Koinotning qurilish ashyolari
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
nordon kislota ham deyiladi. Fanda esa uni xlorid kislota deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Xlorid
kislota uchta eng kuchli kislotalardan biri bo‘lib, arzonligi va kuchli kislota ekanligi sababli, sanoatda keng qo‘llaniladi. Lavuazye «kislota» tushunchasiga ta’rif berganida, uning tarkibida kislorod mavjud bo‘lishi kerakligini aytib o‘tgan edi. Lekin, xlorid kislota buning unchalik ham to‘g‘ri ta’rif emas ekanligiga eng oddiy misoldir. Chunki, xlorid kislota tarkibida kislorod umuman yo‘q. Lekin, barcha kislotalarda bo‘lgani kabi, xlorid kislotada ham vodorod albatta mavjud. Xlorid kislota – xlor atomi va boshqa element atomlaridan tashkil topgan butun boshli muayyan birikmalar sinfining yaqqol misolidir. Bunday birikmalarni kimyoda xloridlar deyiladi. Xlorid birikmalar ichida nisbatan eng keng tarqalgani va biz eng yaxshi taniydiganimiz bu – oddiy osh tuzidir (NaCl). Xlorning ayniqsa xloridlar ko‘rinishida tirik organizmlar uchun ahamiyati katta. Siz ko‘z yoshi, peshona teri va tishingiz qonagandagi qonning nordon ta’mini his qilgan bo‘lsangiz kerak. Buning barchasi ushbu moddalar tarkibida xloridlar borligi sababidandir. Bizning organizmimizga xloridalar kerak va biz uni ozuqa moddalar tarkibidan qabul qilib turamiz. Hayvonlar, ayniqsa, go‘sht yemaydigan o‘txo‘r hayvonlar esa ozuqa tarkibidan yetarlicha tuz va ola olmagani sababli, ular yalama tuzlarga ehtiyoj sezishadi. Shu sababli ham xo‘jalikda boqiladigan chorva uchun oxurga katta-katta tuz toshi bo‘laklari qo‘yib qo‘yiladi. Yovvoyi muhitda yashaydigan o‘txo‘rlar esa, o‘z jonini xatarga qo‘yib, tabiiy holdagi tuz manbalarini qidirib yurishadi va topib yalashadi. Ayrim hududlarda, qishda o‘rmon oralab o‘tgan yo‘llarni muzlamadan tozalash uchun iste’molga yaroqsiz bo‘lgan kir texnik tuz sepilar edi. Lekin, bu tadbir o‘rmon hayvonlarining hayoti va haydovchilar uchun juda xavfli bo‘lib chiqdi. Chunki, hayvonlar, masalan, kiyiklar yo‘lga sepilgan tuzni yalash uchun chiqib olishar edi. Bu esa 65 avtohalokatlarga sabab bo‘lgan. Shu sababli, yo‘ldagi muzlamani eritish uchun keyingi paytda tuz sepish amaliyotidan voz kechildi. Osh tuzi – xlorning eng mo‘l manbai sanaladi. Yer yuzida tarqalgan xlor elementining asosiy qismi aynan natriy xlorid ko‘rinishida g‘amlangan. Okean va dengizlar suvining ham 3% dan ziyodroq qismi aynan shunday tuzdan iborat bo‘ladi. Dengiz suvining ichishga yaroqsiz, sho‘r holatda bo‘lishining asosiy sababi ham shu. Okean va dengizlardagi tuz miqdori burun Shimoliy Amerika qit’asini qalinligi ikki km keladigan tuz qatlami bilan qoplashga yetarlidir. Qit’alar ichkarisidagi yopiq, ya’ni, dengizga tutashmagan suv havzalari, masalan, ko‘llar ham tuzga boy bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘llarni sho‘r ko‘llar deyiladi. Quruqlik ichkarisidagi yirik ko‘llarning deyarli barchasi shunday sho‘r ko‘llardir. Masalan, Kaspiy dengizi, Orol dengizi, Buyuk ko‘llar, O‘lik dengiz va ho kazolar shular jumlasidandir. AQSHning Yuta shtatida Katta Sho‘r ko‘l nomli yirik ko‘l mavjud. Bunday ko‘llarda ba’zan ularga kelib quyiluvchi daryolarda suv kamayishi yoki to‘xtab qolishi natijasida, ko‘ldagi suv bug‘lanib, sath keskin pasaya boshlaydi. Ba’zan esa, suv butunlay bug‘lanib ketib, ko‘l o‘rnida ulkan cho‘kindi jinslar, shu jumladan yirik tuz qatlamlari hosil bo‘ladi. Ba’zi ko‘llarning qurishi natijasidan hatto qalinligi ming metr va undan baland bo‘lgan tuz qatlami hosil bo‘lishi kuzatilgan. Osh tuzni eritib, elektroliz qilinsa, undan sof holdagi xlor ajralib chiqa boshlaydi. Davriy jadvalda xlor bilan bitta ustunda joylashga elementlar xlorga qardosh elementlar bo‘lib, ularni galogenlar deyiladi. Ushbu so‘zning ma’nosi «tuz hosil qiluvchi» degani bo‘lib, yunon tilidan olingan. Haqiqatan ham, xlor bilan turdosh ushbu elementlarning barchasi tuzga o‘xshash moddalar hosil qiladi. Uglerod va xlor o‘zaro bevosita reaksiyaga kirishmagani bilan, ularni biriktirishning boshqa, bilvosita usullari mavjud. Uglerod yirik molekulalar hosil qila oladi. Uning shu xossasi minglab sondagi xlorli organik birikmalarda namoyon bo‘ladi. Tarkibida xlor tutuvchi shunday organik molekulalardan ikkitasini ko‘pchilik yaxshi taniydi. Ulardan birinchisi – xloroformdir. Uning molekulasida bir atom uglerod, bir atom vodorod, hamda, uch atom xlor mavjud bo‘ladi. Xloroform suyuq modda bo‘lib, suvdan ko‘ra ancha past haroratda qaynaydi. Xona haroratida xloroform suvdan ko‘ra tezroq bug‘lanadi. Bunda tez bug‘lanadigan moddalarni fanda uchuvchan moddalar deyiladi. Xloroform og‘riqsizlantiruvchi vosita sanaladi. Agar xloroform to‘g‘ri qo‘llansa, uni hidlagan odam qattiq uyquga ketadi va og‘riq sezmaydi. Og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida xloroform birinchi marotaba 1847-yilda qo‘llangan bo‘lib, ushbu modda ta’siridan foydalangan ilk bemorlardan biri – Buyuk Britaniya qirolichasi Viktoriya bo‘lgan edi. Biroq, keyinchalik, xloroformning buyrak, yurak va o‘pkaga nojo‘ya ta’siri aniqlanganligi sababli, keyinchalik u iste’moldan chiqarildi va o‘rniga boshqa, nisbatan xavfsiz vositalar joriy etildi. 66 Xloroformga o‘xshab ketadigan yana bir modda uglerod tetraxlorid bo‘lib, uni tetraxlormetan ham deyiladi. Uning molekulasida vodorod atomlari yo‘q. Faqat bitta uglerod atomiga to‘rtta xlor atomi birikkan bo‘ladi (formulasi CCl 4 ). Xloroform singari, uglerod tetraxlorid ham uchuvchan modda bo‘lib, rangsiz og‘ir suyuqlik ko‘rinishida bo‘ladi. Ushbu modda yonmaydi. Shu sababli ham, uni o‘t o‘chirgich vositalarda qo‘llash mumkin. Tetraxlormetan olovga sepilsa, u issiqlik ta’sirida tezda bug‘lanib ketadi. Uning bug‘i ham havodan ko‘ra 5 barobar og‘irroq bo‘ladi. Shu tufayli, ushbu bug‘lar tezda pastga tushib, yonayotgan yuzani qoplaydi va uni kisloroddan to‘sadi. Kislorod yetishmagandan keyin esa, olov o‘z-o‘zidan o‘chadi. Shuningdek, uglerod tetraxlorid yog‘ va moylarni oson eritadi. Shu sababli ham undan quruq tozalov ishlarida ham foydalaniladi. Lekin, ushbu modda va uning bug‘lari odam uchun zaharlidir. Shu sababli ham, u bilan ishlaganda xonani doimiy shamollatish va havo aylanishini (ventilyatsiyani) ta’minlash shart. Uning eng katta afzalligi, yuqorida aytilganidek, yonmasligi bo‘lib, bu yong‘in chiqishini oldini oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling