Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
xaltsedon, yoki, agat deb ataladigan yo‘l-yo‘l mineral moddadir. Agatning oq-qora chiziq-
chiziq strukturali ko‘rinishi ham mavjud bo‘lib, u oniks deb ataladi. Chiziqlar jigarrang-oq, yoki, qizil-oq ranglarda takrorlansa, unday agatni sardoniks deb nomlanadi. Kremniy dioksidining yana bir juda chiroyli turi mavjud bo‘lib, uni ametist deb yuritiladi. Ametistlar qirmizi, yoki binafsharangda jilolanib, juda ajoyib tovlanadi. Shu sababli bunday materiallardan bezak ishlarida foydalaniladi. Shuningdek, serdolik deb nomlanadigan kremniy dioksidlari ham mavjud bo‘lib, ular zarg‘aldoq-qizg‘ish rangda jilvalanadi. Sanab o‘tilgan ushbu moddalarning barchasi qimmatbaho toshlar bo‘lib, ular muayyan rangda jilvalanishi va o‘z ko‘rinishini juda uzoq yillar, asrlar mobaynida o‘zgartirmasligi bilan odamlar orasida qadr-qimmatga egadir. Ulardan turli ziynat buyumlari tayyorlashda, yoki, zargarlik mahsulotlariga qo‘shimcha sifatida qo‘llashda keng foydalaniladi. Ushbu toshlar tabiatda kamyobligiga, hamda ishlov berishning qiyin, yoki osonligiga qarab, narxi borasida qimmatbaho va yarimqimmatbaho toshlar sifatida savdo qilinadi. Masalan, olmos – qimmatbaho tosh, agatlar esa, yarimqimmatbaho toshlar sanaladi. Kremniy dioksidni turli silikatlardan g‘ovak donachalar ko‘rinishida ajratib olish mumkin. inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan juda ingichka mayda g‘ovakchalarga ega bo‘ladigan bunday donachalar silikagel deb ataladi. Silikagel o‘zining g‘ovak strukturasi tufayli atrof muhitdan namlikni o‘ziga tortib olish xususiyatiga ega. Shu sababli ham silikagel namlikdan saqlash borasida juda yaxshi vosita sanaladi. Silikagel yaqinida turgan havo quruq bo‘ladi va uni namlikdan ehtiyotlash zarur bo‘lgan mahsulotlar qadoqlariga solib qo‘yish orqali, mahsulot sifatini yaxshi saqlanishi kafolatlanadi. Siz charm poyabzal xarid qilganingizda, qutidan chiqqan kichik paketchalarni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘sha paketchalarda aynan silikagel donachalari solingan bo‘ladi. Shuningdek, silikagelni namlik me’yoridan ortiqcha to‘planadigan bino va inshootlar ichida saqlash orqali, inshoot ichkarisidagi havo namligining me’yori bir maromda bo‘lishini ta’minlash mumkin. Bu ayniqsa elektr simlari va ochiq elektr kontaktlari mavjud bo‘lgan xonalarda juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Zero, elektr qurilmalari namlik ta’sirida ishdan chiqishi ehtimoli katta bo‘ladi va silikagel buning oldini oladi. Ayniqsa, nam tropik o‘lkalardagi har qanday elektr qurilmalari yaqinida silikagelli qoplar turmasa, elektr qurilmalariga namlik o‘tirib qolishi va uni ishdan chiqarishi tayin. Shu sababli ham, muhandislar elektr uskunalari va shitlari joylashgan inshootlarda ular yaqinida ko‘p miqdorda silikagel saqlaydilar. 61 Dengiz va okeanlar tubida yashaydigan mikroskopik tirik organizmlarning skeletida ham silikagelga o‘xshash modda mavjud bo‘ladi. Diatomli (kremniyli) suvo‘tlari deb nomlanuvchi organizmlar esa, o‘z yaqin atrofini kremniy dioksiddan iborat himoya qatlami bilan ihota qilib oladi. Bunday organizmlar nobud bo‘lganida, ularning atrofidagi kremniy dioksidi qatlami ham parchalanib ketadi. Lekin, ularning skleti o‘z joyida qattiq moddaligicha qotib qolaveradi. Ularning bir-birining ustiga ustma-ust paydo bo‘ladigan milliardlar avlodi ham borgan sari qattiq qatlamlar hosil qilib boradi. Natijada infuzor tuproq yuzaga keladi. Infuzor tuproq vositasida turli suyuqliklardan aralashmalarni chiqarib tashlash mumkin. Undan shuningdek abraziv sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bundan tashqari, infuzor tuproqni nitroglitserin bilan absorbsiyalash orqali portlovchi modda – dinamit tayyorlash mumkin. Infuzor tuproq ba’zan qimmatbaho tosh – opal ko‘rinishidan ham uchraydi. Opalga yorug‘lik nurlari tushishi bilan, u kamalakning turli ranglarida jilvalanib, juda chiroyli manzara namoyon qiladi. Opalning ushbu xossasini mutaxassislar iridessensiya yoki, toshning o‘z nomiga bog‘lab, opalessensiya deb ataydilar. Qora fonda ham iridessensiya namoyon qiladigan opal toshlari eng kamyob va qimmatbaho toshlar sifatida qadrlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling