Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
kolchedani minerali bir atom temir va ikki atom oltingugurtdan iborat bo‘ladi. U tabiiy holda
oltin kabi yaltirab tovlanadi. Qimmatbaho metallar bilan endi-endi tanishayotgan kishilarni ushbu kolchedan toza gangitib, keyin esa hafsalasini dabdala qilar edi. Shu sababli ham, 102 qalbaki tilla bo‘lib ko‘rinadigan ushbu temir moddasini avvallari «jinni tilla» deb yuritishar edi. Nikel ham, kobalt ham odatda temir rudasi bilan yo‘ldosh holda chiqadi. Yer qobig‘ining 3% ga yaqin qismini nikel tashkil qiladi. Kobalt esa 0,25% ulushni egallaydi xolos. Lekin, nikel shunchalik ko‘p ko‘ringani bilan, uning asosiy qismi olish imkonsiz bilan tubliklarda – Yer yadrosida joylashgan. Yer yadrosining 90% qismi temir bo‘lsa, qolgan 10% qismi nikel ekani ma’lum. Yer qobig‘ida esa nikel ancha noyob metall bo‘lib, kam uchraydi. Nikel bilan kobalt temirdan ko‘ra taxminan 10% ga og‘irroq va pishiqroq bo‘ladi. Agar kobalt va nikel ham temirchalik ko‘p bo‘lganda, ushbu metallardan ham keng miqyosda foydalanish mumkin bo‘lardi. Ular temirdan ko‘ra mustahkamroq bo‘lish bilan birga, zanglamasligi bilan ham bizga ko‘proq foyda keltirgan bo‘lardi. Biroq, tabiat kobalt va nikelni unchalik ham ko‘p yaratmagan. Shunga qaramay, metall konstruksiyalarning sirtini nikel qoplama bilan qoplash orqali, ularning zanglamas qilish mumkin. Buning uchun, nikel qoplama qilish zarur bo‘lgan metallni nikel eritmasi mavjud bo‘lgan suyuqlikka solinadi va undan elektr toki o‘tkaziladi. Agar, hamma shartlar to‘g‘ri bajarilsa, nikel atomlari temirdan yasalgan detal ustiga kelib o‘tiradi va sirtini to‘liq qoplaydi. Natijada, nikel qoplama bilan qoplangan detal zanglamaydigan bo‘ladi. Boz ustiga u yarqirab, chiroyli holatga keladi. Ushbu jarayonni galvanizatsiya deyiladi. Kobalt va nikel ham magnit xususiyatiga ega. Garchi ular temir singari kuchli magnit bo‘la olmasa-da, harholda, qolgan boshqa barcha metallardan ko‘ra kuchliroq magnit sanaladi. Agar, nikel, kobalt va temirni muayyan nisbatlarda aralashtirib, qotishma hosil qilinsa, natijada olingan metall temirning o‘zidan ham kuchliroq magnit xossasi kasb etadigan bo‘ladi. Masalan, 2/3 qismi nikel va 1/3 qismi temir bo‘lgan permalloy deb nomlanadigan qotishmaning magnit kuchi po‘latdan tayyorlangan doimiy magnitnikidan sezilarli darajada kuchli bo‘ladi. Yanada kuchliroq bo‘lgan magnitni nikel, kobalt, alyuminiy va temir qotishmasidan tayyorlash mumkin. Bunday magnit alniko deyiladi. Metallni yalang‘och holatda magnit qilib ishlatmaslik uchun mayda temir qirindilari plastik qobiq ichiga joylashtiriladi. Bunday magnitlar ham juda kuchli bo‘lib, plastikning yumshoqligi evaziga, magnitni istalgan shaklga solish imkoniyati paydo bo‘ladi. Nikellangan po‘lat (yoki, nikelli po‘lat) mustahkamligi borasida oddiy po‘latda ancha ustun turadi. Uning tarkibida 3% atrofida nikel mavjud bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha ishlab chiqariladigan nikelning katta qismi aynan nikelli po‘lat ishlab chiqarishga sarflanadi. Nikelli po‘lat turlaridan biri invar deb nomlanadi va uning 5/8 qismi temir, 3/8 qismi nikeldan iborat bo‘ladi. Invarning o‘ta pishiqligi va mustahkamligidan tashqari yana bir juda muhim xossasi mavjud. Ushbu xossa texnika sohasida, ayniqsa aviatsiya va kosmik texnologiyalarda benazirdir. Ya’ni, invar issiqlik ta’sirida deyarli kengaymaydi va sovuqda toraymaydi. Oddiy po‘lat turlari esa bunday xossa bilan maqtana olmaydi. Invarning issiqlikka va sovuqqa ta’sirchanligi (kengayish va siqilishi) oddiy po‘latnikidan 1/15 nisbatda yaxshiroqdir. 103 Kobalt nikeldan ko‘ra qattiqroqdir (nikel esa temirdan qattiq). Metallurgiyada ma’lum qotishmalar ichida kobaltli qotishmalar eng pishiq va qattig‘i sanaladi. Kobalt qotishmalari fanda stellitlar deyiladi. Stellitlar o‘ta yuqori haroratlarga ham bardoshli qotishmalar bo‘lib, metall eritish dastgoh va uskunalari odatda aynan stellitlardan tayyorlanadi. Shuningdek, stellit qotishmalar metallarning o‘zaro ishqalanishi natijasida yuzaga keladigan harorat o‘zgarishlariga ham juda chidamliligi bilan, turli ish asboblari – ombur, mexanik kalitlar, bolg‘a va sandon yasash uchun ham juda bop metallar sanaladi. Vodorod haqidagi hikoyamizdan sizga yaxshi ma’lumki, vodorod atomi bilan bombardimon qilish orqali o‘simlik moyini qo‘yiqlashtirib (qattiqlashtirib) yog‘ga aylantirish mumkin. Bu jarayonda, agar shunchaki moyni vodorod bilan o‘qqa tutilsa, jarayon juda ko‘p vaqt oladi va uzoq cho‘ziladi. Lekin, oziq-ovqat texnologiyalari va kimyosi sohasi mutaxassislari, jarayonga muayyan metall kukunlarini qo‘shish orqali, uni sezilarli darajada tezlashtirish mumkinligini yaxshi bilishadi. Jarayonni tezlashtiruvchi ushbu metall kukunini katalizator deyiladi. Moyni yoqqa aylantirishda eng arzon metall katalizator – nikel kukuni hisoblanadi. Siz «Fantomas» filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha filmda fantomas bir hujjatga imzo qo‘ygach, bir necha daqiqadan keyin imzo o‘chib ketadi. Bu filmning o‘zi singari fantastik emas, balki, haqiqatan ham bor narsa. Mazkur turdagi siyohni kobalt yordamida tayyorlanadi. Kobalt birikmalari quruq holatda ko‘k siyoh rangida bo‘ladi. Namgarchilik ta’sirida kobalt atomiga suv birikib boradi va natijada rangi qirmizi tusga kira boshlaydi. Bunday eritmadan siyoh tayyorlansa, u bilan yozilgan yozuv bir necha daqiqa o‘tib o‘chib ketadi. Sababi, yozuv qog‘ozga tushgach, eritmadagi suv bug‘lanadi va siyoh quriydi. Tarkibidagi suv yo‘qolgach, kobaltning o‘zi qoladi va u ko‘rinmas holga o‘tadi. Lekin, qog‘ozni biroz qizdirilsa, kobalt birikmalari yana ko‘k siyoh rangida ko‘rina boshlaydi va xatni yana bemalol o‘qish mumkin bo‘ladi. Nikelning birikmalarining aslida bundan ham juda muhim boshqa ahamiyatli vazifalari mavjud. Siz yaxshi bilasizki, silikagel namlikni yutuvchi modda sifatida keng qo‘llaniladi. Silikagelning o‘zi asl holatda shaffof bo‘lib, uning namlikka to‘yingan yoki hali yana nam yutish imkoniyati bor-yo‘qligini aniqlashning imkoni yo‘q. Shu sababli, unga nikel birikmalari qo‘shiladi. Bunday silikagel hali quruqligida, tarkibida nikel borligi sababidan ko‘k rangda ko‘rinadi. O‘ziga namni singdirgani sayin silikagel qirmizi tusga kirib boradi. Shu tariqa, kobalt vositasida silikagel uchun namlik indikatori hosil qilinadi. Shuningdek, shisha yoki, keramika mahsulotlariga kobalt qo‘shilsa, u mahsulotga ko‘kimtir tus beradi. Bunday shishani kobaltli shisha deyiladi. Kobaltning tirik organizmlar uchun ham muhim ahamiyati mavjud. Masalan, B 12 vitamini molekulasida bitta atom kobalt mavjud bo‘ladi. Shu sababli, B 12 vitamini va unga o‘xshash birikmalarni biokimyogarlar kobalaminlar deb yuritishadi. Shu tariqa, kobalt tirik to‘qimalar hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan mikroelementlardan biri hamdir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling