Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

nordon kislota ham deyiladi. Fanda esa uni xlorid kislota deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Xlorid 
kislota uchta eng kuchli kislotalardan biri bo‘lib, arzonligi va kuchli kislota ekanligi sababli, 
sanoatda keng qo‘llaniladi.
Lavuazye «kislota» tushunchasiga ta’rif berganida, uning tarkibida kislorod mavjud 
bo‘lishi kerakligini aytib o‘tgan edi. Lekin, xlorid kislota buning unchalik ham to‘g‘ri ta’rif 
emas ekanligiga eng oddiy misoldir. Chunki, xlorid kislota tarkibida kislorod umuman yo‘q. 
Lekin, barcha kislotalarda bo‘lgani kabi, xlorid kislotada ham vodorod albatta mavjud.
Xlorid kislota – xlor atomi va boshqa element atomlaridan tashkil topgan butun boshli 
muayyan birikmalar sinfining yaqqol misolidir. Bunday birikmalarni kimyoda xloridlar 
deyiladi. Xlorid birikmalar ichida nisbatan eng keng tarqalgani va biz eng yaxshi 
taniydiganimiz bu – oddiy osh tuzidir (NaCl). 
Xlorning ayniqsa xloridlar ko‘rinishida tirik organizmlar uchun ahamiyati katta. Siz
ko‘z yoshi, peshona teri va tishingiz qonagandagi qonning nordon ta’mini his qilgan bo‘lsangiz 
kerak. Buning barchasi ushbu moddalar tarkibida xloridlar borligi sababidandir. Bizning 
organizmimizga xloridalar kerak va biz uni ozuqa moddalar tarkibidan qabul qilib turamiz. 
Hayvonlar, ayniqsa, go‘sht yemaydigan o‘txo‘r hayvonlar esa ozuqa tarkibidan yetarlicha tuz 
va ola olmagani sababli, ular yalama tuzlarga ehtiyoj sezishadi. Shu sababli ham xo‘jalikda 
boqiladigan chorva uchun oxurga katta-katta tuz toshi bo‘laklari qo‘yib qo‘yiladi. Yovvoyi 
muhitda yashaydigan o‘txo‘rlar esa, o‘z jonini xatarga qo‘yib, tabiiy holdagi tuz manbalarini 
qidirib yurishadi va topib yalashadi. Ayrim hududlarda, qishda o‘rmon oralab o‘tgan yo‘llarni 
muzlamadan tozalash uchun iste’molga yaroqsiz bo‘lgan kir texnik tuz sepilar edi. Lekin, bu 
tadbir o‘rmon hayvonlarining hayoti va haydovchilar uchun juda xavfli bo‘lib chiqdi. Chunki, 
hayvonlar, masalan, kiyiklar yo‘lga sepilgan tuzni yalash uchun chiqib olishar edi. Bu esa 


65 
avtohalokatlarga sabab bo‘lgan. Shu sababli, yo‘ldagi muzlamani eritish uchun keyingi paytda 
tuz sepish amaliyotidan voz kechildi.
Osh tuzi – xlorning eng mo‘l manbai sanaladi. Yer yuzida tarqalgan xlor elementining 
asosiy qismi aynan natriy xlorid ko‘rinishida g‘amlangan. Okean va dengizlar suvining ham 
3% dan ziyodroq qismi aynan shunday tuzdan iborat bo‘ladi. Dengiz suvining ichishga 
yaroqsiz, sho‘r holatda bo‘lishining asosiy sababi ham shu. Okean va dengizlardagi tuz miqdori 
burun Shimoliy Amerika qit’asini qalinligi ikki km keladigan tuz qatlami bilan qoplashga 
yetarlidir.
Qit’alar ichkarisidagi yopiq, ya’ni, dengizga tutashmagan suv havzalari, masalan, 
ko‘llar ham tuzga boy bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘llarni sho‘r ko‘llar deyiladi. Quruqlik 
ichkarisidagi yirik ko‘llarning deyarli barchasi shunday sho‘r ko‘llardir. Masalan, Kaspiy 
dengizi, Orol dengizi, Buyuk ko‘llar, O‘lik dengiz va ho kazolar shular jumlasidandir. 
AQSHning Yuta shtatida Katta Sho‘r ko‘l nomli yirik ko‘l mavjud. Bunday ko‘llarda ba’zan 
ularga kelib quyiluvchi daryolarda suv kamayishi yoki to‘xtab qolishi natijasida, ko‘ldagi suv 
bug‘lanib, sath keskin pasaya boshlaydi. Ba’zan esa, suv butunlay bug‘lanib ketib, ko‘l o‘rnida 
ulkan cho‘kindi jinslar, shu jumladan yirik tuz qatlamlari hosil bo‘ladi. Ba’zi ko‘llarning 
qurishi natijasidan hatto qalinligi ming metr va undan baland bo‘lgan tuz qatlami hosil bo‘lishi 
kuzatilgan.
Osh tuzni eritib, elektroliz qilinsa, undan sof holdagi xlor ajralib chiqa boshlaydi.
Davriy jadvalda xlor bilan bitta ustunda joylashga elementlar xlorga qardosh elementlar 
bo‘lib, ularni galogenlar deyiladi. Ushbu so‘zning ma’nosi «tuz hosil qiluvchi» degani bo‘lib, 
yunon tilidan olingan. Haqiqatan ham, xlor bilan turdosh ushbu elementlarning barchasi tuzga 
o‘xshash moddalar hosil qiladi.
Uglerod va xlor o‘zaro bevosita reaksiyaga kirishmagani bilan, ularni biriktirishning 
boshqa, bilvosita usullari mavjud. Uglerod yirik molekulalar hosil qila oladi. Uning shu xossasi 
minglab sondagi xlorli organik birikmalarda namoyon bo‘ladi. Tarkibida xlor tutuvchi shunday 
organik molekulalardan ikkitasini ko‘pchilik yaxshi taniydi.
Ulardan birinchisi – xloroformdir. Uning molekulasida bir atom uglerod, bir atom 
vodorod, hamda, uch atom xlor mavjud bo‘ladi. Xloroform suyuq modda bo‘lib, suvdan ko‘ra 
ancha past haroratda qaynaydi. Xona haroratida xloroform suvdan ko‘ra tezroq bug‘lanadi. 
Bunda tez bug‘lanadigan moddalarni fanda uchuvchan moddalar deyiladi. Xloroform 
og‘riqsizlantiruvchi vosita sanaladi.
Agar xloroform to‘g‘ri qo‘llansa, uni hidlagan odam qattiq uyquga ketadi va og‘riq 
sezmaydi. Og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida xloroform birinchi marotaba 1847-yilda 
qo‘llangan bo‘lib, ushbu modda ta’siridan foydalangan ilk bemorlardan biri – Buyuk Britaniya 
qirolichasi Viktoriya bo‘lgan edi. Biroq, keyinchalik, xloroformning buyrak, yurak va o‘pkaga 
nojo‘ya ta’siri aniqlanganligi sababli, keyinchalik u iste’moldan chiqarildi va o‘rniga boshqa, 
nisbatan xavfsiz vositalar joriy etildi.


66 
Xloroformga o‘xshab ketadigan yana bir modda uglerod tetraxlorid bo‘lib, uni 
tetraxlormetan ham deyiladi. Uning molekulasida vodorod atomlari yo‘q. Faqat bitta uglerod 
atomiga to‘rtta xlor atomi birikkan bo‘ladi (formulasi CCl
4
). Xloroform singari, uglerod 
tetraxlorid ham uchuvchan modda bo‘lib, rangsiz og‘ir suyuqlik ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu 
modda yonmaydi. Shu sababli ham, uni o‘t o‘chirgich vositalarda qo‘llash mumkin. 
Tetraxlormetan olovga sepilsa, u issiqlik ta’sirida tezda bug‘lanib ketadi. Uning bug‘i ham 
havodan ko‘ra 5 barobar og‘irroq bo‘ladi. Shu tufayli, ushbu bug‘lar tezda pastga tushib, 
yonayotgan yuzani qoplaydi va uni kisloroddan to‘sadi. Kislorod yetishmagandan keyin esa, 
olov o‘z-o‘zidan o‘chadi.
Shuningdek, uglerod tetraxlorid yog‘ va moylarni oson eritadi. Shu sababli ham undan 
quruq tozalov ishlarida ham foydalaniladi. Lekin, ushbu modda va uning bug‘lari odam uchun 
zaharlidir. Shu sababli ham, u bilan ishlaganda xonani doimiy shamollatish va havo aylanishini 
(ventilyatsiyani) ta’minlash shart. Uning eng katta afzalligi, yuqorida aytilganidek, yonmasligi 
bo‘lib, bu yong‘in chiqishini oldini oladi.


67 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling