Parametrlarini hisoblash


Download 13.65 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi13.65 Kb.
#1429971
Bog'liq
1-AMALIY RMVA RK


6 – Amaliy ish


Mavzu: YARIMO‘TKAZGICHLAR ASOSIDAGI RADIOKOMPONENTLARNING
PARAMETRLARINI HISOBLASH

Topshiriqni echishning birinchi bosqichida berilgan elektr sxemani shunday o‘zgartirish kerak-ki, bunda sxemaning barcha tashqi chiqishlari taglikning uzun tomonlari chekkalariga joylashishi va yupqa o‘tgazgichlar kesishmasligi ta’minlanishi zarur. YUpqa o‘tkazgichlar kesishuvini korpussiz operatsion kuchaytirgichning chiqishlari bilan yupqa pardaning kesishishlari bilan almashtirib, oxirgi shart bajariladi. Ushbu operatsiya birinchi masalani echish misolida ko‘rsatilgan.


Gibrid integral mikrosxemalar passiv elementlarining o‘lchamlarini hisoblash ikkinchi etapni tashkil etadi.
Birinchi jadvalda keltirilgan nominal qarshiliklar Ri va yupqa pardaning solishtirma qarshiliklari Rs ga binoan pardasimon rezistorlar o‘lcham va konfiguratsiya (shakli)lari aniqlanadi. Rezistorlar tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar turi minimal bo‘lmog‘i kerak. Bunda bitta materialdan foydalanish maqsadga muvofiq.


Pardasimon rezistorlar materiallari



Rezistorlar tayyorlash uchun ishlatiladigan material nomi

Solishtirma qarshiligi OM/kvadrat

Tayyorlash usuli

Nixrom
MLT-3 M
RS-3001
Kermet

300
500
1000÷2000
3000÷10000

Termik
purkash

Tantal
Tantal nitridi

20÷100
1000

Katod
purkash

SHundan keyin barcha rezistorlar uchun forma (shakl) koeffitsienti topiladi


Kφ=Ri/Ps (1)
Material tanlanganda eng katta qarshilikni rezistor uchun forma koeffitsienti ning qiymati 50dan kichik bo‘lmog‘i shart.
Forma keffitsienti qiymati (1)dan foydalanilgan xolda, topilganidan so‘ng rezistor shakli aniqlanadi. Forma koeffitsienti Kφ ≤ 10 bo‘lganda, rezistor ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bitta tasmachadan iborat bo‘ladi (1a yoki 1b-rasm), Kφ ≤ 10 bo‘lganda rezistor shakli arrasimon (“meandr”) ko‘rinishida bo‘ladi yoki (1v-rasm) har biri uchun Kφ ≤ 10 bo‘lgan ketma-ket ulangan bir necha tasmachalardan tashkil topadi (1g-rasm).
To‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi pardasimon rezistor uzunligi L ni uning kengligi b asosida hisoblanadi. Agar rezistorda sochiluvchi quvvat va uning qiymatiga ruxsat etilgan chetlanishlar berilmagan bo‘lsa, b=bmin deb hisoblasa bo‘ladi.
bmin ning qiymati pardasimon rezistorlarning tayyorlash usuliga bog‘liq (maskalardan (niqob) foydalanib tayyorlanganda bmin =100mkm ni tashkil etadi).
b ning qiymati aniqlanib, l ni hisoblab topiladi:
L=Kφ · bmin (2)
YUpqa parda uzunligi l < lmin = 500mkm (bunga yo‘l qo‘yilmaydi), bo‘lgan holda alohida vaziyat vujudga keladi. Bunday holda l = lmin deb olinadi va b ning qiymati topiladi:
b= lmin/ Kφ
“Meandr” (1v-rasmga qarang) turidagi rezistor uchun yupqa parda uzunligi sifatida rezistiv tasmachalar o‘rta chizig‘i uzunligi qabul qilinadi.
Bir necha ketma-ket ulangan tasmachalardan tuzilgan rezistor uchun l ning hisoblab topilgan uzunligi barcha tasmachalar uzunliklari yig‘indisidan tashkil topadi.
Download 13.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling