Koinotning qurilish ashyolari
XII-BOB: TEMIR – MUSTAHKAM ELEMENT
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
XII-BOB: TEMIR – MUSTAHKAM ELEMENT
Jahon mumtoz adabiyotining eng qadimiy namunalaridan biri Gomerning «Iliada» dostoni sanaladi. Ushbu doston taxminan eramizdan avvalgi 800-yilda yozilgan bo‘lib, taxminan eramizdan avvalgi 1000-yil atrofida bo‘lib o‘tgan Troya qal’asi qamali haqida hikoya qiladi. Afsonalarga ko‘ra, o‘sha qamal 10 yil davom etgan emish. Dostonda naql qilinishicha, o‘sha janglarda qatnashgan jangchilarda qurol- aslaha, o‘q-yoy va sovutlar bronzadan yasalgan bo‘lgan. Odamzot rudalarni qayta ishlab metall olishni o‘rganib olgandan keyingi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan eng birinchi qattiq va pishiq metall bu – bronza bo‘lgan. Bronza o‘zi sof metall emas, balki, mis va qalay metallarining qotishmasidir. Tarixda bronza metalli eng keng qo‘llangan davrni bronza davri deyiladi. Davriy jadvaldagi 26-raqamli element – temir ham odamlarga juda qadimdan ma’lum. Temirdan yasalgan buyumlar eramizdan avvalgi 4000 yillikka tegishli Misr sag‘analaridan ham topilgan. Lekin, u paytlarda temir yarimqimmatbaho metall sanalgan. Masalan, yana o‘sha «Iliada» dostonida qayd etilgan sport musobaqalarida g‘olib atletga temir medal mukofot qilib berilgani qayd etiladi. Eramizdan avvalgi 1500-yilgacha bo‘lgan davrlarda odamlar temirni qanday qilib ko‘p miqdorlarda olishni va undan buyumlar va qurol-yaroq tayyorlashni bila olishmagan. Temirni sof holda ajratib olishni va undan qurol-yarog‘, hamda boshqa buyumlar tayyorlashni o‘zlashtirgan ilk xalq bu Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya) hududida yashagan xettlar bo‘lishgan. Xettlar temirdan yasalgan o‘q-yoy va boshqa qurollar, shuningdek, dubulg‘a, qalqon va sovut bilan qurollanib jang maydonida paydo bo‘lishganda, ularga ro‘baro‘ kelgan dushmanlar qandaydir «maxfiy qurol»ga duch keldik deb o‘ylashgan. Bronzadan yasalgan xanjar va oyboltalar temir dubulg‘a oldida ojiz qolardi. Ularning tig‘i qayrilib, dami o‘tmaslashib qolardi. Temir oybolta, o‘q-yoy va xanjarning tig‘i esa bronza qalqon va sovutni qiyinchiliksiz teshib o‘tib ketar va dushmanga mislsiz talafot yetkazardi. Ya’ni, temir bronzadan ko‘ra sezilarli darajada qattiq va pishiq bo‘lib chiqqan. Temirni olishni va unga ishlov berishni o‘zlashtirish asnosida, qadimgi xalqlar birin ketin bronzadan voz kechib temir madaniyatiga o‘ta boshlashdi. Shu tariqa, tarixda bronza davri tugab, temir davri kirib keldi. Eramizdan avvalgi 600-yil atrofida ko‘hna dunyoning deyarli barcha mamlakatlari qo‘shinlari istisnosiz ravishda temir qurol-yaroqqa o‘tishgan. 97 Hozirda temir metallar ichida eng arzonlaridan biri sanaladi. Temirning ayrim markalarining bir kilogrammi atiga 10 sent turadi. Temir – yer qobig‘ida eng ko‘p tarqalgan metallardan biri bo‘lib, faqat alyuminiygina undan ko‘proq tarqalgan. Temirning yer qobig‘idagi umumiy ulushi 5% atrofida baholanadi. Temirni shunchalik keng tarqalganligi va uni turli birikmalardan va rudalardan ajratib olish osonligi sababli, uning narxi shunday arzon hisoblanadi. Yer qobig‘ining quyi qatlamlarida, ichkarilab, chuqurlashib borgan sari ruda tarkibidagi temir miqdori ham ortib boraveradi. Yer sayyorasi yadrosining 8000 km diametrga ega markaziy qismi ham erigan cho‘g‘ holatidagi temirdan iborat deb taxmin qilinadi. Umuman olganda, sayyoramiz vazning 40% yaqin qismini aynan temir tashkil qiladi. Temir shuningdek Yerga ochiq koinotdan ham muntazam kelib tushadi. Chunki, Quyosh tizimi ichida daydib yurgan katta-kichik meteoritlar va asteroidlarning asosiy massasini ham aynan temir moddasi tashkil qiladi. Xabaringiz bor, bunday meteoritlar har kuni millionlab sonda Yer atmosferasiga kirib keladi va sayyoramizning turli mintaqalariga qulaydi. Ularning ba’zilari oddiy tosh kattaligida bo‘lsa, ba’zilari tarvuzdek bo‘ladi. Yer sirtiga yetib kelgan va olimlar tomonidan topib o‘rganilgan meteoritlarning tarkibida 90% qismi temir ekani statistikadan ma’lum (qolgan 10% qismi asosan silikatlardan iborat bo‘ladi). «Iliada» dostonida va boshqa xalqlarning afsonalarida ham «osmondan tushgan» temirdan yasalgan va shu sababli ham «ilohiy kuch»ga ega bo‘lgan shamshirlar haqida so‘z ketgan joylar mavjud. Tabiiyki, o‘sha temirning «osmondan tushgan»ligi hecham ajablanarli emas. Chunki, meteoritlar Yerga o‘sha zamonlarda ham albatta har kuni tushib turgan. Temir – tirik organizmlar uchun hayot uchun eng zaruriy elementlardan biridir. Issiqqonli organizmlarda, shu jumladan odam organizmida temir moddasi qonning eng muhim qismlaridan biri sanaladi. Aslida qonning rangi qizil bo‘lishining asosiy sababchisi ham aynan temir elementidir. O‘pkalarda kislorodni olib butun tana bo‘ylab tarqatadigan qon elementini Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling