Koinotning qurilish ashyolari


IX-BOB: OLTINGUGURT – SARIQ ELEMENT


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

IX-BOB: OLTINGUGURT – SARIQ ELEMENT 
16-raqamli element hammaga yaxshi 
tanish. Odamzot oltingugurtni juda qadim 
zamonlardan yaxshi biladi. Lekin, oltingugurt 
mustaqil kimyoviy element sifatida faqatgina 
1777-yilga kelib tan olingan. Oltingugurtni 
alohida kimyoviy element ekanligini isbotlagan 
olim mashhur farang kimyogari Antuan 
Lavuaze (1743-1794) bo‘ladi.
Oltingugurtning lotincha nomlanishi, 
ya’ni, «sulfur»ning kelib chiqish ildizi ma’lum 
emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa 
turkiy tildagi «oltin» va forscha «gugurt» 
so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning 
«yonish», «olov» so‘zlariga aloqadorligi 
taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham 
yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera 
сера») deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element 
nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Qadimgi yunonlar oltingugurtni «tion» deb nomlashgani tarixiy manbalarda qayd 
etiladi. Tarkibida oltingugurt mavjud bo‘lgan kimyoviy birikmalarning nomlanishida «-tio» 
qo‘shimchasi mavjudligi aynan shu fakt bilan bog‘liq.
Davriy jadvalda oltingugurt shundoqqina kislorodning tagidagi katakchada joylashgan. 
Oltingugurt atomlari ko‘p hollarda o‘zini xuddi kislorod bilan o‘xshash tarzda tutadi. Lekin, 
tashqi ko‘rinishidan bu ikki element hech qanday umumiylikka ega emas. Siz yaxshi bilasizki, 
kislorod bu – rangsiz va hidsiz gaz. Oltingugurt esa yorqin sariq rangli qattiq moddadir.
Oltingugurtning bir necha xil allotropik shakllari mavjud. Masalan, erib turgan 
oltingugurtni sovuq suvga to‘kib yuborilsa, qo‘ng‘ir tusli elastik tolalar hosil bo‘ladi. Ushbu 
moddani plastik oltingugurt deyiladi. Lekin vaqt o‘tishi bilan bunday plastik oltingugurt ham 
asta-sekinlik bilan biz yaxshi taniydigan sariq oddiy oltingugurt qayta aylanadi.
Kislorod, oltingugurt va ushbu guruhga mansub boshqa elementlarni kimyogarlar 
ba’zan xalkogenlar deb ham yuritishadi. Mazkur nomning kelib chiqishi yunonchadagi «mis 
tug‘diruvchi» degan so‘z bilan bog‘liqdir. Haqiqatan ham, ko‘plab metallarning rudasi, shu 
jumladan mis rudasi ham, odatda mazkur metallning yoki kislorod bilan, yoki oltingugurt bilan 
birikmasi ko‘rinishida bo‘ladi.
Tabiatda sof holdagi oltingugurt Italiyaning Sitsiliya orolida, AQSHning Luiziana va 
Texas shtatlaridagi konlarda mo‘l uchraydi. Ushbu konlarda oltingugurt odatda suyuq holda 
qazib olinadi. Chunki, shunisi qulayroq. Kondan oltingugurtni suyuq holda qazib olish jarayoni 
muhandislikda Frash jarayoni deb nomlanadi. Bunda, oltingugurt qatlamlari joylashgan 


74 
chuqurliklarga burg‘ulash orqali ikkita tuynuk ochiladi va tuynuklardan biri orqali ichkariga 
qaynab turgan suv bosim ostida haydaladi. Bilasiz, suv 100 ℃ da qaynaydi. Oltingugurtning 
erib, suyuqlanishi uchun 113 ℃ kerak bo‘ladi. Oradagi 13 ℃ farqni yer qa’riga bosim bilan 
kirib borayotgan suvning shiddati hosil qilib beradi va natijada, ichkaridagi suvning harorati 
oltingugurtning eritishga yetarli bo‘lib kirib boradi. Erib, suyuqlangan oltingugurt boshqa bir, 
ya’ni, ikkinchi tuynukdan so‘rib olinadi.
Oltingugurtni odatda ikki xil ko‘rinishda uchratish mumkin. Agar oltingugurtni 
qaynatib, bug‘lanib chiqayotgan qismini biror sovuq yuza bilan ta’sirlashishiga sharoit yaratib 
berilsa, oltingugurt bug‘lari kukun shaklida qaytib tushadi va biz yaxshi taniydigan, odatda 
uzumni zararkunandalardan himoya qilish uchun ishlatiladigan oltingugurt kukuni hosil 
bo‘ladi. Agar, qaynab suyuqlangan oltingugurtni o‘z holiga qo‘yib, o‘zi tabiiy sovishini kutilsa, 
natijada oltingugurt qumoq-qumoq bo‘lib to‘planib, oltingugurt kesaklarini hosil qiladi.
Oltingugurtning Yer qa’rida tarqalish ulushi ham anchayin qiziq statistikani taqdim 
qiladi. Xususan, Yer po‘stining tashqi qatlamlarida oltingugurt ulushi atiga 0,03% atrofida 
bo‘ladi. Lekin litosfera bo‘ylab chuqurlashgan sari, oltingugurt ulushi ortib boradi. Hisob-
kitoblarga ko‘ra, Yer sayyorasida oltingugurtning umumiy ulushi 3% ga yaqin miqdorni tashkil 
qiladi.
Oltingugurt kesagi bilan bog‘liq noxush bir taassurot mavjud. Gap shundaki, XIX 
asrning oxirlarigacha ham odamlar xonalarni dezinfeksiya qilish uchun oltingugurtning 
shunday qumoqlarini tutatib yoqishar edi. Oltingugurt yonish jarayonida zangori va shitirlab 
ovoz chiqaruvchi olov hosil bo‘ladi. Bu jarayonda oltingugurt havodagi kislorod bilan birika 
boshlaydi va oltingugurt dioksidi (SO
2
) hosil qiladi. Oltingugurt dioksidi nomidan ham 
ma’lumki, bitta oltingugurt atomi va ikkita kislorod atomidan iborat bo‘ladi. U keskin o‘tkir 
hidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘ladi. Xonani dezinfeksiya qilish uchun oltingugurt qumoqlari 
tutatilganda, xonani albatta oltingugurt dioksidining mazkur o‘tkir noxush hidi qamrab olardi 
va u odamlarga juda yomon ta’sir qilardi. Lekin, o‘sha zamonlarda odamlar shunga chidashga 
majbur edilar. Chunki, ulardan kasallar yotgan xonani zararsizlantirish uchun boshqa 
samaraliroq usul bo‘lmagan. Oltingugurt dioksidi qanchalik sassiq bo‘lmasin, lekin, sof 
holdagi oltingugurt o‘zi hidga ega emas.
Oltingugurt dioksidi odatda oltingugurt yonganda, yoki eriganda hosil bo‘ladi. 
Oltingugurtni har doim ham odamlar o‘zi ataylab yoqishmaydi. Yuqorida, Yer qa’rida 
oltingugurt miqdori anchagina ko‘p ekanini eslab o‘tgandik. O‘sha chuqur yer qatlamlarida 
to‘planib qolgan oltingugurt konlari yaqinida Yer mantiyasining tektonik faolligi yuzaga kelsa, 
ya’ni, vulqonlarning ildiziga yaqin joylarda katta oltingugurt miqdorlari mavjud bo‘lsa, vulqon 
faolligi yuzaga kelgan paytlarda oltingugurt dioksidi yer qa’ridan ham atmosferaga ko‘tarila 
boshlaydi. Masalan, Sitsiliya orolidagi vulqonlar yaqinida oltingugurt dioksidining o‘tkir 
hidini darhol payqash mumkin.
Oltingugurt dioksididan tashqari oltingugurtning yana boshqa ko‘plab birikmalari 
mavjudki, ular ham hidining xushbo‘yligi bilan maqtana olmaydi. Oltingugurtning deyarli 
barcha birikmalari qandaydir sassiq, qo‘lansa hidga ega bo‘ladi, yoki, umuman hidsiz bo‘ladi. 


75 
Ko‘pchilikka yoqmaydigan sarimsoqpiyozning hidi, yoki, oddiy piyozning hidi ham, uning 
tarkibidagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, xantal va rediskaning hidi 
ham undagi oltingugurt moddasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘lansa hidli va tarkibida oltingugurt tutadigan moddalar umumiy tarzda 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling