Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
angidrididir. Uning formulasi As
2 O 3 bo‘lib, tashqi ko‘rinishi kristall oq modda bo‘ladi. Uni kimyo adabiyotlarida shuningdek arsenit angidrid nomi bilan ham uchratish mumkin. O‘zbek tilida margimush deb ataladigan zahar modda ham aynan shu birikma bo‘ladi. Bu o‘ta kuchli zaharlardan biri bo‘lib, odam uchun atiga 0.15 gramm doza o‘limga olib keladi. Margimushni juda oz-oz dozalarda asta-sekinlik bilan iste’mol qilib borilsa, odam organizmi unga nisbatan ko‘nikish hosil qiladi va uzoq vaqt chiniqishdan keyin, margimushning o‘lim dozasi ham ta’sir qilmas darajada chiniqib oladi. Biroq, odam tanasi zaharlar ichida faqat margimushga nisbatangina shunday chidamlilik hosil qila oladi xolos. Bu «fokus» boshqa zaharlar bilan o‘tmaydi va boshqa zaharlarga ham shunday ko‘nikma hosil qilmoqchi bo‘lgan odam, shunchaki zaharlanib o‘ladi. Aytishlaricha, qadimgi Pont davlati podsholarida biri Mitridat o‘zini zaharlab qo‘yishlaridan ehtiyot himoya chorasi sifatida, avvaliga margimushga nisbatan shunday chiniqish hosil qilib, keyin boshqa zaharlarga ham tanasini o‘rgatmoqchi bo‘lgan va oqibatda o‘zini-o‘zi halok qilgan ekan. Lekin siz hech qachon 84 margimushni o‘zi bilan ham o‘z ustingizda tajriba o‘tkaza ko‘rmang!!! Bu yaxshilikka olib bormaydi!!! Jinoyat-qidiruv ishlarida mutaxassislar ko‘pincha murdaning zaharlab o‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni tekshirib chiqishlariga to‘g‘ri keladi. Agar odam margimush bilan zaharlanish oqibatida vafot etgan deb taxmin qilinsa, unda tana a’zolari to‘qimasidan biridan kichik namuna olinadi va unga metall va kislota aralashmasidan iborat reagent bilan ishlov beriladi. Kislota va metall o‘zaro reaksiyaga kirishib, vodorod gazi ajratib chiqaradi. Agar namunada margimush qoldiqlari mavjud bo‘lsa, undagi mishyak va ajralib chiqayotgan vodorod o‘zaro ta’sirlasha boshlaydi va natijada yana bir kuchli zaharli gaz – arsin (AsH 3 ) hosil bo‘ladi. Keyin arsin gazini avvaldan maxsus qizdirib tayyorlab qo‘yilgan trubka orqali o‘tkaziladi. Trubkadagi issiqlik ta’sirida arsin mishyak va vodorodga parchalandi. Trubkaning nisbatan sovuq qismiga kelib tushgach esa, mishyak sovib, kulrang dog‘-qurum tarzida o‘tirib qoladi, vodorod esa chiqarib tashlanadi. Agar shunday dog‘ paydo bo‘lsa, demak mishyak bilan, aniqrog‘i, margimush bilan zaharlanganlik to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Zaharlanish holatlarini bu tarzda taftish qilish amaliyotini jinoyat-qidiruv sohasida ishlovchi kimyogar mutaxassislar «Marsh testi» deb atashadi. Usulni, uning kashfiyotchisi – ingliz kimyogari Jeyms Marsh (1794-1846) sharafiga shunday nomlashgan. Marsh usuli uzoq yillar mobaynida mutaxassislarga ko‘plab qotillik jinoyatlarini fosh qilish uchun beqiyos xizmat qilib kelmoqda. Margimushning suv molekula va boshqa ayrim elementlar atomlari bilan birikishidan arsenatlar deb ataluvchi zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Arsenatlarning zaharlilik darajasini nazorat qilgan holda va o‘ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lib qo‘llash orqali, ulardan turli zararkunandalarga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Arsenatlar asosida ishlab chiqarilgan insektitsidlarni mevali daraxtlarga purkaladi. Shuningdek, paxta dalalarida ham ko‘sak qurtiga qarshi kurashish uchun arsenatlar asosidagi insektitsidlar sochib chiqiladi. Arsenatlar ichida eng mashhuri bu «Parij yashili» deb nomlangani bo‘lsa kerak. U mis (II)- atsetat-arsenit aralashmasi bo‘lib, kimyoviy formulasi Cu(CH 3 COO) 2 ·3Cu(AsO 2 ) 2 tarzda yoziladi. Bu modda yana boshqa o‘nlab nomlar bilan jahon bo‘ylab keng tarqalgan bo‘lib, asosan yashil bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, pirotexnika vositalari tayyorlashda, hamda asosan zararkunandalarga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Lekin uning toksik xossalari tufayli, hozirda jahonning ko‘plab mamlakatlarida undan bo‘yoq ishlab chiqarilishida foydalanish ta’qiqlangan. Bu modda asosan kalamush, sichqon kabi kemiruvchi zararkunandalarga qarshi yaxshi vosita sanaladi. Mishyak shuningdek birinchi jahon urushida qo‘llanilgan va hozirda ta’qiqlangan ayrim zaharli gazlar tarkibiga ham kiradi. Xususan, lyuizit gazi (ClCH=CHAsCl 2 ) mishyakli zaharli harbiy gazdir. Bu gaz odam tanasining teri qoplamasiga hamda yuqori nafas yo‘llariga toksik ta’sir qiladi. Yuqoridagilarni o‘qib, mishyak haqida faqat salbiy taassurotga ega bo‘lib qolayotgandirsiz? Biroq, mishyakka faqat zahar modda sifatida qarash to‘g‘ri emas. Mishyakning ayrim birikmalari avvallari tibbiyotda keng qo‘llanilgan. Masalan, olmon olimi Paul Erlix tomonidan kashf qilingan arsfenamin (C 12 H 14 N2Cl 2 As 2 ) moddasi, erkaklarda siydik 85 yo‘llari yallig‘lanishi bilan kechuvchi jinsiy kasalliklarni davolash uchun XX asrning birinchi yarmida ancha keng qo‘llanilgan. Boshqacha (tijorat) nomi salvarsan bo‘lgan ushbu modda hozirda tibbiyotdan chiqarib tashlangan. Chunki, hozirda farmatsevtikada undan-da samaraliroq va xavfsiz boshqa preparatlar kashf etilgan. O‘rni kelganda shuni ham aytib o‘tish kerakki, Erlixning o‘zi o‘sha dorini «606» deb atagan. Chunki, olim bundan avval 605 xil boshqa moddalar bilan tajriba o‘tkazib ko‘rgan va faqat 606-urinishda, ya'ni, arsfenamin bilan davolashdagina ijobiy natijaga erishgan ekan. Davriy jadvaldagi mishyakning yana boshqa qarindoshlari – 51-raqamli element – surma, hamda, 83-raqamli element – vismut bo‘ladi. Ularning har ikkalasi ham insoniyatga qadimdan ma’lum. Surma elementining nomi kimyo adabiyotlarga turkiy tillardagi ishlatiladigan va qadimda ayollar qoshlarini qoraytirish maqsadida qo‘llagan surma moddaning nomidan olingan. Uning lotincha nomi stibium ham, avvaliga qadimgi Misrliklar va ulardan o‘rganib, qadimgi yunonlar keng qo‘llagan qosh qoraytiruvchi kosmetika moddasining nomidir. Surma tabiatda bir necha xil allotropik shakllarda uchraydi. Asosan kumushrang-oq ko‘rinishda bo‘ladi. Surmaning eng qiziqarli turlaridan biri portlovchi surma sanaladi. Bunday surma faqat laboratoriyalarda bo‘ladi va uni ishqalansa, issiqlik ta’sirda qarsillagan portlash ovozlari chiqarish bilan oddiy surmaga aylanadi. Surmaning tabiiy shakllaridan hech biri portlovchi emas. Surma qarindoshi mishyak singari zaharli emas. Lekin u beozor ham emas. Agar bir atom surma va uch atom vodorod biriksa, stibin (H 3 Sb 3 ) deb nomlanadigan modda hosil bo‘ladi. Stibin zaharlilik xossalariga ko‘ra arsin bilan juda o‘xshash xavfli moddadir. Biz surmadan qosh qoraytirish uchun foydalanishganini aytib o‘tdik. Gap shundaki, surmaning ikkita atomi va oltingugurtning uchta atomi birikishidan hosil bo‘luvchi surma trisulfidi (Sb 2 S 3 ) qadimgi dunyo ayollarini uchun kosmetik qalam o‘rnida xizmat qilgan. Bunday qalamlardan hatto Misr fir’avnlari zamonida, ya'ni, bundan naq 5000 yillar avval ham ayollar o‘zlari oro berish uchun foydalanishgan. Surma bilan bo‘yalgan qosh uzoq muddatgacha qop-qora bo‘lib, jilvalanib turgan va ayollar chiroyiga chiroy qo‘shgan. Hozirda surma trisulfididan kosmetik qalam tayyorlashdan tashqari yana shuningdek gugurt ishlab chiqarilishida ham keng foydalanilmoqda. Surma trisulfid qo‘shilgan gugurt fosforli gugurtdan ko‘ra nisbatan xavfsiz bo‘ladi. Biroq, surma trisulfidi aralashgan gugurt boshchasi alanga olishi uchun kuchliroq issiqlik manbai kerak bo‘ladi. Bunday gugurtni shunchaki dag‘al sirtga ishqalash bilan yondira olmaysiz. Shuning uchun surmali gugurtlarni yoqish uchun gugurt qutisiga maxsus fosforli dag‘al chiziq tortiladi. Ushbu chiziqdagi fosforga ishqalanishgina surmali gugurtga o‘t olish uchun yetarli issiqlik bera oladi. Surma gart ishlab chiqarishda qo‘llanadigan metallardan biridir. Gart bu – nisbatan past haroratda eriydigan va quyish, eritib qayta quyish oson bo‘lgan rangli metallar qotishmasi bo‘lib, undan tipografiyada, harflar shakllarini va boshqa anjomlarni tayyorlash uchun foydalaniladi. Shuning uchun gartni ba’zan «tipografik qotishma» ham deyiladi. 86 Vismutning esa nomi qanday kelib chiqqani noma’lum. Taxminlarga ko‘ra u nemischa «weisse masse» so‘zidan yasalgan va ma’nosi «oq massa» degan ma’noni anglatadi. Vismut ham boshqa elementlar bilan birikma holida, oson eriydigan modda hosil qila oladi. Oson eriydigan qotishmalarning eng asosiy xossasi ularning qanday haroratda eriy boshlashi bilan belgilanadi. Ba’zi qotishmalar hatto suvning qaynash haroratidan ham past haroratda eriydi, masalan, Vud qotishmasi deb yuritiladigan qotishma aynan shunday xossaga ega bo‘lib, u 71 °C da eriydi. Vud qotishmasining tarkibida 50% miqdorda aynan vismut mavjud bo‘ladi (qolgan qismi: 12,5% - qalay, 25% - qo‘rg‘oshin, 12,5 - kadmiy). Bir paytlar ayrim shumtaka kimyogar talabalar Vud qotishmasidan qaltis hazillar qilish uchun ham foydalanishgan. Masalan, dasturxonga yangi kelib qo‘shilgan mehmonga qaynoq qahva, yoki, choy keltirib, shakar va qoshiqni alohida uzatishgan. Qo‘lidagi qoshiq Vud qotishmasidan tayyorlanganidan bexabar mehmon, shakarni qahvaga solib, qoshiq bilan aralashtira boshlagan. Qoshiq esa, qahva issiqligi ta’sirda erib, idish ichiga qorishib ketgan... Vud qotishmasini qo‘llashning boshqa, ancha jiddiy va o‘ta muhim sohalari ham bor. Xususan, bino va inshootlar ichida yong‘indan ogohlantirish tizimlarida ushbu qotishma juda asqotadi. Vud qotishmasidan tayyorlangan maxsus uskunalar (trubka, suv sochuvchi poynaklar va ho kazo) xonalar shiftlariga mahkamlanadi. Agar mabodo xona ichida yong‘in chiqsa, Vud qotishmasidan tayyorlangan o‘sha uskunalar sirtlari darhol erib ketadi va ichida saqlanayotgan suvni ochib yuboradi. Yong‘in ustiga birdaniga yopirilgan katta miqdordagi suv o‘tni o‘chiradi. Jarayonni yanada takomillashtirish orqali, aytaylik, metall erib ketishi bilan undan o‘tayotgan past kuchlanishli tokdan kontakt uziladigan qilib, kontakt uzilsa, darhol ogohlantiruvchi tovushli va vizual signalizatsiyalar qilish mumkin. Bu ko‘proq muhandislarning mahorati va fantaziyasiga bog‘liq. Vismut birikmalari shuningdek tibbiyotda ham ko‘p qo‘llanadi. Masalan, ancha murakkab molekulyar strukturali vismut subgallat moddasi yaxshigina antiseptik sanaladi va yara va jarohatlarni davolashda ishlatiladi. Tarkibida vismut bo‘lgan dorilardan oshqozon- ichak kasalliklarida foydalaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling