘lgan bo‘lsa-da, aslida olimlar boshqa-boshqa millatlarga mansub 
bo‘lishgan va bu tabiiy. Ular orasida esa, buyuk millatdosh bobokalon olimlarimiz ham juda 
ko‘p bo‘lishgan. Ushbu satrlar orqali nimaga ishora qilayotganimni hozir tushuntiraman. 
Potash bu ishqor, o‘yuvchi moddadir. Uning «tuvak tubidagi cho‘kindi»dan olinganini aytib 
o‘tdik. Xalqimiz maishiy turmushida avvallari (hali kir sovun va sodalar mavjud bo‘lmagan 
paytlarda) kir yuvish uchun qaynatilgan kul suvidan foydalanishgan. Bunda ishqoriy eritma 
hosil bo‘ladi va kirlarni, ayniqsa moy va yog‘lar singib ketgan matolarni yuvishda osonlik 
beradi. Bu amaliyot tandir-o‘choqqa ega xonadonlarda balki hozir ham bor. Xususan, piyola 
va shunga o‘xshash idishlarni kullab yuvishni opa-singillarimiz qotirishadi. Yevropa tillariga 
«kaliy» tarzida o‘tgan arabcha «al-quili» so‘zining o‘zagi ham, bizning ona-tilimizdagi «kul» 
so‘zi bo‘lishi ehtimoli katta. Chunki, arab tilida kulning o‘zini boshqacharoq nomlashadi. 
Harholda bu mening shaxsiy taxminim. Lekin, imkon bo‘lsa, tilshunoslarimiz bu borada kichik 
tekshiruv o‘tkazishsa ham chakki bo‘lmasdi. 
Asosiy mavzuga qaytsak. «Ishqor» so‘zi sizga albatta tanish bo‘lsa kerak. Sovun 
tayyorlash jarayonida ortiqcha natriy gidroksidini chiqarib tashlash kerak bo‘ladi. Aks holda 
bunday sovun bilan yuvilganda terini qichishtiradigan bo‘lib qoladi, ya'ni, u o‘yuvchi xossasini 
namoyon qiladi. Ba’zi sovunlar reklamasida, sovunning «keskin ishqorlarga ega emasligi» 
haqida ham gap qistirib o‘tiladi. Shuningdek, siz biror suyuqlik muhitining ishqoriy ekanligi 
haqidagi gaplarni ham eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ishqoriy muhit bu – kislotali muhitga qarama-
qarshi muhit bo‘ladi. 
Odamlar sovun nimaligini bilmagan qadimgi zamonlarda, ayrim xalqlar, chunonchi 
qadimgi Misrliklar, Rimliklar va yunonlar kulning tozalash xossasi borligini bilishgan. Kulning 
bunday xususiyatining asosiy sababchisi esa, unda kaliy karbonatining mavjudligi bilan 
bog‘liqdir. Kaliy karbonati ham xuddi natriy karbonati singari yog‘ va moylarning 
molekulasini parchalash xossasiga ega bo‘lib, lekin bu ishni kaliy karbonati amalda yaxshiroq 
bajaradi. 
Natriy va kaliy elementlari ishqoriy metallar safiga kiradi. Ishqoriy metallar 
turkumidagi boshqa metallar esa, natriy va kaliydan ko‘ra juda kamyobdirlar. Ular orasida eng 
soddasi – davriy jadvaldagi uchinchi raqamli element bo‘lmish – litiydir. Litiy davriy jadvalda 


112 
aynan natriyning ustida joylashadi va u eng yengil metall sanaladi. U suvdan ham ikki barobar 
yengil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, litiy ko‘plab yog‘och turlaridan ham yengil bo‘ladi. U 
alyuminiydan besh barobar yengilroqdir. 
Biroq litiyning yengilligidan naf baribir kam. U aytilganidek, kamyob modda 
bo‘libgina qolmasdan, o‘zi kabi barcha ishqoriy metallar singari, juda faol hamdir. Uning yana 
bir xossasi borki, bu narsa boshqa ishqoriy metallarning «qo‘lidan kelmaydi». Ya'ni litiy, 
havoda hatto azot bilan ham reaksiyaga kirishadi. Litiyning kam miqdorlarini qo‘shish orqali 
ayrim qotishmalarning mustahkamligi orttiriladi. Shuningdek, mushakbozlik vaqtida osmonda 
paydo bo‘ladigan qizil rangli yog‘dular ham, feyrverklarga qo‘shilgan litiy nitrati (LiNO
3

tufayli yuzaga kelishini aytib o‘tamiz. 
Litiy elementi qo‘llaniladigan yana bir soha bu – vodorod bombalarini tayyorlash 
texnologiyasidir. Bunda litiy gidridi qo‘llaniladi. Ayni moddaning boshqa bir keng qo‘llanish 
sohasi esa – plastmassa ishlab chiqarish sanoatidagi katalizatorlik vazifasi hamdir. 
Litiyni ilk bora kashf qilgan olim – Avgust Arfvedson bo‘lib, bu element 1817-yilda 
Shvetsiyaning Stokgolm shahrida ochilgan. Arfvedson ham, litiyning qardoshlari – natriy va 
kaliyni kashf etilishida Gemfri Devi qo‘llagan usulni, ya'ni, elektrolitik jarayonni qo‘llagan. 
Element nomini esa, yunoncha litos - «tosh» so‘zidan kelib chiqib atashgan. Sababi, o‘sha 
zamonda olimlarga ma’lum bo‘lgan atiga ikkita boshqa ishqoriy metallar – o‘simliklardan 
ajratib olish mumkin bo‘lgan natriy va kaliydan farqli o‘laroq, litiy faqat muayyan minerallar 
tarkibida bo‘lardi. Minerallar esa ko‘pincha qattiq holatda, tosh ko‘rinishida uchraydi. 
Og‘ir ishqoriy metallar bo‘lmish rubidiy va seziy esa boshqacharoq yo‘sinda, anchayin 
qiziqarli tarzda kashf etilgan. Siz albatta, har bir element qizdirilganda o‘zidan ma’lum 
rangdagi yorug‘lik chiqarishini va ushbu yorug‘lik nurlarini prizmadan o‘tkazilsa, u muayyan 
ketma-ketlikdagi ranglarga taqsimlanishini bilsangiz kerak. Tabiatdagi har bir elementda ushbu 
ranglar ketma-ketligi bir-birini takrorlamaydigan, faqat o‘zigagina xos bo‘lgan tarzda namoyon 
bo‘ladi.
Natriy yoki, tarkibida natriy tutgan kimyoviy birikmalar qizdirilganida spektrda yorqin 
sariq chiziqlar yaqqol ajralib ko‘rinadi. Kimyoviy tahlilning bunday usulini spektroskopiya 
deyiladi. Ushbu usul orqali Quyoshdan geliy elementi kashf qilingani haqida ko‘pchiligimiz 
yaxshi bilamiz.
Spektroskopiya vositasida aniqlangan ilk kimyoviy element geliy deb o‘ylaydiganlar 
xato qilishadi. Spektroskopiya orqali turli elementlar va kimyoviy birikmalarning xossalarini 
o‘rganishni boshlab bergan olmon olimlari – Bunzen va Kirxgof 1860-yilda, bir kimyoviy 
birikmani qizdirib tekshirish orqali, uning spektrida boshqa joyda takrorlanmaydigan moviy 
chiziqlarni payqab qolishadi. Ushbu rangli spektral xossalarni namoyon qiluvchi elementlarni 
tahlil qilib, Bunzen va Kirxgof uning ishqoriy metallar turkumiga mansub, fanga shu 
choqqacha noma’lum bo‘lgan metall ekanini aniqlashdi. Ular ushbu metallga lotincha «seziy» 
ya'ni, «moviy osmon» deb nom berishgan. O‘zidan taralayotgan nur xossalari orqali kashf 
qilingan ilk element aynan seziy bo‘lgan edi.


113 
Tez orada mazkur ikki olim aynan ushbu usul bilan yana bir ishqoriy metallni kashf 
qilishdi. Bu safar spektrdagi noma’lum elementni ifodalayotgan chiziqlar to‘q qizil rangda edi. 
Shu sababli ular mazkur elementi lotinchada «to‘q qizil» ma’nosini beruvchi «rubidiy» deb 
nomlashdi.
Albatta, spektroskopiya orqali kashf qilinganidan so‘ng, ushbu elementlarni o‘zini 
alohida holda, sof element tarzida ajratib olishni amalda uddalanishi uchun ancha vaqt o‘tgan. 
Chunonchi, seziyni sof metall ko‘rinishida olinguncha 1882-yil kirib kelgan bo‘lsa, rubidiyni 
1910-yilga kelibgina alohida holda olishga erishilgan. Ularning har ikkalasi Devi uslubida
ya'ni, elektrolitik yo‘sinda ajratib olingan.
Seziy – metallar ichida eng yumshog‘i bo‘lib, unga xuddi mum singari shakl berish 
oson. Lekin u shuningdek metallar ichida eng faoli hamdir. Seziy 28.5 °C haroratdayoq erishni 
boshlab yuboradi. Shunday ekan, siz issiq kunlarda seziyni faqat suyuq holda ko‘rasiz.
Hozirda olimlarda elementlarni qizdirilganda ularda elektronlarning uchib chiqishi, 
hamda, keyin ularning yana atomlar atrofida guruhlanishi tarzida modellashtirilayotgan 
kimyoviy tajribalar nazariyasi mavjud. Bunday amaliyot aynan seziy bilan eng oson bajariladi. 
Olimlar kelajakda elektronlarni bunday tarzda uchirish va qayta tartiblash orqali koinot 
apparatlarini harakatga keltirish mumkin bo‘ladi deb hisoblamoqdalar. Bunday harakat uzatish 
usulini ionli uzatma deyiladi. Shunday ekan, bu turdagi nazariy dvigatellar qachondir kelib real 
voqe’likka aylansa, ular uchun aynan seziy elementi asosiy yoqilg‘i bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin.


114 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling