Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
fraksiyalarga taqsimlash, ya’ni, havoni ajratish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ya’ni, biz havoni
kislorod va azot fraksiyalariga ajratamiz. Ushbu fraksiyaning har ikkalasi ham ishlab chiqarish, 19 va tibbiyot uchun muhim ashyolar sanaladi. Ularni ballonlarga qamab, iste’molchiga yetkazib berish, yoki, quvurlar orqali uzatish mumkin. Kislorodning tibbiyotda qo‘llanishi faqat bemorlarga sun’iy nafas berish amaliyoti bilan cheklanmaydi. U shuningdek, anesteziya preparatlari bilan kombinatsion qo‘llash orqali bemorni xushsizlantirish uchun ham ishlatiladi. O‘pka orqali anesteziya olayotgan bemor kislorod bilan aralashma holatidagi efir yoki boshqa preparatdan nafas oladi. Sanoatda esa, kislorodni yoqilg‘i gazlarga maxsus qo‘shib alanga hosil qilish orqali, olov kuchini orttiriladi. Shundagina gazosvarka vositasida po‘latni kesish va payvandlash mumkin bo‘ladi. Suyultirib siqilgan kislorod esa zamonaviy reaktiv snaryadlarda va raketalarda yoqilg‘i yonish texnologiyasi tarkibida qo‘llanadi. Yuqorida aytilganidek, kislorod molekulasi ikkita atomdan iborat bo‘ladi. Lekin bu kislorodning yagona shakli emas. Tabiatda shuningdek, kislorodning uchta atomdan iborat molekulasi ham uchraydi. Uch atomli kislorod ham ikki atomli singari, o‘sha-o‘sha kislorodning o‘zi. Faqat uning reaksiyalarda o‘zini tutishi va kimyoviy faolligi biroz boshqacha. Uning boshqacha ekanligidan, kimyogarlar uch atomli kislorod uchun butunlay boshqa nom ham o‘ylab topishgan. Uning nomi ozon deyiladi. Yon atrofimizdagi oddiy havo tarkibida ozon deyarli yo‘q. U atmosferaning faqat eng yuqori qatlamlaridagina uchraydi. Biroq, siz uni na tog‘lar tepasida va baland parvoz qilgan havo sharida uchratmaysiz. Agar uchratganingiz taqdirda ham ozon sizga umuman yoqmagan bo‘lardi. Chunki, uning oddiy kisloroddan farq qiluvchi juda o‘tkir yoqimsiz hidi bor. Shuningdek, ozon birmuncha zararli (zaharli) gaz hamdir. Ozon nomining o‘zi ham uning o‘sha o‘tkir hidi evaziga kelib chiqqan. Yunonchada «ozone» so‘zi «hidlanaman» degan ma’noni beradi. Ikki atomli kislorodga uchinchi atomi biriktirish unchalik ham oson ish emas. Uchinchi atomi qo‘shib qo‘yish uchun uni majburlash kerak. Buning uchun esa muayyan miqdorda energiya kerak bo‘ladi. Bunday energiyani yuqori kuchlanishli elektr orqali olish mumkin. Bunda, muayyan elektr asboblar yaqinidagi havodagi kislorodning ayrim qismi ozonga aylanadi. Uning hosil bo‘lganligi havoda keskin o‘tkir hid paydo bo‘lganidan seziladi. Ozon hosil qilish uchun kerakli energiyani shuningdek, ultrabinafsha nurlanish orqali ham berish mumkin. Quyosh nurlari tarkibida ultrabinafsha nurlar yetarlicha bo‘ladi. Quyosh nurlari Koinotdan Yer atmosferasiga kirib kelar ekan, uning eng yuqori qatlamlaridagi havodagi kislorodni ozonga aylantira oladigan energiyaga ega ultrabinafsha nurlar olib keladi. Shu sababli ham, ozon atmosferaning eng yuqori qatlamlarida hosil bo‘ladi. Odatda, dengiz sathidan taxminan 24 km balandlikdagi atmosfera qatlamlarida shunday ozon miqdori ko‘p bo‘ladi. Shu sababli ham, asosan ozondan tashkil topgan ushbu qatlam ozon qatlami deyiladi. Ozon qatlami butun atmosfera qalinligiga nisbatan olganda juda yupqa bo‘lib, u Quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarini tutib qolishdek muhim vazifani bajaradi va shu orqali, Yer sirtini ushbu zararli nurlanishlardan himoya qiladi. Agar ozon qatlami bo‘lmasa, Quyoshdan 20 Yer yuzasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelgan ultrabinafsha nurlari hayot uchun xatarli bo‘lgan bo‘lardi. Shu sababli, ozon qatlami sayyoramizdagi hayot uchun juda katta ahamiyatga egadir. Yuqorida aytilganidek, ikki atomli kislorod molekulasiga uchinchi atomni qo‘shib qo‘yish ancha qiyin. Lekin, o‘sha uchinchi atomni qayta chiqib ketishi juda osondir. Shu sababli, ozon juda osonlik bilan oddiy kislorodga aylanadi. Ya’ni, u juda beqaror gazdir. Bunda, ozondan xalos bo‘lgan bir dona kislorod atomi yana boshqa biror narsa bilan darhol birikish yo‘lini izlay boshlaydi. Shu tariqa, ozon oddiy kisloroddan ko‘ra osonroq kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. Ozon oddiy kisloroddan ko‘ra faolroqdir. O‘z vaqtida, reaktiv dvigatellarda suyuq kisloroddan ko‘ra suyuq ozonni qo‘llash borasida ham g‘oyalar bo‘lgan edi. Biroq, ozonning beqarorligi tufayli ushbu g‘oya amalda o‘z yechimini topa olmadi. Ozondan texnikada oqartiruvchi reagent sifatida ham qo‘llaniladi. Muayyan moddalarning rangi ozon ta’sirida o‘chib ketishi mumkin. Shunday moddalarga ozon bilan ta’sir qilinsa, ular oqarib, tozalanadi. Shuningdek, ozon yaxshigina dezodorant, ya’ni, hidsizlantiruvchi vosita ham bo‘la oladi. Ozondan yana ichimlik suvi tarmog‘ini va suvining o‘zini tozalashda ham keng foydalaniladi. Bunda, muayyan miqdordagi ozon havo bilan aralashtirilgan holda quvurga yuboriladi. Uning ta’sirida bakteriyalar o‘ladi va kimyoviy chiqindilar parchalanadi. Barcha ish bitgach, ozonning o‘zi yana xavfsiz kislorodga aylanib ketadi va izsiz yo‘qoladi. Aynan bir xil elementning ikki yoki undan ortiq turli shakllarda mavjud bo‘lishini ilm- fanda allotropiya deyiladi. Ozon bu kislorodning allotropik shaklidir. Ozon kisloroddan shuningdek rangi bilan ham farq qiladi. U xiyol moviy rangga ega. Suyuq ozon esa qora rangga yaqin bo‘lgan o‘ta to‘q ko‘k rangda bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling