Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

X-BOB: FOSFOR – YOGDULANUVCHI ELEMENT
1669-yilda olmon kimyogari Xennig 
Brandt siydik tarkibini tahlil qilish uchun 
undagi suvni bug‘latib yubordi va idishda 
qolgan cho‘kindi quyqalarni sinchiklab 
tekshirib chiqdi. Shu asnoda Brandt davriy 
jadvaldagi biz bilgan 15-raqamli element – 
fosforni kashf qilgan edi. Bu – yumshoq 
mumsimon modda holida bo‘lib, oddiy xona 
sharoitida ochiq havoda o‘zidan o‘zi yonardi va 
shu sababli, o‘zidan muayyan yorug‘lik 
chiqarardi.
O‘zi kashf qilgan moddaning yashil nur chiqarayotganligi sababli Brandt unga 
yunoncha fosfor, ya'ni, «nur taratuvchi» deb nom bergan.
Brandt kashf etgan fosfor moddasi dastlabki paytlarda gugurt ishlab chiqarish uchun 
keng qo‘llanila boshlagan. Sababi, uni olish va qayta ishlash texnologiyasi sodda bo‘lib, 
mazkur tur fosforni «oq fosfor» deb atalgan. Biroq, oq fosfor juda zaharli modda bo‘lib, gugurt 
ishlab chiqarish korxonalarida ishlagan ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan. Odamlar 
ish jarayonida o‘zlari bilmagan holda oq fosfor changi va bug‘laridan nafas olishgan. Zaharli 
modda vaqt o‘tishi bilan odam organizmida, asosan suyaklarda to‘planib, bedavo kasalliklarga 
sabab bo‘lgan. Haqiqatan ham, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, atiga 0.1 gramm oq fosforning 
odam tanasiga tushishi natijasida o‘limga olib kelishi mumkin. Shu sababli, oq fosforni har 
qanday maqsadlarda qo‘llash o‘sha zamonlardayoq ta’qiqlab qo‘yilgan.
Lekin, fosforning inson manfaati uchun foydalansa bo‘ladigan boshqa allotropik 
shakllari ham mavjud. Agar oq fosforni bir necha soat mobaynida, kislorod ta’siridan holi 
ravishda qizdirilsa (ya'ni, uning yonishiga yo‘l qo‘ymay, shunchaki qizdirilsa) u qizil fosforga 
aylanadi. Oq fosforni qizil fosforga aylantirish usuli 1845-yilda kashf etilgan. Fosforning 
mazkur ikki xil ko‘rinishi faqatgina rangiga ko‘ra farqlanmaydi. Ularni bir biridan ajratib 
turuvchi boshqa muhim fizik va kimyoviy sifatlari ham mavjud. Xususan, oq fosfor atiga 44 
°C haroratda eriy boshlaydi. Qizil fosforning erishi uchun 600 °C harorat kerak bo‘ladi. Qizil 
fosforning kimyoviy faolligi oq fosforga nisbatan pastroq. Shuningdek, qizil fosfor 
yog‘dulanmaydi va juda yomon yonadi. Eng asosiysi esa, qizil fosforning zaharlilik darajasi 
ancha past va shu sababli u bilan ishlash birmuncha xavfsiz.
Biz xo‘jalikda ishlatadigan hozirgi gugurtlarning ham sifati ko‘p jihatdan fosforga 
bog‘liq. Ishqalash natijasida o‘t oladigan oddiy gugurtning boshchasida tetrafosfor trisulfid 
(P
4
S
3
) moddasi mavjud bo‘ladi. Ya'ni, bu modda molekulasi to‘rtta fosfor va uchta oltingugurt 
atomlaridan iborat. Ushbu modda zaharli emas va juda oson alangalanadi. Uni dag‘al sirtga 


81 
ishqalanish natijasida hosil bo‘ladigan issiqlik miqdori, avvaliga gugurt boshchisini va u orqali 
gugurt cho‘pining yona boshlashi uchun kifoya qiladi. Gugurtning oson yonishini va tez o‘chib 
qolmasligini ta’minlash uchun gugurt ishlab chiqaruvchi kimyogar-texnologlar, tetrafosfor 
trisulfidga maxsus boshqa kimyoviy birikmalar ham aralashtirib tayyorlashadi. O‘sha 
aralashmalar qiziganda o‘zidan kislorod ajratib chiqaradi. Bilasizki, kislorod yonishga yordam 
beradi. Kislorod mo‘l bo‘lgan sharoitda tetrafosfor trisulfid shiddat bilan yonadi. Biz kundalik 
ishlataverib e’tibor ham bermaydigan oddiy gugurt shunday kimyoviy jarayonlarni o‘zida 
namoyon qiladi.
Biroq, fosforli gugurtlarda baribir muayyan zaharlilik xavfi saqlanib qoladi. Fosforsiz 
gugurtlar esa, zaharli bo‘lmasa-da, lekin ularni oddiy ishqalanish issiqligi hisobiga yoqa 
olmaysiz.
Fosforning yonishi jarayonida fosfor (V) oksid (P
2
O
5
) ajralib chiqadi. Uning 
molekulasida ikkita fosfor va beshta kislorod atomlari mavjud bo‘lib, oq rangli qattiq modda 
shaklida bo‘ladi. Fosforning mazkur oksidi namlikni o‘ziga singdirish bo‘yicha eng samarador 
vositalardan biri sanaladi va undan xuddi silikagel singari namlikdan himoya vositasi sifatida 
foydalanish mumkin. Qaytanga u silikageldan ham yaxshiroq foyda beradi. Lekin, u biroz injiq 
modda bo‘lib, agar kerakli choralar ko‘rilmasa, o‘ziga haddan ziyod namlikni yig‘ib oladi va 
cho‘ziluvchan yopishqoq moddaga aylanib, o‘z xossalarini birdaniga yo‘qotadi.
Fosfor (V) oksidning suv bilan birikishidan fosfor kislotasi hosil bo‘ladi. Sanoat ishlab 
chiqarilishi hajmiga ko‘ra fosfor kislotasi faqat oltingugurt kislotasidan keyingi o‘rinda turadi. 
Fosfor kislotasining boshqa elementlar atomlari bilan birikishi natijasida hosil bo‘ladigan 
moddalarni fosfatlar deyiladi.
Fosforni birinchi marta siydik tarkibidan olinganini yuqorida ham aytib o‘tdik. Bu 
faktga asosan sizda, demak fosfor tirik organizmlar tanasida mavjud bo‘lar ekanda! – degan 
fikr paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak. Albatta. Fosfor – hayot uchun muhim elementlardan biridir. 
Odam organizmida fosfatlar ko‘rinishida doimo fosfor elementi mavjud bo‘ladi. 
Odamning ham, shuningdek, fildan tortib sichqongacha bo‘lgan boshqa hayvonlarning 
ham suyaklari asosan fosfatlardan tashkil topgan bo‘ladi. Suyaklar tarkibidagi mazkur fosfatlar 
fizik xossalariga ko‘ra oddiy toshlarga, yoki, gidroksiapatitlarga o‘xshab ketadi. Albatta, bu 
gap suyaklarning qattiq, ya'ni, «minerallashgan» qismiga taaluqlidir. Suyaklarda shuningdek, 
fosfatlardan tashqari boshqa murakkab organik molekulalar mavjudki, ularni toshlarda ham, 
gidroksiapatitlarda ham uchratmaysiz. Mazkur murakkab organik molekulalar tufayli 
suyaklarimiz zich va pishiq, ayni damda, zarbalarga juda bardoshli bo‘lib turadi. 
Suyaklarimizdagi o‘sha organik molekulalar tufayli odam skleti, masalan oddiy toshni 
pachoqlab tashlashga qodir zo‘riqishlarga ham bardosh bera oladi. Agar suyak faqat 
fosfatlardan iborat bo‘lganida, sklet ancha mo‘rt va egiluvchanligi ham kamroq bo‘lgan bo‘lur 
edi. Yosh kattalashgan sari, odam suyaklarida fosfatlar miqdori ko‘payib, murakkab organik 
molekulalar esa kamayib boradi. Natijada suyaklar mo‘rtlashib qoladi. Shu sababli ham katta 
yoshli keksalarning suyagi oson sinadigan bo‘lib qoladi. 


82 
Fosfatlar shuningdek organizmning yumshoq to‘qimalari tarkibida ham mavjud 
bo‘ladi. Organizm oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zlashtirayotganida, ulardan olinayotgan 
energiya miqdorini maxsus fosfatlar ko‘rinishida to‘playdi va o‘zlashtiradi. Fosfatlarning bu 
turi yuqori kaloriyali fosfatlar deyiladi. Bunday fosfatlari o‘zida energiyani yaxshi saqlay oladi 
va zarur paytda juda oson parchalanib, kerakli energiya miqdorini ajratib chiqaradi. Biz 
qachonki qo‘llarimizni siqqanimizda, biror narsani gapirganimizda, suzganimizda va ho kazo, 
istalgan harakatni amalga oshirganimizda, ushbu harakat uchun energiyani organizmimiz 
aynan yuqori kaloriyali fosfatlarni parchalash hisobiga yetkazib beradi.
Yerda yashovchi tirik organizmlarning barchasi yashashi uchun fosfatlarga ehtiyoj 
sezadi. Shu jumladan o‘simliklar ham. O‘simliklarga fosfatlar o‘g‘itlar orqali ta’minlanadi. 
Tarkibida eng ko‘p fosfat tutuvchi o‘g‘it bu superfosfat (Ca(H
2
PO
4
)
2
·H
2
O) hisoblanadi.
Xabaringiz bo‘lsa, suv ostida parchalanadigan o‘simliklar qoldiqlaridan metan ajralib 
chiqadi. xuddi shunga o‘xshab, suv ostidagi parchalanish jarayonida, o‘simliklar tanasida 
mavjud bo‘lgan fosfor tufayli fosfin (PH
3
) ham ajralib chiqadi. Fosfin juda qo‘lansa hidli, 
rangsiz va zaharli gaz bo‘lib, irigan baliq hidini eslatadi. Fosfin oddiy sharoitda ochiq havoda 
o‘z-o‘zidan yonadi. Botqoqlik va ko‘lmaklar ko‘p bo‘lgan qalin chakalakzor-o‘rmonlarda 
shom g‘ira-shirasiga yaqin va tunda havoda fosfin yonishidan hosil bo‘ladigan juda xira 
yog‘duni kuzatish mumkin. O‘rmonlarda yashovchi qadimgi odamlar bunday yorug‘likni 
«sharpalar yog‘dusi» deb ishonishgan. Chunki, qorong‘u o‘rmonda adashib qolgan odamlar, 
o‘rmonning ichkarisidan ko‘rinayotgan bunday yorug‘likni mash’ala ko‘tarib kelayotgan odam 
deb o‘ylashgan va o‘sha tomonga yura boshlashgan. Lekin bu xuddi sahrodagi sarob singari 
aldamchi narsa bo‘lib chiqqan. Ko‘pincha odamlar bunday sharpa yorug‘likka aldanib battar 
adashib qolishgan va juda achinarli oqibatlarga giriftor bo‘lishgan.
Fosfatlar shuningdek hayvon va parrandalarning go‘ngi tarkibidan ham ko‘p miqdorda 
mavjud bo‘ladi. Peru mamlakatining sohil bo‘yida yashovchi millionlab dengiz qushlaridan 
qoladigan go‘ngni mahalliy aholi guano deb ataydi. Uning tarkibida fosforning juda ko‘pligi 
tufayli, qimmatbaho o‘g‘it hisoblanadi.
Tarkibida fosfor tutadigan ayrim gazlar odam va hayvonlarning asab tizimiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Ularni asabni paralichlovchi gazlar deyiladi. Bunday 
gazlardan nafas olgan odamning asab tizimi karaxt bo‘lib qoladi. Natijada organizmdagi biror-
bir a’zo harakatlana olmay qoladi. Chunki hamma a’zolarni asab tizimi boshqaradi. Asab 
tizimidan buyruq kelmasa, a’zolar o‘z-o‘zidan harakatlana olmaydi. Agar asabni 
paralichlovchi gaz ta’siriga tushib qolgan odamga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, 
tana bir necha daqiqa ichida o‘limga yuz tutadi. Bunday gazlarning eng kuchlisi 1936-yilda 
fashistlar tomonidan kashf qilingan bo‘lib, ikki jahon urushi vaqtida ular tomonidan 
konslagerlarda asirlarni qiynoqqa solish va o‘q-doir sarflamasdan ommaviy qirg‘in qilish
uchun qo‘llanilgan. Hozirda bunday gazlardan har qanday maqsadlarda, jumladan harbiy 
maqsadlarda ham foydalanish Xalqaro hujjatlar orqali ta’qiqlangan bo‘lib, xususan, 1993-yil 
13-yanvarida Parijda imzolangan Kimyoviy qurollarni ta’qiqlash haqidagi Xalqaro 
Konvensiyaga ko‘ra asab tizimini paralichlovchi fosforli gazlarning ham ishlab chiqarilishi, 
tashilishi va saqlanishini ta’qiqlangan. 2018-yil holatiga ko‘ra, ushbu muhim xalqaro 


83 
konvensiyani jahonning 188 mamlakati tomonidan imzolangan va ijro uchun qabul qilingan. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi ham 1995-yil 25-noyabrda mazkur Konvensiyani 
imzolagan bo‘lib, mamlakatimiz Parlamentining 1997-yil 29-apreldagi ratifikatsiya aktiga 
ko‘ra, davlatimiz hududida kuchga kirgan.
MISHYAK, SURMA, VISMUT 
Davriy jadvalda fosforning shundoqqina tagidagi katakchada 33-raqamli element – 
mishyak joylashgan. Mishyak garchi u yoki bu shaklda qadimdan insoniyatga ma’lum bo‘lsa-
da, lekin alohida kimyoviy element sifatida 1733-yildagina tan olingan. Uning nomi 
oltingugurt va mishyak birikishidan hosil bo‘ladigan va sariq tusda jilvalanadigan mineral 
toshning yunoncha nomidan kelib chiqqan. Mishyak ham keng tarqalgan kimyoviy elementlar 
sirasiga kiradi. Ushbu element metallurglar uchun eng boshog‘riq elementlardan biridir. 
Chunki u deyarli hamma metallar tarkibida oz miqdordagi aralashma holida doimo mavjud 
bo‘ladi va mishyakni metall tarkibidan chiqarib tashlash metallurgiyadagi asosiy 
muammolardan biri hisoblanadi.
Odatda «mishyak» so‘zi tilga olinganda, ko‘pchilikda bir vaqtning o‘zida «zahar» so‘zi 
ham darhol xayolga keladi. Ayniqsa detektiv hikoyalar yozuvchilari mishyak bilan zaharlash 
sahnalarini tasvirlashni juda xush ko‘rishadi. Lekin, shuni ta’kidlash kerakki, real hayotda ham 
va ko‘pincha detektiv hikoyalarda ham odamlarni zaharlash uchun ishlatilgan mishyak aslida 
mishyakning o‘zginasi emas. Chunki, mishyak alohida element holida unchalik ham zaharli 
modda hisoblanmaydi. Detektiv asarlar mualliflari nazarda tutadigan zaharli mishyak esa bu 
aslida ikki atom mishyakning uch atom kislorod bilan birikishidan hosil bo‘luvchi mishyak 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling