Koinotning qurilish ashyolari


Download 39.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/71
Sana30.10.2023
Hajmi39.22 Kb.
#1734360
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
Koinotning qurilish ashyosi

Yodoform ham antiseptik modda bo‘lib, uning molekulasida bit atom kremniy, bir atom 
vodorod va uch atom yod mavjud bo‘ladi. Nomidan ham va tuzilishidan ham siz uning 
xloroform bilan o‘xshashligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Yodoform sariq rangli kukun shaklida 
bo‘ladi va u ham, yaralarni zararsizlantirish uchun yara ustiga sepiladi. Vrach kabinetidagi 
o‘ziga xos turadigan hid odatda aynan shu yodoform hidi bo‘ladi.
Yod shuningdek salomatlik uchun ham muhim element sanaladi. Odam organizmida 
ham juda-juda oz miqdorda bo‘lsa-da, har holda yod mavjud. O‘rta yoshli odam organizmida 
taxminan 0,05 gramm yod bo‘ladi. Ushbu miqdorining asosiy qismi, kekirdakdan yuqoriroqda, 
bo‘yin va jag‘ tutashgan joyda joylashadigan qalqonsimon bezda yig‘ilgan bo‘ladi. Ushbu bez 
organizmdagi ovqat hazm bo‘lish jarayonlarini va energiya ajralib chiqishi jarayonini nazorat 
qiladi. Bunda qalqonsimon bez muayyan turkum yodli birikmalardan – yodotironinlardan 
foydalanadi. Agar organizmda yod yetishmovchiligi yuzaga kelsa, qalqonsimon bez shishib 
ketadi va tomoq va jag‘ aralash buqoq hosil bo‘ladi.
Siz agar, organizmga yod shu darajada oz miqdorda kerak bo‘lsa, unda yod 
yetishmovchiligi unchalik ham jiddiy xavf tug‘dirmasa kerak degan xayolga borgan bo‘lsangiz 
kerak. Lekin, organizmga ushbu juda oz miqdordagi yod ham juda-juda zarur. Tabiatda esa 
yod ancha kamyob element sanaladi. Ba’zi joylarda yod mahalliy sharoitda (masalan, tuproqda 
yoki suvda) umuman yo‘q. Natijada, o‘sha joylarda yashovchi aholi, o‘simliklar va hayvonlar 
organizmda yodga bo‘lgan talab muntazam qondirilmay qoladi. Aynan shunday hudud 
aholisida buqoq kasalligi ko‘proq uchraydi.
Buning oldini olish uchun esa, aholi kundalik iste’mol qiladigan mahsulotlar tarkibiga 
oz-oz miqdordan yod qo‘shish orqali muammoni hal qilish mumkin. Ba’zi mamlakatlarda 


72 
yodni ichimlik suviga oz miqdorda qo‘shish orqali bu masalani hal qilishgan bo‘lsa, boshqa 
mamlakatlarda yod osh tuzi tarkibiga qo‘shib sotiladi. Umuman olganda, osh tuzini yodlash va 
yodlangan tuzni iste’mol qilish yaxshiroq samara berishi kuzatilgan.
Dengiz suvidagi yod miqdori undagi brom miqdoridan ham kamroq. 4000 m
3
dengiz 
suvidan atiga 30 gramm yod olish mumkin. Shu sababli, dengiz suvidan yod ajratib olish 
favqulodda qimmatga tushadi. Lekin, yod baribir asosan dengizdan olinadi. Bunda, suvning 
o‘zidan emas, balki, dengizda yashovchi organizmlar tanasida to‘planadigan yodga e’tibor 
qaratiladi. Yod ayniqsa dengiz suvo‘tlari tanasida ko‘p to‘planadi. Masalan, laminariya nomli 
suvo‘tini terib, uni quritilsa, undan yaxshigina miqdorda yod olish mumkin. 1 tonna 
laminariyadan 6 kg atrofida yod olsa bo‘ladi. Bu yod olishning eng maqbul usuli sanaladi.
Yodni aynan shunga o‘xshash suvo‘tlarining kimyoviy tarkibini o‘rganish jarayonida 
kashf qilingan. Bu ishni 1811-yilda farang kimyogari Bernar Kurtua amalga oshirgan edi.
Dengiz sohillarida yashovchi aholining quruqlik ichkarisida yashovchi aholiga nisbatan 
kamroq buqoq bo‘lishi avvaldan kuzatilgan edi. Buning sababi ham yod bilan bog‘liq ekanini 
olimlar ancha keyin fahmlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, dengiz sohili yaqinida shamollar va 
dengiz suvi ta’sirida mahalliy tuproq yodga boy bo‘lib qolar ekan. Natijada bunday tuproqda 
o‘sgan o‘simliklar o‘ziga kerakli yodni o‘zlashtirib, tanasida ham yod to‘plashi ma’lum 
bo‘lgan. Bunday o‘simliklardan oziqlangan boshqa hayvonlar ham yodga bo‘lgan ehtiyojni 
oson qondira oladi. Mahalliy aholi esa, avvalo dengiz mahsulotlarini – baliq, qisqichbaqa va 
ho kazolarni ko‘p iste’mol qilgani uchun, qolaversa, yodga to‘yingan o‘simliklarni ham 
iste’mol qilgani uchun, organizmdagi yodga bo‘lgan talabni bemalol oson qondira oladi.
Boshqa galogenlar haqidagi hikoyalarda aytilganidek, yodni ham qurib bitgan dengizlar 
o‘rnidan qazib olish mumkin. Xususan, Chilidagi qurigan dengiz o‘rnida nitratlar olingan 
joydan yod ham ko‘p miqdorda olingan. Shuningdek, neft quduqlari atrofida to‘planib 
qoladigan gurunt suvlari tarkibidan ham odatda yod topiladi.
Yodning azot bilan birikmasi ko‘rinishidagi azot triyodid moddasi eng qiziqarli va shu 
bilan birga, eng xavfli moddalardan sanaladi. Azot triyodid molekulasi bir dona azot atomiga 
uchta yod atomi bog‘langan ko‘rinishda bo‘ladi. U eng oson portlovchi moddalar sirasiga 
kiradi. Qoramtir-qo‘ng‘ir rangdagi ushbu moddaga arzimagan mexanik ta’sir ko‘rsatilsa, 
masalan, soch tolasi bilan tegib ketilsa ham, u qattiq gumburlagan ovoz bilan kuchli portlaydi.


73 

Download 39.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling