Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
bessemer pechi (yoki, bessemer konverteri) deyiladi. Bessemer pechlarining eng asosiy
xususiyati – ularda temir rudasi tarkibidagi fosfor, oltingugurt va boshqa keraksiz aralashmalar maksimal chiqarib tashlanadi va keyin kerakli miqdorda uglerod va ba’zi boshqa elementlar bilan boyitiladi. 99 Barcha temir navlari orasida ishlov berish va toblash orqali kerakli darajadagi pishiqlik va puxtalikka yetkazish qulayligi borasida po‘lat birinchi o‘rinda turadi. Bunda temir avvaliga qizarib, chog‘ holatiga kelgunicha qizdiriladi va so‘ngra uni birdaniga sovuq (muzdek) suvga solinadi. Mazkur jarayon metallurglar tilida «metallni bo‘shatish» deyiladi. Po‘latning pishiqlik va qattiqlik borasidagi muayyan xususiyatlari, uni tayyorlash jarayonida temirning qanday toblangani va tarkibida uglerod qancha miqdorda qo‘shilgani bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar po‘lat tarkibida uglerod miqdori 0,2% dan kam bo‘lsa, u kam uglerodli po‘lat deyiladi. Bunday po‘lat xossalariga ko‘ra cho‘yanga o‘xshab ketadi va juda arzonligi tufayli, hozirda deyarli cho‘yanning o‘rnini egallab bo‘lgan. tarkibida 0,2% dan 0,6% gacha uglerod tutadigan po‘latni konstruksion po‘lat deyiladi. Qurilish uchun ishlatiladigan metall balkalar, ko‘priklar va boshqa inshootlarning metall asoslari va metallokonstruksiyalar aynan shunday po‘latdan quyiladi. Po‘lat navlari ichida eng pishiq va qattig‘i instrumental po‘lat deyiladi. Instrumental po‘latda 1-1,5% uglerod mavjud bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarning harakatlanuvchi metall detallari, turli muhandislik ish qurollari va tig‘li kesish asboblari shunday navli po‘latdan tayyorlanadi. Po‘latning xossalari shuningdek, temir va ugleroddan tashqari, unga boshqa qo‘shimchalarning qo‘shilganligi va ularning nisbati bilan ham belgilanadi. Hozirda jahon bozorida po‘latning yuzdan ortiq navlari mavjud. Butun dunyo bo‘ylab har yili millionlab tonna po‘lat ishlab chiqariladi. Avtomobilsozlik sanoati jahon po‘lat ishlab chiqarishining deyarli 20% qismini iste’mol qiladi. Ishlab chiqarilgan po‘latning qolgan qismi esa, asosan, mashinasozlik, temir yo‘l qurilishlari va qurilish sohalariga yo‘naltiriladi. Hozirda insoniyat po‘latdan shu darajada keng foydalanmoqdaki, tarixchilar hozirgi davrni qo‘rqmay po‘lat davri deyish mumkin deb ta’kidlashmoqda. Zamonaviy dunyoda po‘lat odamzot hayotini shu darajada o‘zgartirib yuborganki, endilikda sivilizatsiyamizni usiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Xususan, barcha yirik shaharlardagi osmono‘par bino va inshootlar aynan po‘lat tufayli shu maqomda qad rostlashgan. Avvallari binolar asosan yog‘och va g‘ishtdan qurilgan zamonlarda, bino balandligi bir necha qavatdan ortishi mumkin emas edi. Chunki, bunda bino og‘irligi uning asosiga quyilgan poydevorni (fundament) pachoqlab tashlardi. Hozirda yuzlab qavat balandlikka ega bino va inshootlar istisnosiz ravishda faqat po‘lat karkas asosiga quriladi. Po‘lat asosida qurilgan binolarda tashqi qoplamani oynavand qilishi orqali yanada jozibador va shu bilan birga yengil qilish urfga kirmoqda. Po‘lat shunchaki mustahkam bo‘lib qolmay, balki, ajoyib elastik xossaga ham ega. Agar po‘latga tashqi omillar ta’sir qilishi natijasida u egiladigan bo‘lsa, o‘sha ta’sir kuchi yo‘q bo‘lishi bilan, po‘lat yana o‘z holiga qaytadi. Shu sababli ham, me’morlar yuzlab qavatli osmono‘par binolarni shamol va zilziladan qo‘rqmay bunyod etishadi. Insoniyat aynan po‘lat tufayligina osma ko‘priklar va boshqa murakkab me’moriy-muhandislik yechimlarini barpo eta olmoqda. Xulosa qilib aytganda, qayerdaki pishiqlik va mustahkamlik zarur bo‘lsa, o‘sha joy uchun po‘latdan o‘tadigan metall boshqa yo‘q. Boz ustiga, u eng arzon metall hamdir. Biroq, ushbu eng pishiq va eng arzon metallning ham o‘ziga yarasha ayrim kamchiliklari mavjud. Bunday kamchiliklardan eng jiddiysi – uning kislorod bilan osongina 100 birikib qolishidir. Kislorod bilan birikish reaksiyasi ba’zi navlarda juda tez, ba’zilarda esa birmuncha sekin kechishi mumkin. Oddiy xalq tilida bu jarayonni zanglash deyiladi. Ya’ni, temir buyumlar va konstruksiyalar nam havo ta’sirida zanglab qoladi. Bunda, temir suv va kislorod bilan birikib, temir gidrat oksidi hosil qiladi. Afsuski, zang bu – kukun ko‘rinishida uqalanadigan modda bo‘lib, u temirni himoya qilmaydi; aksincha, qatlam-qatlam tarzida ko‘chib-ko‘chib, temirni yemirib boradi. Shu sababli, ham temir va uning navlarini, ayniqsa po‘latni maxsus himoya qatlami bilan ta’minlash kerak bo‘ladi. Buning uchun odatda po‘lat konstruksiyaning sirti maxsus bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Har yili zanglash tufayli dunyo bo‘yicha millionlab tonna temir yaroqsiz holga kelib qoladi. Zanglagan detallarni almashtirish uchun yana shuncha po‘lat sarf-xarajat qilinadi. Bu esa, ulkan miqdordagi iqtisodiy zarar va qo‘shimcha xarajat demakdir. Garchi, zang har yili shuncha katta ziyon keltirayotgan bo‘lsa hamki, lekin undan naf chiqadigan ayrim sohalar ham mavjud. Masalan, zangni alyuminiy qirindilari bilan aralashtirilsa, termit deb nomlanuvchi modda olinadi. Ushbu aralashma qizdirilsa, alyuminiy va temir oksidi o‘zaro reaksiyaga kirishadi va jarayonda ko‘p miqdorda issiqlik energiyasi ajralib chiqa boshlaydi. Reaksiyadagi harorat 3000 ℃ gacha boradi. Termitdan payvandlash ishlarida foydalaniladi. Masalan, temiryo‘l ustalari relslarni payvandlashda termitdan foydalanishadi. Siz albatta temir haqida gap ketganda, uning magnitga tortilishini yodga olasiz. Maqola davomida hali bu xossa haqida gap ochilmaganiga ham hayron bo‘layotgandirsiz. Ha, payt endi keldi. Temir – metallar ichida magnetizm xossasiga ega bo‘lgan eng asosiy metalldir. Shuningdek u magnit xossasi eng kuchli bo‘lgan metall bo‘lib, magnit haqida eslanganda, birinchi bo‘lib temir yodga olinishi bejiz emas. Magnetizm bu – energiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, u energiyaning yana boshqa bir ko‘rinishi – elektr bilan doimo birga yuradi. Ichidan tok oqib o‘tayotgan istalgan o‘tkazgich sim magnit xossasiga ega bo‘ladi va unga temir bo‘laklari yaqinlashtirilsa, sim va temir bir-biriga tortiladi. (Nima uchun o‘tkazgich sim aynan temirni tortishi, boshqa metallarni esa tortmasligi hali-hanuz ilm-fan oldidagi jumboqlardan biridir). Agar, ichidan tok oqib o‘tayotgan simlarni g‘altak shaklida o‘rab chiqilsa, unda har bir o‘ralgan tola, o‘ziga teginib turgan qo‘shni tolaning magnit kuchini yanada kuchaytiradi va natijada, g‘altakka o‘ralgan simning magnit kuchi, aynan shunday uzunlikdagi to‘g‘ri tortilgan simning magnit kuchidan ancha kuchli bo‘lib qoladi. Agar, shunday tarzda, simni temir o‘zak atrofida o‘rab chiqilsa, natijada temir o‘zakli g‘altak hosil bo‘ladi. Bunday g‘altak kuchli elektromagnit xossalarga ega bo‘lib, elektrotexnikada juda keng qo‘llanadi. Temir o‘zakli g‘altakning magnit kuchi o‘sha temir o‘zakning uchlarida, boshqacha aytganda, qutblarida eng kuchli bo‘ladi. Shu sababli ham, temir bo‘laklari aynan qutblarga ko‘proq tortiladi. Temirning ushbu kuchli elektromagnit xossasidan, temir va po‘latni ko‘tarishda, metallolom tashishda ko‘tarma kuch sifatida foydalaniladi. Elektromagnit kuchi metallurgiya va metallolom korxonalarida tonnalab metallni joydan-joyga ko‘chirishda va yuklashda asosiy vosita sanaladi. 101 Albatta, temir va magnitning o‘zi, hamda, elektr o‘tkazayotgan simlardan tashqari, boshqa ko‘plab moddalar ham magnit xossasiga ega. Lekin, boshqa moddalarning magnit xossasi deyarli sezilarsiz bo‘lgan uchun, ular haqida biz ham deyarli bilmaymiz. Po‘latning aksariyat navlarida atomlarning erkin harakati sof temirnikichalik bo‘lmay, balki, birmuncha cheklangan bo‘ladi. Ya’ni, po‘latning atomlari muayyan tartibda joylashgan bo‘lib, ularga elektr ta’sir qilganda ham va tok ta’siri o‘chirilganda ham bir xil tartibda qolaveradi. Shu sababli, bunday po‘latdan tayyorlangan magnitni doimiy magnit deyiladi. Ko‘pchiligimizga yaxshi tanish bo‘lgan taqasiman o‘yinchoq magnitlar aynan shunday po‘latdan yasaladi. Magnit kuchi nisbatan past va sezilarsiz bo‘lgan moddalar paramagnitiklar deyiladi. Temir va boshqa kuchli magnitlar esa ferromagnetiklar deyiladi. Biz maqola avvalida tilga olgan magnetit temir rudasi shuningdek magnit temiri ham deyiladi va u tabiiy magnit manbasi sanaladi. Temirning magnit xossasi ilk bora qadimgi Yunonistonning Magneziya tog‘li hududida yashagan odamlar tomonidan o‘rganilgan va foydalanila boshlangan edi (shuningdek magniy va marganets elementlari nomi ham aynan shu hudud nomi bilan bog‘liq). Umuman olganda, bizning butun boshli sayyoramizning o‘zini ham ulkan magnit bo‘lagi singari tasavvur qilishimiz mumkin. Kompas orqali dunyo tomonlarini aniqlash ham Yerimizning aynan shu magnit xossasidan foydalanish evaziga amalga oshadi. O‘rta asrlarda tashqi ko‘rinishidan temirga o‘xshash, lekin, xossalari keskin farq qiluvchi yana ikki metall nemis konchilarini toza xunob qilar edi. Temir deb o‘ylab olingan rudadan temirga mutlaqo o‘xshamaydigan metall chiqib kelgani uchun, nemis konchilari uni yer ostida yashovchi yomon pakana odamchalar - gnomlar sehrlab qo‘ygan va shu sababli yaroqsiz bo‘lib qolgan temir deb o‘ylashgan. Nemislar pakana odamni, shuningdek gnomlarni kobold deb atashgan. Aynan shu atama orqali davriy jadvaldagi 27-raqamli element – kobaltga nom berilgan. Yana bir shunga o‘xshash «yaroqsiz» metallni konchilar «kupfernikel» deb atashgan. Bu so‘zning ma’nosi «shayton misi» degani bo‘lib, keyinchalik uning tarkibidagi nikel so‘zi 28-elementga biriktirilgan. Kobaltni ilk marta 1735-yilda Georg Brandt tomonidan sof holda olingan bo‘lsa, nikelni esa, 1751-yilda Aksel Frederik Kronstedt tomonidan olingan. Kobalt va nikel avvallari konchilarni xunob qilganini aytib o‘tdik. Temirning o‘zi ham ba’zan odamlar bilan shunday «hazillashib» turardi. Xususan, tabiatda keng tarqalgan temir Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling