Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

merkaptanlar deyiladi. Birinchi jahon urushi paytida tomonlar bir-biriga nisbatan qo‘llagan 
eng zaharli gazlardan biri xantal gazi deb atalgan. Aslida-ku, bu gaz ham emas, balki 
uchuvchan suyuqlik bo‘lib, hidi sarimsoqpiyozning o‘ta qo‘lansa hidiga o‘xshash bo‘lgan. 
Tarix darsliklarida ushbu gazni «iprit» tarzida qayd etiladi. Uning kimyoviy formulasi esa 
C
4
H
8
Cl
2
S shaklida keltiriladi. Ushbu gaz undan nafas olgan odamga o‘ta bo‘g‘uvchi salbiy 
ta’sir ko‘rsatib, ko‘rish organlarini ham zararlagan. Uning suyuq holda teriga kelib tushishidan 
esa, uzoq vaqt qichishib azob beradigan va o‘ta sekin bitadigan yara-shishlar hosil bo‘lgan.
Lekin, ushbu bayon qilinganlar orqali oltingugurt hayot uchun xavfli modda ekan degan 
xulosa chiqarmaslik kerak. Chunki, oltingugurt hayot uchun g‘oyat zarur bo‘lgan vitaminlar 
tarkibida, shuningdek, penitsillinda, sulfanilamid preparatlarida, hamda, maishiy turmushda 
ishlatiladigan bo‘yoq moddalar tarkibida bo‘ladi. Shuningdek, barcha turdagi tirik 
to‘qimalarda albatta oltingugurt birikmalari mavjud bo‘ladi.
Yaxshiyamki, odam organizmida mavjud bo‘ladigan oltingugurt birikmalari hidga ega 
emas. Biroq, muayyan sharoitlarda ular ham hidlanib qolishi hech gap emas. Terida, soch 
tolalarida va qushlarning patida oltingugurt birikmalari ko‘p bo‘ladi. Siz so‘yilgan tovuq, 
o‘rdak, yoki g‘oz patini kuydirib tozalash jarayonini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha kuydirish 
jarayonida atrofga tarqaladigan hid aynan patlardagi oltingugurt birikmalaridan taraladi. Soch 
kuyganda ham shunga o‘xshash hid chiqadi va u hid ham sochdagi oltingugurt birikmalari 
tufayli yuzaga keladi.
Tuxum ham tarkiban oltingugurt va uning birikmalariga boy bo‘ladi. Tuxum eskirgani 
sari undagi mazkur oltingugurt birikmalari nisbatan sodda molekulalarga parchalandi. Shu 
jarayonda, tarkibi bir atom oltingugurt va ikki atom vodoroddan iborat serovodorod moddasi 
hosil bo‘ladi. Serovodorod – aynigan tuxumga shunday qo‘lansa hid beradigan birikmadir. 
Ya’ni, palag‘da bo‘lgan tuxumning hidi aynan serovodorod tufayli yuzaga keladi.
Hidi o‘ra qo‘lansa va chidab bo‘lmas darajada sassiq bo‘lishiga qaramay, serovodorod 
birmuncha foydali kimyoviy modda sanaladi. U bilan ishlashda oson bo‘lishi uchun 
kimyogarlar serovodorodni suvda eritishadi. Suvda erigan serovodorod boshqa ko‘plab atomlar 
bilan birikishi mumkin va bunday birikish jarayonidan sulfidlar deb ataluvchi alohida turkum 
kimyoviy moddalar hosil bo‘ladi. Sulfidlarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning o‘zini 
tutishi ham turli-tumandir. Ulardan ayrimlari oddiy suvda ham erishi mumkin; boshqalarini 
eritish uchun esa kuchli yoki kuchsiz kislotalar zarur bo‘ladi. Kimyogarlar notanish muayyan 
moddaning nimadan tarkib topganini aniqlash uchun, unga serovodorod bilan ta’sir ko‘rsatib 
ko‘rishadi. Bunda, serovodorod bilan ta’sir ko‘rsatilgach Sulfidlarning o‘zini qanday tutishini 
kuzatiladi. Bu kimyoviy tahlil usullari ichida keng tarqalgan usullardan biri sanaladi.


76 
Serovodorod orqali kimyoviy tahlil usuli ushbu sohadagi eng sodda va oson 
o‘rganiladigan usullardan biri bo‘lgani uchun, kollej va institutlarning kimyo laboratoriyalarida 
odatda ushbu modda hidi anqib turadi.
Albatta, serovodorod zaharli gaz sanaladi va uning salbiy ta’siri is gazinikidan ham 
kuchliroq bo‘ladi. Lekin, serovodorodning juda past konsentratsiyasini ham burun hid sezgilari 
darhol farqlaydi va xona havosini zudlik bilan shamollatish orqali undan tez qutulish mumkin. 
Serovodorodni juda past miqdorini ham inson burni juda tez sezgani bois, ayrim hidsiz 
gazlarning xonada yig‘ilib qolishini va natijada portlash, yoki, yong‘in kelib chiqishini oldini 
olish uchun ataylab ushbu gazdan qo‘shib yuboriladi. Masalan, tabiiy gaz quvurlari orqali 
xonadonlarimizga yetib keladigan metan gazi – CH
4
aslida hidsiz gaz bo‘ladi. Shu sababli, sof 
metanni qanday konsentratsiyada bo‘lmasin, odam burni seza olmaydi. Agar sof metan xonada 
yig‘ilib qolsa, arzimagan uchqundan ham birdaniga alanga oladi va katta yong‘in, yoki, 
portlash kelib chiqishi mumkin. Shunday falokat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida
tabiiy gazni aholiga yetkazib berishdan avval unga ataylab oltingugurt birikmalari, ya’ni, 
merkaptanlar qo‘shiladi. Merkaptan qo‘shilgan gaz hidini esa, u sizib chiqishni boshlagan 
zahotiyoq sezish mumkin.
Oltingugurt insonga naf keltiradigan sohalardan yana biri – rezina ishlab chiqarish 
sohasidir. Qisqa qilib aytganda, oltingugurt bo‘lmasa, rezina ishlab chiqarishning ham imkoni 
yo‘q.
Rezina qatlami qo‘llash orqali kiyim-boshni suv o‘tkazmaydigan qilish g‘oyasini ilk 
bora amaliy sinab ko‘rgan shaxs – Shotlandiyalik chevar Charlz Makintosh bo‘ladi. Hozirgi 
kunda ham, yomg‘ir o‘tkazmaydigan plash kiyimlarini makintosh deyiladi. Suv 
o‘tkazmaydigan va shu sababli, kuchli yomg‘irda ham bemalol kiyib yurish mumkin bo‘lgan 
dastlabki kiyimlar unchalik ham qulay bo‘lmagan. Chunki, issiq haroratda kiyim ustidagi 
rezina qoplamasi yopishqoq bo‘lib qolardi va asabga tegardi. Sovuq haroratda esa rezinali 
kiyim qattiq bo‘lib, dag‘al va qo‘pol buyumga aylanardi.
1839-yilda AQSHlik Charlz Gudir tasodifan, oltingugurt va rezina aralashmasini qizib 
turgan tancha ustiga to‘kib yuboradi. U to‘kilib ketgan mazkur aralashmani sidirib olar ekan, 
rezina avvalgidan ko‘ra yanada elastik bo‘lib qolgani, boz ustiga, hamon o‘zining suv 
shimmaslik xususiyatini saqlab qolganini payqadi. Shu tarzda, Charlz Gudir biz hozirda 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling