Koinotning qurilish ashyolari


XX-Bob: Xrom – rang elementi


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

XX-Bob: Xrom – rang elementi .......................................................................................... 159
 
Marganes, Molibden, Volfram, Reniy ............................................................................... 160
 
XXI-Bob: Titan – pishiq va yengil element ....................................................................... 164
 
Vanadiy, Sirkoniy, Niobiy, Gafniy, Tantal ........................................................................ 167
 
XXII-Bob: Bor – sahro elementi ......................................................................................... 170
 
Rux va Kadmiy .................................................................................................................. 172
 
XXIII-Bob: Skandinaviya elementlari ............................................................................... 175
 
XXIV-Bob: Uran – beqaror element .................................................................................. 181
 
XXV-Bob: Toriy va boshqa radioaktiv elementlar........................................................... 184
 
Transuran elementlar ......................................................................................................... 185
 
Ilova ................................................................................................................................... 192
 
Tarjimondan ...................................................................................................................... 200
 
 
 



 
 



KIRISH 
Bir yuz o‘n sakkiz 
Olimlar materiya haqida so‘z yuritayotganlarida qandaydir, muayyan vaznga ega 
narsani nazarda tutayotgan bo‘lishadi. Masalan, tosh, odam, tanasi, bir paqir suv, yoki 
avtomobil muayyan vaznga ega. Bizni o‘rab turgan atrofimizdagi deyarli barcha narsa, 
jumladan, Yer, Quyosh, Oy va yulduzlar ham materiyadan iboratdir. Hatto ko‘zimizga 
ko‘rinmaydigan narsa – havoning ham o‘ziga xos vazni mavjud va u ham materiya sanaladi. 
Yorug‘lik, issiqlik, rentgen nurlari va radioto‘lqinlar singari narsalar vaznga ega emas va shu 
sababli, ularni materiya deb bo‘lmaydi.
Har qanday materiya mayda-mayda zarralardan tashkil topgandir. Ushbu zarralarning 
o‘lchamlari shu darajada kichikki, ularni nafaqat oddiy ko‘z bilan, balki, zamonaviy teleskoplar 
bilan ham ko‘rib bo‘lmaydi. Mazkur zarralarni ilm-fanda atomlar deyiladi. Agar biz yon-
atrofga nazar tashlasak, minglab turdagi har xil materiyalarni ko‘ramiz. Lekin, shunisi 
hayratlanarliki, ushbu xilma-xillikni tashkil qiluvchi atomlarning turlari keskin 
chegaralangandir. Ya’ni, hozirda bizga ma’lum atom turlari atiga 118 ta xolos. Undan faqat 90 
tasi tabiatda uchraydi. Qolgan 28 tasini esa kimyogar olimlar sun’iy ravishda olishgan. 
Tabiatda mavjudlarining ham katta qismi erkin holda uchramaydi va boz ustiga, ko‘plab 
atomlar borliqning o‘zida ham juda-juda kam sonda mavjud. Tabiatda haqiqatan ham keng 
tarqalgan atomlar soni esa 30 ga yaqin xolos.
Atomlar ba’zan har qanday boshqa atom bilan bog‘lanishni istisno qiluvchi maxsus 
yakka holatda ham bo‘ladi. Lekin, aksariyat atomlar bir-biri bilan muayyan usullarda 
bog‘lanib, katta-kichik guruhlarga birlashadi. Bunday atom guruhlarini molekulalar deyiladi. 
Molekulalar ham o‘ziga mos boshqa molekulalar bilan bog‘lanib, turli birikmalar hosil qilishi 
mumkin. Atom va molekulalarning o‘zini tutishi ham xuddi odamlarga o‘xshaydi.
Ya’ni, ayrim odamlar yakka-yolg‘iz ham yashay olishadi va bu ularning hayot tarziga 
aylanadi; lekin baribir ko‘pchilik odamlar bir-biriga yelkadosh bo‘lib, oila qurib
ko‘pchiliklashib yashaydilar. Garchi, odamning faqat ikki xil jinsi – erkak va ayol bo‘lsa-da, 
jahonda oilalar soni juda ko‘p va ularning shakli, yoshi, qadriyatlari ham turli tumandir. Ya’ni, 
oila bu – erkak va ayolning o‘zidan iborat eng kichik birlik oila, yoki, erkak, ayol va ularning 
4-5 ta farzandi bo‘lgan o‘rtacha oddiy oila, yoxud, bobo, buvi, ota, ona, nevara, kelin, nabiralar, 
chevaralar va ho kazolardan iborat katta oila bo‘lishi ham mumkin. Yoki, eri yo‘q yolg‘iz ayol 
va uch nafar go‘dak farzandi bor oila; ayoli yo‘q, lekin, ikki nafar farzandiga o‘zi qaraydigan 
erkak boshchiligidagi oila singarilar ham uchrab turadi. Ko‘rib turganingizdek, variantlar juda 
ko‘p.
Atomlar ham shunday. Ularning nisbatan ozgina xili, ya’ni, atiga 118 ta xili mavjud 
xolos. Lekin, ushbu atiga 118 ta elementdan butun borliq, Koinot, yeru-samodagi barcha-
barcha jismlar – odam tanasi, tog‘u-toshlar, yulduzlar, galaktikalar, kometalar, egnimizdagi 
kiyim matosi va ho kazo millionlab va milliardlab turdagi narsalar shu elementlarning bir-biri 
bilan turli birikmalar hosil qilishidan paydo bo‘ladi. Kimyogarlar yuz minglab xildagi 


10 
birikmalarni va birikmalarning aralashmalarini farqlaydilar. Birgina odam tanasining o‘zi 
minglab turdagi birikmalardan tashkil topgan.
Biror bir moddani tashkil qiluvchi molekulalarning hammasi faqat bir turdagi 
atomlardan tashkil topgan bo‘lsa, materiyaning bunday turi element deyiladi. Kimyoda 118 xil 
atom mavjudligiga ko‘ra, xuddi shuncha, ya’ni, 118 xil element bor deyiladi.
Ushbu elementlar butun Koinot va undagi jamiki narsalarni tashkil qiluvchi 
materiallardir. Ya’ni, ular borliqning moddiy asosini tashkil qiladi. Tabiat bizga ma’lum va 
noma’lum barcha moddalarni ana shu 118 xil elementdan yaratgan.
Mazkur 118 xil elementdan ba’zilarini biz juda yaxshi taniymiz va ular bilan har nafas 
muomalada bo‘lamiz. Masalan, kislorod, azot vodorod singarilari shular jumlasidandir. Yana 
ayrim elementlar biz uchun juda qadimdan tanish va ulardan turmushda keng foydalanamiz. 
Xususan, mis, kumush, oltin, temir singari elementlar shunday elementlar sirasiga kiradi. Yana 
shunday elementlar borki, ularni biz kundalik hayotda deyarli uchratmaymiz va ularni o‘z 
ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun maxsus jihozlangan kimyoviy laboratoriyalarga tashrif buyurish 
kerak bo‘ladi. Eng murakkab va nozik elementlarni biz singari oddiy odamlar hech qachon 
ko‘rmaymiz va ular faqat professional kimyogarlargagina ma’lumdirlar.
Qo‘lingizdagi kitobda, o‘sha 118 xil elementlarning har biri haqida imkon qadar 
mufassal va qiziq holda hikoya qilinadi. So‘z albatta bizga eng yaxshi tanish va tabiatda 
nisbatan keng tarqalgan elementlardan boshlanadi.
Avvalboshda, barcha elementlar uchun umumiy tarzdagi ayrim faktlarni aytib o‘tsak. 
Elementlarning har biri boshqasidan o‘z kimyoviy va xossalari, tashqi ko‘rinishi va boshqa 
belgilariga ko‘ra keskin farq qiladi. Ulardan biri qora va qattiq bo‘lsa, boshqalari yarqiroq va 
yumshoq bo‘ladi; ba’zilari mo‘rt, ayrimlari muayyan sharoitlarda suyuq va hatto gaz holatida 
bo‘lishi mumkin; ba’zi elementlar rangsiz va hidsiz, boshqalari rangdor va hidga ega bo‘ladi. 
Turli elementlarning atomlari bir-biri bilan o‘zaro va boshqa elementlar bilan birikishda, turli 
xil yo‘llardan foydalanadi. Bu esa, ularning kimyoviy xossalari ham keskin farqlanishini 
bildiradi.
Kimyogarlar elementlarning ushbu xilma-xilligini qandaydir yo‘l bilan tartibga 
keltirishga harakat qilib kelganlar. Muayyan muddat izlanishlardan so‘ng, olimlar 
elementlarning o‘zi ham yanada maydaroq zarrachalardan tashkil topishini bilib oldilar. 
Atomning tashqi qavati muayyan aniq bir son miqdorini tashkil qiluvchi juda mayda 
zarrachalardan – elektronlardan iborat. Har bir alohida tur atomda faqat o‘zigagina xos bo‘lgan 
sondagi elektronlar miqdori bo‘ladi. Eng sodda tuzilishga ega atomda faqat bitta elektron 
mavjud bo‘ladi. Nisbatan murakkabroq atomlarda elektronlar soni ham ko‘proq, ya’ni, ikkita, 
uchta, o‘nta, yigirmata... tarzida ketaveradi va shu son orada biror ketma-ketlikni uzmay, to 
118 ga qadar davom etadi. Shu sababli ham, kimyogarlar elementlarni nafaqat nomi bilan, 
balki, atom raqami bilan ham taniydilar. Me’yoriy sharoitda 23 ta elektronga ega bo‘ladigan 
atom, ya’ni, 23 ta elektronga ega elementning atom raqami ham 23 bo‘ladi.


11 
Ushbu elektronlar markazda turuvchi atomning atrofi bo‘ylab, qavat-qavat 
ko‘rinishdagi, yoki boshqacha aytganda, pog‘onalar bo‘yicha joylashgan bo‘ladi. Shunday 
pog‘onalardan biri elektronlar bilan to‘lib bo‘lgach, navbatdagi elektron keyingi pog‘onadan 
joy oladi. Masalan, 3-raqamli element atomga eng yaqin pog‘onada to‘liq sondagi 
elektronlarga ega va undan keyingi ikkinchi pog‘onada atiga bir dona elektroni mavjud. 11-
raqamli elementda esa elektronlar bilan to‘lgan ikkita pog‘ona mavjud va uning ham uchinchi 
pog‘onasida atiga bitta elektron bo‘ladi. 19-raqamli elementning esa birinchi uchta pog‘onasi 
elektronlar bilan to‘liq egallangan va to‘rtinchi pog‘onada bitta elektron mavjud bo‘ladi. 
Muayyan elementning kimyoviy xossalari asosan, uning atomidagi eng tashqi elektron qavatda 
nechta elektron borligiga bog‘liq bo‘ladi.
3, 11 va 19-raqamli elementlarning bir-biriga o‘xshash jihati shuki, ularning 
hammasining atomidagi eng tashqi elektron qavatda atiga bittadan elektron mavjud. Ularning 
har uchalasi havoda tez xira tortadigan va oson eriydigan yumshoq metallar sanaladi.
Kimyogarlar elementlarni shunday jadval bo‘ylab tartiblashganki, bir-birga o‘xshash 
elektron qavat tuzilishiga ega elementlar bitta ustun bo‘ylab va ba’zan bitta qator bo‘ylab 
joylashadi. Elementlarning bu tariqa jadval ko‘rinishida joylashtirilishi davriy jadval deyiladi. 
Agar siz davriy jadvalga diqqat qaratsangiz, 3, 11 va 19-raqamli elementlar, shuningdek, 37, 
55 va 87-raqamli elementlar bitta ustunda joylashganligini ko‘rasiz. 2, 10, 18, 36, 54 va 86-
raqamli elementlar esa boshqa bir ustun bo‘ylab ustma-ust joylashgan. Bir qator bo‘ylab 
joylashgan va bir-biriga juda o‘xshaydigan elementlar ketma-ketligiga misol qilib esa, 26-27-
28 raqamli elementlarni, yoki, 57 dan 71-raqamligacha bo‘lgan elementlar qatorini ko‘rsatish 
mumkin. Shu tariqa, davriy jadvaldan foydalanib, siz birdaniga bir necha elementlarning 
xossalari haqida umumiy tasavvur hosil qilishingiz mumkin bo‘ladi. Men ham, davriy 
jadvaldan foydalangan holda, bitta hikoyaning o‘zida bir necha o‘zaro o‘xshash element haqida 
bayon qilib o‘taman.
Keyingi sahifada, o‘sha biz aytgan 118 xil elementning atom raqamlari va davriylik 
qonuniyati asosida joylashtirilgan jadvali keltirilgan. Davriy jadvalning kataklari interaktiv 
bo‘lib, ya’ni, agar siz kitobni elektron tarzda mutolaa qilayotgan bo‘lsangiz, katakcha ustiga 
bosishingiz bilan, o‘sha katakchada joylashgan element haqidagi hikoyaga o‘tiladi (ya’ni, 
katakchada hikoyaga havola yashiringan). 
Darvoqe’, ushbu jadval «kimyoviy elementlarning Mendeleyev davriy jadvali» 
deyilishini yana bir bor eslatib o‘tamiz. Davriy jadvaldan keyin esa, biz darhol, ushbu 
elementlar haqidagi qiziqarli hikoyalarimizni boshlaymiz. Keling, Koinotning qurilish 
ashyolari bo‘lgan – kimyoviy elementlar bilan birma-bir tanishib chiqamiz.


12 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling