Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

jilvirtosh ko‘rinishida yaxshi tanish. Korund ham, jilvirtosh (qayroqtosh) ham o‘ta qattiqligi 
bilan ajralib turadi. Albatta ularning qattiqligi olmos, yoki, karborund toshichalik emas. Biroq, 
alyuminiy oksidi asosidagi korund va qayroqtosh nisbatan arzon va jilvirlash, silliqlash 
ishlarida bemalol qo‘llanishi mumkin. Korund shuningdek juda qiyin eriydigan material 
hamdir. Boshqacha aytganda, koranda – o‘tga chidamli material sanaladi. Shu sababli 
korunddan pechlarni futerovka qilish uchun foydalaniladi.
Aslida olganda, ko‘plab qimmatbaho toshlarning asosini ham korund tashkil qiladi. 
Qimmatbaho toshlarda korund bilan boshqa aralashmalarning o‘zaro nisbati mazkur toshning 
jilvasini va rangini belgilab beradi. Bunday toshlarga misol qilib, sariq topaz, moviy sapfir va 
qirmizi yoqutni keltirish mumkin. Korundga kerakli aralashmalarni belgilangan nisbatlarda 
qo‘shib ishlov berish orqali, sun’iy ravishda topaz va yoqut toshlarini olish mumkin. Bunday 
sun’iy usulda olingan qimmatbaho toshlarning o‘zini sun’iy tosh deb bo‘lmaydi. Ularni faqat 
olinish usuli sun’iy; toshlarning o‘zining tarkibi esa asl tabiiysi bilan hech qanaqa farqqa ega 
bo‘lmaydi. Tuzilishiga ko‘ra murakkabroq yana bir qimmatbaho tosh – firuza esa, alyuminiy 
fosfatining bir ko‘rinishidir.
Alyuminiy oksidining foydalanish uchun eng qulay ko‘rinishlaridan biri, yer sharining 
deyarli hamma joyida ko‘p miqdorda uchraydigan modda – boksitlar sanaladi. Boksitdan 
alyuminiy oksidini ajratib olish uchun, uni avval kremniy va boshqa keraksiz aralashmalardan 
tozalanadi. Bunda alyuminiy oksididan iborat oppoq kukun modda hosil bo‘ladi. So‘ngra, 
mazkur kukunni suyuq mineral – kriolit (Na
3
AlF
6
) ta’sirida eritiladi. Kriolit molekulasida 
alyuminiy va natriydan tashqari ftor atomlari ham mavjud. Xoll va Eru kashf qilgan arzon 
alyuminiy olish usulining eng muhim jihati ham aynan shu – katta haroratlarda alyuminiy 
oksidini erita oladigan mineralni topa olishganligidir. O‘sha paytlarda kriolitning asosiy 
manbai Grenlandiya orolining g‘arbiy qirg‘oqlari bo‘lib, shu jihatga ko‘ra ushbu muz 
sahrosidan iborat ulkan va deyarli kimsasiz orol, metallurgiya uchun muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan joyga aylandi. Shu orqali Grenlandiyaga sivilizatsiya kirib kela boshladi. Hozirgi 
paytda esa, kimyogarlar kriolitni sun’iy ravishda olishni yo‘lga qo‘yganlar va alyuminiy ishlab 
chiqarishda Grenlandiya kriolitiga qaramlik bartaraf etilgan.
Alyuminiy oksidining kriolitdagi eritmasi hali qaynoq holatdalik paytida ichkarisidan 
kimyoviy toza ko‘mir bilan o‘ralgan idishga quyiladi. Keyin esa, ichida qaynoq eritma turgan 
o‘sha idishga ko‘mirli elektrodlar solinadi va elektr toki o‘tkazila boshlaydi. Uglerod o‘zi 
metall bo‘lmasa-da, lekin elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadi. Tok ko‘mir elektrodlar va 
idishning ko‘mir devorlari orasida oqadi. Natijada metall alyuminiy ajralib chiqib, erigan 
metall holida idish tubiga cho‘ka boshlaydi. Bu jarayonda katta miqdorda elektr energiyasi 
sarflanadi.


93 
Xoll va Eru yo‘lga qo‘ygan ushbu arzon alyuminiy olish texnologiyasi, qisqa muddatlar 
ichida alyuminiyning tannarxini keskin tushib ketishiga omil bo‘ldi. Yodingizda bo‘lsa, 1850-
yillarda 1 kg alyuminiy uchun 180 AQSH dollari so‘ralganini aytgan edik. Xoll texnologiyasi 
bo‘yicha olingan alyuminiyning esa, har bir kilogrammi 60 sentdan sotilgan. Oqibatda, 
alyuminiy juda arzon va hammabop metallga aylandi va inson xo‘jalik faoliyatining va 
texnikaning ajralmas qismiga aylandi.
Insoniyat qurilish va qurol-aslaha yasash maqsadlarida deyarli 6000 yildan beri turli 
metallardan foydalanib kelmoqda. Eng qadimgi sivilizatsiya beshiklarida esa, metalldan 
foydalanish tarixi bundan-da qadim. Metallardan foydalanishni o‘rganishguncha, odamlar 
tosh, yog‘och va suyaklardan foydalanib kelishgan.
Tosh bilan taqqoslaganda metall qator afzalliklarga ega. Metallarning ko‘plab turlari 
toshdan ko‘ra qattiq va pishiqligi hammaga ma’lum. Aytaylik, bir xil o‘lchamda tayyorlangan 
metall ustun va tosh ustun o‘zaro solishtirilsa, metall ustun ancha baquvvat bo‘lib chiqadi va 
nisbatan kattaroq vazndagi yukni ko‘tarib tura oladi.
Metall qovushqoq va egiluvchan bo‘ladi. To‘satdan beriladigan kuchli zarba metallni 
egib-bukib qo‘yishi mumkin. Lekin, aynan o‘sha kuch bilan toshga urilsa, tosh bardosh 
berolmay, parchalanib ketadi.
Boshqa tomondan olib qaralsa, metall ayrim jihatlarga ko‘ra toshga nisbatan 
kamchiliklarga ham egadir. Birinchidan, og‘irlik masalasida. Metallarning ko‘pchiligi, toshdan 
ko‘ra og‘ir bo‘ladi va bu tashish va ishlov berishdagi noqulayliklarga sabab bo‘ladi. Agar, Misr 
ehromlarining ulkan toshlari o‘rniga, xuddi shu hajmdagi po‘lat g‘ishtlar tayyorlab 
o‘rnatilganida, bunday metall g‘ishtni o‘z joyiga o‘rnatish uchun hech qanday mexanizm ham, 
Misrning barcha aholisining kuchi ham yetmagan bo‘lar edi.
Metall va toshning shunday afzallik jihatlarini o‘z ichiga olgan modda odamlar uchun 
ayni muddao edi. Alyuminiy aynan shunday metall bo‘lib chiqqan va juda tez ommalashgan. 
Alyuminiyning og‘irligi marmar va granit og‘irligi bilan bir xil bo‘lib, po‘latdan ko‘ra uchdan 
ikki qismicha yengildir. 1 sm
3
temir 9 gramm atrofida bo‘ladi. 1 sm
3
alyuminiy esa 3 grammcha 
keladi xolos (tosh ham deyarli shunday). Alyuminiy toshdan ko‘ra mustahkamroq, lekin, 
po‘latchalik emas. Bir xil qalinlikda tayyorlangan alyuminiy va temir to‘sinlarning yuk 
ko‘tarish qobiliyati taqqoslansa, albatta temir to‘sin ko‘proq yukni ko‘tara oladi.
Alyuminiyning mustahkamligini orttirish uchun unga oz miqdorlarda boshqa 
metallardan aralashtirish kerak bo‘ladi. Boshqacha aytganda, alyuminiyning qotishmalarini 
tayyorlash zarur bo‘ladi. Odatda qotishmalar, o‘z tarkibidagi metallarning alohida olgan holda 
ega bo‘lmagan sifatlariga ega bo‘ladi. Metallurgiyada turli maqsadlar uchun foydalanish 
mumkin bo‘lgan yuzlab xil metall qotishmalari farqlanadi.
Masalan, 45 kg alyuminiyga 2 kg mis, 200 grammdan magniy va marganes qo‘shib 
qotishma tayyorlansa, mutaxassislar dyural deb nomlaydigan qotishma hosil bo‘ladi. Albatta, 
mustahkamlik borasida dyural qotishmasi temir va uning qotishmalari bilan bellasha olmasa-
da, biroq, ko‘plab texnik va maishiy ehtiyojlar uchun kifoya qiladigan darajadagi 


94 
mustahkamlikka ega bo‘ladi. Ayniqsa, ishlatilayotgan materialning yengil bo‘lishi muhimroq 
bo‘lgan o‘rinlarda, dyural bebaho yechim bo‘ladi. Masalan, mashinasozlik va aviasozlikda 
metall konstruksiyasining umumiy vazni o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy 
samolyotlar asosan alyuminiy asosida yasaladi. Shuningdek, poyezdlar, yuk mashinalari, va 
qurilish materiallari tayyorlash singari mustahkamlik va yengillik uyg‘unligi talab etiladigan 
sohalarda ham, dyural keng qo‘llaniladi.
Alyuminiyning yengil metall ekanligi elektrotexnika sohasi uchun g‘oyat muhimdir. 
Alyuminiy – elektr tokini juda yaxshi o‘tkazadi. To‘g‘ri, ayrim boshqa metallar elektr tokini 
alyuminiydan ko‘ra yaxshiroq o‘tkazadi. Biroq, ular alyuminiydan ko‘ra ham qimmat, ham 
og‘ir bo‘ladi. Xususan, mis simning elektr o‘tkazish qobiliyati alyuminiynikidan ancha yaxshi. 
Biroq, bir xil qalinlik va uzunlikdagi mis va alyuminiy simlari olinsa, mis sim deyarli uch 
barobar og‘ir bo‘lib chiqadi. Agar og‘irligi va uzunligiga ko‘ra mis sim bilan teng bo‘lgan 
alyuminiy sim tayyorlansa, uning qalinligi ancha kattaroq bo‘ladi va u elektr tokini mis simdan 
ko‘ra yaxshiroq o‘tkazadi. Boz ustiga, bunday alyuminiy sim, mis simga qaraganda ancha 
arzon ham tushadi. Shu sababli ham uy ichkarisidagi mahalliy elektr simlarini mis simda 
tayyorlansa-da, lekin, uzoq masofalarga elektr uzatish liniyalarining simlari albatta 
alyuminiydan tayyorlanadi.
Bundan tashqari, alyuminiyning yana bir ajoyib xossasi bor. Alyuminiy – yorug‘likni 
akslantirish bo‘yicha ham yaxshi sifat ko‘rsatkichlariga ega. Uning bu xossasidan 
teleskoplarining ko‘zgusini yasashda foydalaniladi. Bunda ko‘zguning bir tarafida yupqa 
alyuminiy qavati qoplanadi. Aynan ushbu alyuminiy qatlami akslantiruvchi yuzani tashkil 
qiladi.
Alyuminiyning temirga nisbatan afzallik jihatlaridan yana biri, uning zanglamasligidir. 
Buning sababi shundaki, alyuminiy temirga qaraganda faol element bo‘lib, uning kislorod bilan 
reaksiyaga kirishishi tez va juda oson sodir bo‘ladi. Natijada, alyuminiy metallining sirtini 
nihoyatda yupqa va lekin mustahkam alyuminiy oksidi qoplab oladi. Ushbu alyuminiy oksidi 
qatlam shu darajada shaffof va yupqa bo‘lgani sababli, biz uni ko‘rmaymiz va sezmaymiz. 
Ushbu qatlam havodagi kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi va shu orqali alyuminiyni 
keyingi zanglashdan himoya qilib turadi. Shu sababli ham, alyuminiydan tayyorlangan 
buyumlar yarqiroq bo‘lib jilvalanadi va havoning ta’siri, hamda, ob-havo injiqliklariga 
bardoshli bo‘ladi.
Ushbu alyuminiy oksidi qatlamining chidamliligini yanada oshirish, pirovardida
alyuminiy buyumning xizmat muddatini yanada uzaytirish uchun, uni elektr toki 
o‘tkazilayotgan eritmaga solib ishlov berish kerak. Bunday tarzda ishlov berilgan alyuminiy 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling