Mavzu: Ionlanish energiyasining davriy o’zgarishi Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 120.16 Kb.
bet1/9
Sana26.01.2023
Hajmi120.16 Kb.
#1126521
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ionlanish energiyasining davriy o’zgarishi


Mavzu: Ionlanish energiyasining davriy o’zgarishi

Mundarija:

I. Kirish ………………………………………………………………………..…2
II.Asosiy qism
2.1. Ionlanish energiyasi va uning qonuniyatlari…………………………….……5

2.2. Birinchi va ikkinchi ionlanish energiyasi o'rtasidagi farq ……………..…….10

2.3. Ionlanish energiyasi va elektron yaqinligi o'rtasidagi farq.……………….…14

2.4. Ionlanish energiyasiga doir misollar…………………………………………22


III.Xulosa ……..……………………………………………………………..…..24
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat.…………………………………….…..25

Kirish.
D.I.Mendeleevning davriy qonuni va davriy sistemasi kimyo fanining taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo’ldi. U yangi ilmiy kashfiyotlar qilishda muhim o’rin tutdi. Atom tuzilishi nazariyasi kashf qilingandan keyin quyidagi muhim masalalar hal qilindi:
Kimyoviy xossalarning davriy o’zgarishi; 2) davriy sistemaning
guruhlarga, asosiy va yonaki guruhchalarga bo’linishi; 3) Yer po’stlog’ida kam uchraydigan lantonoidlarning mavjudligi; 4) kimyoviy xossalarning ma‘lum qonuniyat bilan o’zgarishi; 5) argon va kaliy; kobalt va nikel; tellur va yod; toriy va protaktiniyning atom massalarining qiymatlariga e‘tibor bermay sistemaga joylashtirishda qonundan oz bo’lsa–da chetlanishlik sabablari aniqlandi.
Davriy qonun va davriy sistema haqidagi g’oyalar ikki yo’nalishda rivojlandi; bo’lardan biri – elementlarning davriy xossalarini izlash; ikkinchisi – davriy sistemani yangi variantini yaratish.
Elementlarning yangi o’rganilgan davriy xossalari qatoriga – ularning atom radiuslari, ionlanish potentsiallari, elektrmanfiylik kabi xossalari qo’shildi. Undan tashqari, Rossiya olimi Ye.B.Biron D.I.Mendeleevning har qaysi guruhchasida asosiy davriylikdan tashqari, yana ikkilamchi davriylik mavjudligini aniqladi. Elementlarning xossalari har qaysi guruhchada bir tekislikda o’zgarmasdan, balki guruhchada ham o’ziga hos davriylik bordir; masalan, galogenlarning kislorodli birikmalarining barqarorligi ftordan xlorga o’tgan sari kuchayadi, lekin xlorgan bromga o’tganda susayadi; bromdan yodga o’tishi bilan yana kuchayadi.
Ion bоg’lanish vujudga kelishini natriy xlorid NaCI hosil bo’lishi misolida ko’rib chiqamiz. Shu birikmani hosil qilgan natriy va xlor atomlari elektrmanfiyligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi: natriy atomi uchun bu qiymat 1,01 ga, xlor atomi uchun 2,83 ga teng. Elektron formulalar Na 1s2 2s2 2p6 3s1 ва CI 1s2 2s2 2p6 3s2 3p5 dan ko’rinib turibdiki, bu atomlarning tashqi elektron pog’onalari tugallanmagan. Tashqi pog’onasini tugallash uchun natriy atomi 7 elektron biriktirib olishidan ko’ra 1 elektron berishi oson, xlor atomi esa 7 elektron berishidan ko’ra 1 elektron biriktirib olishi oson. Tajriba shuni ko’rsatadiki, kimyoviy reaktsiyalarda natriy atomi 1 elektron beradi, xlor atomi esa uni biriktirib oladi. Buni sxema tarzida quyidagicha yozish mumkin:
Na – e – = Na+ ; CI + e  = CI 
ya‘ni Na atomining elektron qobig’i nodir gaz Ne ning barqaror elektron qobig’iga aylanadi – 1s2 2s22p6 (bu natriy ion Na+ ), CI atomining qobig’i esa nodir gaz Ar atomining qobig’iga aylanadi – 1s2 2s2 2p6 3s2 3p6 (bu xlorid – ion CI ). Na+ va CI  ionlari orasida elektrstatik tortishish kuchlari vujudga keladi, natijada NaCI birikma hosil bo’ladi.
Ionlar orasida elektrstatik tortishuv tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog’lanish elektrvalent yoki ionli bog’lanish deyiladi. Ionlarning bir-biriga tortilish yo’li bilan hosil bo’lgan birikmalar ionli birikmalar deyiladi.
Ionli birikmalarning elektrmanfiyligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladigan atomlar, masalan I va II guruxlar bosh guruhchalaridagi elementlarning atomlari bilan VI va VII guruhlarning bosh guruhchalaridagi elementlarning atomlari hosil qiladi. Ionli birikmalar nisbatan ko’p emas.
Natriy xlorid NaCI molekulalari faqat bug’ holatdagina mavjud bo’ladi. Ionli birikmalar qattik (kristall) xolatda ma‘lum qonuniyat bilan joylashgan musbat va manfiy ionlardan tarkib topadi. Bu holda molekulalar bo’lmaydi.
Kovalent bog’lanish kimyoviy boglanishning ancha umumiy turidir. Bog’lanish nazariyasi ionli bog’lanishning kovalent bog’lanishdan vujudga kelishini umumiy elektron juftning haddan tashqari bir tomonlama qutblanishi bilan tushuntiradiunda umumiy elektronlar jufti birikayotgan atomlardan bittasining ihtiyoriga o’tadi. Masalan:

Download 120.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling