Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
gemoglobin deyiladi. Gemoglobin molekulasi to‘rt atom temir elementidan tashkil topgan
bo‘ladi va aynan o‘sha atomlar o‘ziga kislorodni biriktirib, organizm bo‘ylab tashib manzilga yetkazadi. O‘rtacha qomatli odam organizmida taxminan 3 kg gacha temir elementi mavjud bo‘ladi. Organizmida temir moddasi yetishmayotgan odam xorg‘in va so‘lg‘in yuz ifodasi bilan ajralib turadi. U tez charchaydigan va toliquvchan bo‘lib qoladi. Temir yetishmasligi holati tibbiyotda anemiya deyiladi va u jiddiy kasallik sanaladi. Anemiyani ortga surmay, darhol davolashga kirishish lozim. Anemiyani davolashning usullaridan biri – bemorni tarkibida temirning oddiy birikmalariga boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, yoki, preparatlar bilan ratsional oziqlantirishdir. Sanoat uchun temir olishning eng muhim manbasi bu temir rudasi bo‘lib, konchilari tilida temir rudasini gematit deyiladi. Gematit – temirning kislorod bilan birikmasi, ya’ni, temir oksidi bo‘lib, uning molekulasida ikkita temir atomiga uchta kislorod atomi birikkan holda bo‘ladi. Gematitga boy tuproq va rudalar odatda qizil rangda bo‘ladi. Olimlarning fikricha, Mars sayyorasining qizil rangi ham, uning sirtidagi tuproqning gematitga to‘yinganligi 98 sababidan bo‘lishi mumkin ekan. Gematit rudasining turlaridan bir bo‘lgan qizil oxra moddasini rassomlar qizil pigment sifatida ishlatishadi. Shuningdek, ushbu moddaning kukun ko‘rinishini shisha ishlab chiqarishda sayqallash xom ashyosi sifatida qo‘llaniladi. Ayniqsa, yuqori shaffoflikka ega optik linzalar va tiniq ko‘zgular ishlab chiqarishda qizil oxra kukuni sayqallash bosqichining asosiy o‘rinini egallaydi. Temir rudasining yana bir turi magnetit deb nomlanadi. Magnetit molekulasida uch atom temir va to‘rt atom kislorod mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, temir rudalarida albatta doimo katta miqdorda turli silikatlar va boshqa aralashmalar yo‘ldosh bo‘ladi. Odamlar temirni sof holda ajratib olishlarini o‘rganishlariga eng katta to‘sqinlik qilgan narsa ham aynan shu silikatlar bo‘lgan. Shuningdek, kisloroddan qutilishni o‘rganish ham oson bo‘lmagan. Temirni sof metall holida olish uchun rudani koks va ohaktosh bilan birgalikda domna pechi vositasida qizdirish orqali ajratishni o‘rganib olishgachgina, ajdodlarimiz temirdan istagan narsani tayyorlay oladigan zamonga qadam qo‘yishgan. Domna pechlarida eritib olingan temirni quyma cho‘yan deyiladi. Chunki, bunday temir keyinchalik alohida holda yana eritiladi va qolipga quyilib, kerakli shaklga keltiriladi. Quyma cho‘yan tarkibida ko‘p miqdorda boshqa aralashmalar ham mavjud bo‘ladi. Aralashmalar ichida asosiysi – uglerod bo‘lib, u cho‘yanga koksdan o‘tadi. Quyma cho‘yan tarkibida 2% dan 4,5% gacha uglerod bo‘lishi mumkin. Shuningdek, quyma cho‘yanda 2,5% atrofida kremniy, hamda, juda oz-ozdan bo‘lsa-da, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar mavjud bo‘ladi. Quyma cho‘yan yetarlicha pishiq va qattiq bo‘lib, u temir mahsulotlari ichida eng arzoni sanaladi. Cho‘yandan tayyorlangan detallar bosim va og‘irlik doim bir xil bo‘ladigan o‘rinlarda qo‘llanishi mumkin. Lekin, cho‘yan zarbalarga nisbatan, hamda, bosim o‘zgarishlariga nisbatan chidamsiz. U mo‘rt metall bo‘lib, tez yediriladi va qiyshayib, sinib ketishi ham mumkin. Cho‘yanni qayta ishlash va unga ohaktosh va yana temir rudasi bilan ishlov berish orqali sof temir metallini ajratib olish mumkin. Lekin, sof temir quyma cho‘yandan ko‘ra yumshoq va oson egiluvchan bo‘ladi. Shu sababli ham, temirni sof holatda qo‘llash sohalari ancha chegaralangan. Uni asosan kimyo sanoatida katalizator sifatida sof holatda qo‘llaniladi. Metallokosntruksiyalar va qurilish ishlari uchun, hamda, texnika va mashina detallari uchun qo‘llaniladigan temir esa odatda sof temir bo‘lmay, balki, temirning boshqa navlari, asosan po‘latdan tayyorlanadi. Po‘lat – temirning sof holatdagisi va quyma cho‘yan orasidagi oraliq navi bo‘lib, lekin u pishiqligi va mustahkamligi borasida hamma temir navlaridan ustun turadi. Po‘latda uglerod miqdori 0,15-1,5% atrofida bo‘ladi. Quyma cho‘yandan po‘lat olishning bir necha usullari mavjud. Shunday usullardan biri Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling