Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
alyuminiy oksidining gidratlaridan iborat mayda zarrachalarni hosil qiladi. Bunday zarrachalar
bilan ishlov berilsa, mato tolalari bir-biriga yanada jips yopishadi va matoning pishiqligi ortadi. Boz ustiga, bunday gidrat bilan ishlov berilgan mato sirtiga bo‘yoqlar ham yaxshi o‘rnashadi va to‘qimachilikda shu orqali mahsulot rang-barangligi ortishiga erishiladi. Bo‘yoq moddalarning yaxshi o‘rnashishiga zamin bo‘luvchi bunday moddalarni kimyogarlar mordantlar deb nomlaydilar. Mordantlar vositasida matolarni bo‘yash ancha osonlashadi. 91 Siz yuqoridagi hikoyalardan kelib chiqib, alyuminiyning birikmalari atrofda tiqilib yotibdi ekan degan fikrga borgan bo‘lishingiz mumkin. Haqsiz. Alyuminiy birikmalari tabiatda haqiqatan ham juda ko‘p va u har tarafda sochilib yotibdi. Lekin, bu degani alyuminiyning o‘zi har yerdan topsa bo‘ladigan arzon metall degani emas. Alyuminiy tuproq va gil tarkibida salmoqli miqdorda ekanini bilgan holda, ko‘pchilik uni juda oson va deyarli tekinga olinadigan modda deb o‘ylaydi. Aslidachi? Aslida hammasi tamomila boshqacha. U oyoq ostimizda, har yerda to‘lib yotgani bilan, lekin alyuminiyni alohida holda ajratib olish oson ish emas. Tuproq va umuman, silikatlar tarkibida mavjud bo‘lgan alyuminiy atomlari boshqa elementlar atomlari bilan shu darajada mustahkam birikib olganki, ularning bog‘larini uzish, ya'ni, alyuminiyni alohida ajratib olishning deyarli iloji yo‘q. Metall alyuminiyni birinchi bo‘lib, 1825-yilda Daniyalik kimyogar Xans Xristian Ersted (1777-1851) ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, uning alyuminiy ajratib olish usuli juda qimmat bo‘lib, iqtisodiy jihatdan o‘zini mutlaqo oqlamas edi. Shunga qaramay, Ersted yo‘lga qo‘ygan usul, alyuminiyni metall holida ajratib olish uchun yana 25 yil davomida yagona usul bo‘lib qoldi va shu sababli, to 1850-yilgacha alyuminiydan tijorat va sanoat maqsadlarida foydalanishning iloji bo‘lmagan. Lekin, 1850-yillarda alyuminiyni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganida ham, uning tannarxi juda qimmat bo‘lib qolavergan. O‘sha paytlarda ushbu metall xuddi oltin va kumush kabi qimmatbaho metallar turkumiga kirgan. Chunonchi, 1850-yilda 1 kg alyuminiy narxi 180 AQSH dollarini tashkil qilgan. Bu narx o‘sha paytdagi kumush narxidan deyarli ikki barobar qimmat bo‘lib, oltinning narxi bilan teng yurgan. Narxining o‘ta qimmatligi sababli, alyuminiydan tayyorlangan buyumlar XIX asr o‘rtalarida ziynat va hashamat buyumlari sifatida qadrlangan. Alyuminiydan yasalgan narsalarga faqat qirol va uning oilasi, shuningdek eng badavlat mulkdorlar va zodagonlar, ega bo‘lishgan xolos. 1850-1860 yillarda Farangistonda hukmronlik qilgan imperator Napoleon III uchun maxsus alyuminiy sanchqi (vilka) tayyorlangan. Uning go‘dak o‘g‘li uchun esa alyuminiydan shildiroq o‘yinchoq tayyorlab berishgan. Ya'ni, o‘sha paytlarda alyuminiy faqat imperatorga tegishi hashamat belgisi bo‘lgan. 1855-yilda Parijda o‘tkazilgan butunjahon ko‘rgazmasida alyuminiy quymasi Fransiya fan-texnikasining eng yuksak yutuqlaridan biri sifatida katta shov-shuv bilan namoyish qilingan. Uni olimlar «loydan olingan kumush» deb atashgan. Biroq, kimyogarlar tuproqdan alyuminiy ajratib olishning nisbatan oson va arzon yo‘llarini muntazam qidirib, tobora yangi-yangi usullarni ishlab chiqa boshladilar. Mutaxassislarning sayi-harakatlari bilan, 1880-yillar boshiga kelib alyuminiyning bozor narxi 10 AQSH dollari qiymatigacha tushib ketdi. Chunki, alyuminiy olishning juda arzon texnologiyalari ixtiro qilingan edi. Alyuminiy olish texnologiyasidagi eng muhim voqea esa 1886-yilda sodir bo‘ldi. O‘shanda, atiga 22 yoshda bo‘lgan amerikalik kimyogar Charlz Martin Xoll (1863-1914) tomonidan, alyuminiy oksididan metall alyuminiy ajratib olishga asoslangan juda arzon texnologik usul o‘ylab topilgan edi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Xoll bilan bir yilda tug‘ilib, u bilan aynan bir yilda vafot etgan farang kimyogari Pol Eru ham, aynan o‘sha 92 1886-yilda metall alyuminiy olishning xuddi shunday usulini kashf qilgan edi. Aytilishicha, Xoll va Eru bir biridan mutlaqo bexabar, har ikkisi ham mustaqil tarzda ushbu usulni kashf qilishgan emish. Alyuminiyning toza oksidi oq kristall modda ko‘rinishida bo‘lib, u ikki atom alyuminiy va uch atom kisloroddan iborat bo‘ladi (Al 2 O 3 ). Tabiiy alyuminiy oksidini shuningdek korund deb ham ataladi. Bundan tashqari, alyuminiy oksidining sofligi nisbatan past bo‘lgan turi bizga Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling