Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
anodlangan alyuminiy deyiladi.
So‘nggi paytlarda, eshik va deraza romlari, tarnovlar va ho kazolar tayyorlashda, alyuminiydan keng foydalanilmoqda. Bunday mahsulotlar uchun qo‘shimcha himoya choralarini ko‘rish, yoki, bo‘yash shart emas. Lekin ularning kamchilik jihati shundaki, alyuminiydan tayyorlangan eshik-romlar turli zarbalar ta’sirida oson egilib, o‘z shaklini 95 yo‘qotishi mumkin. Shu sababli, quruvchilar aksar hollarda baribir temir yoki, yog‘och materialini afzal ko‘rishadi. Metallning o‘zi qanday tabiiy rangda bo‘lishidan qat’iy nazar, aksariyat metallarning kukunlari asosan qora rangda bo‘ladi. Alyuminiy esa bundan mustasnodir. Alyuminiyning kukuni ham, ushbu metallning kattaroq bo‘lagi kabi oqish-kumushrang va yarqiroq bo‘ladi. Alyuminiy kukunini zig‘ir moyi bilan aralashtirib, alyuminiy bo‘yog‘i olinadi. Bunday bo‘yoq bilan bo‘yalgan yuza juda yaxshi nur qaytaruvchi bo‘ladi. Shuningdek, bunday bo‘yoqli yuzaning issiqlik o‘tkazish va zanglashdan himoya qilish xususiyati ham yuqori bo‘ladi. Va nihoyat, alyuminiy – uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlash uchun eng maqbul metall sanaladi. Hozirgi kunda alyuminiydan tayyorlangan oshxona jihozlari, idishlar va boshqa maishiy buyumlarni har bir xonadonda shubhasiz uchratish mumkin. Biz foydalanayotgan alyuminiy kastryullar, qoshiq va sanchqilar, Napoleon III zamonasi uchun hatto imperatorlar ham orzu ham qilolmaydigan darajadagi ziynat va hashamat bo‘lgan (ayrim xonadonlarda esa, alyuminiy idishlardan mol va itga ovqat berish uchun ham foydalaniladi ). Siz konfetni o‘ramidan ochib ko‘rganingizda asosiy qadoq ichida yana yaltiroq zarqog‘oz (folga) borligini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha yupqa zarqog‘oz ham alyuminiydan tayyorlangan bo‘ladi. Alyuminiy zarqog‘ozni shuningdek yana boshqa ko‘plab oziq ovqat mahsulotlarining qadog‘i ichida uchratish mumkin. Salqin va energetik ichimliklarning bankalarini eslasangiz, yana boshqa qadoqlar ham ko‘z oldingizga keladi albatta. Shuningdek, alyuminiy zarqog‘ozidan oshpazlar ham keng foydalanishadi. Zarqog‘ozga o‘rab pechda dimlab pishirilgan kurka go‘shtini yeganingizda, ushbu yupqa metall qog‘ozi go‘shtni kuyib qorayib ketishini oldini olishini mulohaza qilgan bo‘lsangiz kerak. Ushbu metallning issiqlikni juda yaxshi o‘tkazish xususiyati tufayli, undan tayyorlangan idishlarda ovqat nisbatan tez pishadi. Alyuminiy idish zanglamaydi va unga ozuqa mahsulotlari tarkibiga kiruvchi turli kislotalar ham ta’sir ko‘rsatmaydi. Eng asosiysi esa, alyuminiy idishlar juda yengil bo‘lib, bu nozik uy bekalari uchun ayni muddaodir. Shu sababli ham, alyuminiy bizning zamonamizda oshxonaning eng asosiy elementiga aylanib qolgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling