Koinotning qurilish ashyolari


VI-BOB: KREMNIY – QURUQLIK ELEMENTI


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

VI-BOB: KREMNIY – QURUQLIK ELEMENTI 
Yerda tarqalganligi bo‘yicha ikkinchi 
o‘rinda turuvchi element – davriy jadvaldagi 
14-raqamli element – kremniy sanaladi. Yer 
qobig‘ining ≈20% qismini aynan kremniy 
tashkil qiladi. Tosh, tuproq va boshqa ko‘plab 
qattiq jinslarning asosi aynan kremniydan 
iborat bo‘ladi.
Kremniy 
tabiatda 
sof 
holda 
uchramaydi. Shu sababli, hatto kimyogarlar 
orasida ham sof kremniy elementini ko‘rganlar 
juda kamchilikni tashkil qiladi. Kremniyni bir 
necha xil allotropik shakllarda olish mumkin. 
Bu ishni tarixda birinchi bo‘lib, 1823-yilda 
shved kimyogari Yens Yakob Berselius amalga oshirgan. Tabiatda keng tarqalgan bo‘lishiga 
qaramay, kremniyni kimyoviy element sifatida qo‘llash sohalari unchalik ko‘p emas. Lekin, 
nisbatan yaqin o‘tmishda kashf qilingan quyosh panellari balki ushbu elementga bo‘lgan 
talabni keskin orttirishi mumkin. Yorug‘lik nurlari ta’sirida elektr toki ishlab chiqara oladigan 
quyosh panellarining asosiy qismini aynan kremniy elementidan tayyorlanadi. Biroq, muqobil 
energiya manbasi sifatida qaralayotgan quyosh panellari hozircha an’anaviy energiya 
manbalari o‘rnini to‘liq qoplaydigan darajada rivojlangani yo‘q va bu sohada hali ancha ishlar 
qilinishi kerak. Birinchi navbatda, bunday panellarning tannarxini pasaytirish muammosi 
turibdi. Chunki, aytib o‘tganimizdek, kremniy tabiatda sof holda uchramaydi. Quyosh paneli 
uchun esa, imkon qadar toza kremniy zarur bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham, bu borada tadqiqotlar 
davom etmoqda va kelajakda quyosh panellari insoniyatning elektr energiyasiga bo‘lgan hech 
bo‘lmasa maishiy turmush darajasidagi ehtiyojini to‘liq qoplashi maqsad qilingan.
Kremniy elementi shuningdek birikmalarining turli tumanligi bilan ham diqqatga 
sazovordir. Kremniy birikmalarining aksariyatini ko‘pchiligimiz juda yaxshi taniymiz. 
Kremniyli birikmalarning ko‘pchiligi juda foydali xossalari bilan ajralib tursa, yana ayrimlari 
chiroyli tashqi ko‘rinishi bilan odamlarni o‘ziga jalb qiladi.
Davriy jadvalda kremniy uglerodning ostida joylashgan bo‘lib, kimyoviy xossalariga 
ko‘ra unga judayam o‘xshaydi. Masalan, kremniy kristallidagi atomlarning joylashish tartibi 
uglerod kristallidagi atomlarning joylashish tartibi bilan bir xil. Shu sababli ham ushbu ikkala 
element odatiy sharoitda qattiq modda shaklida bo‘ladi. Lekin, kremniy atomlarining 
o‘lchamlari uglerod atomlaridan kattaroq bo‘lgani uchun, ularning o‘zaro bog‘lari unchalik 
ham mustahkam emas va shu sababli kremniyni parchalash nihoyatda oson. Shu sababli ham 
kremniyning qattiqligi uglerodnikidan ancha bo‘sh. Shuningdek, kremniyning erish harorati 
ham uglerodnikidan past bo‘lib, u 1420 °C da eriydi (uglerod 3500 °C da eriydi).


57 
Kimyoviy jihatda o‘xshashligi sababli, kremniy ba’zi o‘rinlarda uglerodning o‘rnini 
bosishi mumkin. Masalan, sof uglerod deb hisoblanadigan koks moddasi hamda katta qismi 
kremniydan iborat bo‘lgan tuproq bir-biri bilan aralashtirilib, so‘ngra ushbu aralashmada elektr 
toki o‘tkazilsa, muayyan sharoitlarda kremniy atomlari aralashmadagi uglerod atomlarining 
yarmini o‘rnini egallab oladi. Natijada yarimi uglerod atomlaridan, yarmi kremniy atomlaridan 
iborat bo‘lgan birikma hosil bo‘ladi. Bu birikmani kimyogarlar kremniy karbidi SiC deb 
nomlashadi. Uni mutaxassislar shuningdek karborund ham deb yuritishadi.
Karborund qattiqligi bo‘yicha kremniydan ustun turadi, lekin u olmoschalik qattiq 
emasdir (eslatib o‘tamiz, olmos to‘liq ugleroddan tashkil topgan bo‘ladi). Ya'ni, karborund 
qattiqlik bobida olmosdan keyingi o‘rinda turadi, shuningdek, tannarxiga ko‘ra ham olmosdan 
ancha arzon bo‘ladi. Shu sababli, ba’zi arzon ziynat buyumlarini tayyorlashda zargarlar 
karborundga ham murojaat etib turishadi. Sanoatda esa, karborunddan olmosdan va o‘zida 
qattiq bo‘lmagan materiallarni sayqallash ishlarida keng foydalaniladi. Bu borada u qimmat 
olmosning o‘rnini juda yaxshi bosadi. Karborund yarimi uglerod va yarmi kremniy ekanini 
aytib o‘tdik. Uning erish harorati ham, ushbu ikki elementlar erish haroratlarining o‘rtacha 
qiymatini, ya'ni, 2700 °C ni tashkil qiladi. Shu sababli karborunddan turli pechlar va o‘choq, 
qozonxona inshootlarini futerovka qilishda foydalaniladi. Uning ugleroddan afzal yana bir 
jihati shuki, u yuqori haroratlarda ham yonmaydi.
Kremniy shuningdek yanada xavfli sohalardan ham uglerodning o‘rnini bosishi 
mumkin. Ba’zan, tirik organizmlar o‘lganidan so‘ng, muayyan sharoitlarda, ular tanasining 
chirish jarayonida organizm tarkibidagi uglerod parchalanmay qoladi. Buning o‘rniga esa, 
jasad tarkibidagi uglerod atomlarini sekin-astalik bilan tuproqdan chiqib kelgan kremniy 
atomlari o‘rin almashtiradi. Natijada, ko‘plab yillar otgach, o‘sha jasad asta-sekinlik bilan 
toshga aylana boshlaydi. Siz arxeologlar tomonidan topilgan qadimgi jonivorlarning toshga 
aylangan jasadlari haqida eshitgan va ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha toshqotgan hayvonlar 
aynan shu jarayon, ya'ni, uglerod atomlarini kremniy atomlari bilan almashinishi tufayli shu 
holga kelishgandir. Natijada, bunday jasad chirishdan to‘xtab, keyingi million yillar 
mobaynida ham yaxshi saqlanishi mumkin bo‘ladi. Bunday toshqotgan jasadda, o‘sha 
hayvonning anatomik tafsilotlari katta aniqlik bilan saqlanadi. Tirik organizmlarning 
toshqotgan jasadlarining paydo bo‘lish jarayoni fanda petrifikatsiya deyiladi. Arizona 
sahrosidan topilgan ko‘plab qadimgi daraxtlar va hayvon qoldiqlari aynan toshqotgan holda 
bo‘lgan. Arizonadagi o‘sha hududni hozirda geologlar toshqotgan o‘rmon deb nomlaydilar.
Uglerod atomi singari, kremniy atomlari ham uzundan uzoq zanjirlar hosil qilish 
xossasiga egadir. Lekin, kremniy atomlarining o‘zaro bog‘lari bo‘shroq ekanligi sababli, 
bunday zanjirlarning uzilishi ham juda oson bo‘ladi. Biroq, agar, kremniy va kislorod 
atomlarini to‘g‘ri joylashtirib zanjir hosil qilinsa, unda nafaqat uglerod zanjirlaridek uzun, 
balki, undan ham pishiqroq zanjir hosil bo‘ladi. Bunday zanjirga keyin uglerod va vodorod 
atomlarini ham bog‘lash orqali ajoyib xossalarga ega modda - silikon [R
2
SiO]

olinadi (bunda 
R – organik guruh, masalan, etil, metil, yoki, fenil guruhi bo‘ladi).
Silikonning turi juda ko‘p bo‘lib, silikonlar XX-asr boshidan buyon insoniyat turmush 
tarzida keng qo‘llanila boshlangan. Silikonlar zanjir uzunligi va uglerod tutuvchi organik guruh 


58 
turiga qarab bir necha xil tarkibiy ichki guruhlarga bo‘linadi. Silikonlarning bir turidan lok-
bo‘yoq mahsulotlari va moylash materiallari tayyorlanadi. Silikon moylash materiallarining 
oddiy tabiiy moylardan afzallik tarafi shundaki, silikon moylari tashqi harorat o‘zgarishlariga 
u darajada ta’sirchan bo‘lmaydi. Shuningdek, silikonlardan turli gidravlik suyuqliklar, suv 
o‘tkazmaydigan plyonkalar, sintetik rezina va ho kazolar tayyorlanadi.
Silikonlarning ko‘p turi suv o‘tkazmaslik xossasiga ega. Silikon bilan ishlov berilgan 
qog‘oz salfetkalar suv shimmasligi bilan ko‘pchilikka ma’qul keladi. Bunday salfetkada 
ko‘zoynaklarni ortish, yoki, nozik shishali buyumlarni, masalan, teleskop linzalarini artish 
mumkin. Bunday artishda, shishaning sirti juda yupqa silikon qatlami bilan qoplanib qoladi. 
Natijada, ko‘zoynak issiq joyda terlab qolmaydi va o‘z egasiga xalaqit bermaydi. Silikonning 
bu xossasidan shuningdek qayiq va shunga o‘xshash, suv bilan ko‘p muomalada bo‘ladigan 
narsalarning sirt qoplamalariga ishlov berishda foydalaniladi.
Bizni o‘rab turgan barcha kremniy atomlari boshqa biror element bilan birikma holida 
bo‘ladi. Bu birikish asosan kislorod atomi bilan bo‘ladi. Kremniyning kislorod bilan birikmasi 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling