Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
Yodoform ham antiseptik modda bo‘lib, uning molekulasida bit atom kremniy, bir atom
vodorod va uch atom yod mavjud bo‘ladi. Nomidan ham va tuzilishidan ham siz uning xloroform bilan o‘xshashligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Yodoform sariq rangli kukun shaklida bo‘ladi va u ham, yaralarni zararsizlantirish uchun yara ustiga sepiladi. Vrach kabinetidagi o‘ziga xos turadigan hid odatda aynan shu yodoform hidi bo‘ladi. Yod shuningdek salomatlik uchun ham muhim element sanaladi. Odam organizmida ham juda-juda oz miqdorda bo‘lsa-da, har holda yod mavjud. O‘rta yoshli odam organizmida taxminan 0,05 gramm yod bo‘ladi. Ushbu miqdorining asosiy qismi, kekirdakdan yuqoriroqda, bo‘yin va jag‘ tutashgan joyda joylashadigan qalqonsimon bezda yig‘ilgan bo‘ladi. Ushbu bez organizmdagi ovqat hazm bo‘lish jarayonlarini va energiya ajralib chiqishi jarayonini nazorat qiladi. Bunda qalqonsimon bez muayyan turkum yodli birikmalardan – yodotironinlardan foydalanadi. Agar organizmda yod yetishmovchiligi yuzaga kelsa, qalqonsimon bez shishib ketadi va tomoq va jag‘ aralash buqoq hosil bo‘ladi. Siz agar, organizmga yod shu darajada oz miqdorda kerak bo‘lsa, unda yod yetishmovchiligi unchalik ham jiddiy xavf tug‘dirmasa kerak degan xayolga borgan bo‘lsangiz kerak. Lekin, organizmga ushbu juda oz miqdordagi yod ham juda-juda zarur. Tabiatda esa yod ancha kamyob element sanaladi. Ba’zi joylarda yod mahalliy sharoitda (masalan, tuproqda yoki suvda) umuman yo‘q. Natijada, o‘sha joylarda yashovchi aholi, o‘simliklar va hayvonlar organizmda yodga bo‘lgan talab muntazam qondirilmay qoladi. Aynan shunday hudud aholisida buqoq kasalligi ko‘proq uchraydi. Buning oldini olish uchun esa, aholi kundalik iste’mol qiladigan mahsulotlar tarkibiga oz-oz miqdordan yod qo‘shish orqali muammoni hal qilish mumkin. Ba’zi mamlakatlarda 72 yodni ichimlik suviga oz miqdorda qo‘shish orqali bu masalani hal qilishgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda yod osh tuzi tarkibiga qo‘shib sotiladi. Umuman olganda, osh tuzini yodlash va yodlangan tuzni iste’mol qilish yaxshiroq samara berishi kuzatilgan. Dengiz suvidagi yod miqdori undagi brom miqdoridan ham kamroq. 4000 m 3 dengiz suvidan atiga 30 gramm yod olish mumkin. Shu sababli, dengiz suvidan yod ajratib olish favqulodda qimmatga tushadi. Lekin, yod baribir asosan dengizdan olinadi. Bunda, suvning o‘zidan emas, balki, dengizda yashovchi organizmlar tanasida to‘planadigan yodga e’tibor qaratiladi. Yod ayniqsa dengiz suvo‘tlari tanasida ko‘p to‘planadi. Masalan, laminariya nomli suvo‘tini terib, uni quritilsa, undan yaxshigina miqdorda yod olish mumkin. 1 tonna laminariyadan 6 kg atrofida yod olsa bo‘ladi. Bu yod olishning eng maqbul usuli sanaladi. Yodni aynan shunga o‘xshash suvo‘tlarining kimyoviy tarkibini o‘rganish jarayonida kashf qilingan. Bu ishni 1811-yilda farang kimyogari Bernar Kurtua amalga oshirgan edi. Dengiz sohillarida yashovchi aholining quruqlik ichkarisida yashovchi aholiga nisbatan kamroq buqoq bo‘lishi avvaldan kuzatilgan edi. Buning sababi ham yod bilan bog‘liq ekanini olimlar ancha keyin fahmlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, dengiz sohili yaqinida shamollar va dengiz suvi ta’sirida mahalliy tuproq yodga boy bo‘lib qolar ekan. Natijada bunday tuproqda o‘sgan o‘simliklar o‘ziga kerakli yodni o‘zlashtirib, tanasida ham yod to‘plashi ma’lum bo‘lgan. Bunday o‘simliklardan oziqlangan boshqa hayvonlar ham yodga bo‘lgan ehtiyojni oson qondira oladi. Mahalliy aholi esa, avvalo dengiz mahsulotlarini – baliq, qisqichbaqa va ho kazolarni ko‘p iste’mol qilgani uchun, qolaversa, yodga to‘yingan o‘simliklarni ham iste’mol qilgani uchun, organizmdagi yodga bo‘lgan talabni bemalol oson qondira oladi. Boshqa galogenlar haqidagi hikoyalarda aytilganidek, yodni ham qurib bitgan dengizlar o‘rnidan qazib olish mumkin. Xususan, Chilidagi qurigan dengiz o‘rnida nitratlar olingan joydan yod ham ko‘p miqdorda olingan. Shuningdek, neft quduqlari atrofida to‘planib qoladigan gurunt suvlari tarkibidan ham odatda yod topiladi. Yodning azot bilan birikmasi ko‘rinishidagi azot triyodid moddasi eng qiziqarli va shu bilan birga, eng xavfli moddalardan sanaladi. Azot triyodid molekulasi bir dona azot atomiga uchta yod atomi bog‘langan ko‘rinishda bo‘ladi. U eng oson portlovchi moddalar sirasiga kiradi. Qoramtir-qo‘ng‘ir rangdagi ushbu moddaga arzimagan mexanik ta’sir ko‘rsatilsa, masalan, soch tolasi bilan tegib ketilsa ham, u qattiq gumburlagan ovoz bilan kuchli portlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling