Koinotning qurilish ashyolari
XI-BOB: ALYUMINIY – OSHXONA ELEMENTI
Download 39.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Koinotning qurilish ashyosi
XI-BOB: ALYUMINIY – OSHXONA ELEMENTI
Davriy jadvaldagi barcha kimyoviy elementlarni ikkita noteng guruhlarga ajratiladi. Birinchi guruh – 80 ta elementni o‘z ichiga olgan metallar, hamda qolganlari metallmaslardir. O‘ylaymanki, metallar qanday ko‘rinishga ega ekanligini va ularning asosiy xossalarini sizga qayta eslatishga hojat yo‘q. Agar metallga ishlov berib, uni sayqallansa, odatda metall yaltirab, tovlanib, jilvalanadigan tusga kiradi. Metallmas moddalar esa, aksariyat hollarda yoki rangsiz, yoki, oq va shunga o‘xshash bir xil yaxlit rangga ega bo‘ladi. Masalan, sap-sariq oltingugurtni yodga oling. Metallar issiqlik va elektr tokini o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘ladi. Metallarning bu xossasiga ko‘ra, ularni shuningdek o‘tkazgich deb ham yuritiladi. Bu degani, issiqlik va elektr tokini, metallar orqali osonlik bilan o‘tkazish va uzatish mumkin deganidir. Yaxshi bilasizki, elektr simlari faqat metallardan tayyorlanadi. Avtomobillardagi va uylardagi isitish pechlarining radiatorlari ham metalldan yasalgan bo‘ladi. Metallmaslar esa aksincha, dielektrik bo‘ladi. Ya'ni, metallmaslar orqali issiqlik va elektr toki yoki, umuman o‘tmaydi, yoki, o‘tsa ham juda yomon (katta yo‘qotishlar bilan) o‘tadi. Metallarning eng muhim sifatlaridan biri, ularga ishlov berish mumkinligi, bolg‘alanuvchanligi, egiluvchanligi hisoblanadi. Bu xossasiga ko‘ra, istalgan metallga shakl berib, uni yupqa tunuka (list) ko‘rinishiga keltirish mumkin. Shuningdek, metallar qovushqoqlik xossasiga ham ega bo‘lib, ya'ni, ulardan sim va tolalar tayyorlash mumkin. Metallmaslardan esa aytaylik tunuka, yoki, tola olishning imkoni juda-juda qiyin va bu jarayonni tasavvur qilish ham mushkul. Birinchi zarbaning o‘ziyoq, metallmaslardan tayyorlangan tunukani yana kukunga aylantirib yuboradi. Metallarning egiluvchanlik xossasi esa, ularni buklash, egish, qayrish, xullas, har ko‘yga solishga imkon beradi. Lo‘ndasini aytganda, metallarning turmushda va texnikada odamzotga qo‘l keladigan xossalari bisyor. Shunga ko‘ra, insoniyat uchun, metallarning ahamiyati benazirdir. Kimyogar mutaxassislar esa, metallar va metallmaslarni, ularga biriktirilgan lotin tilidagi xalqaro ilmiy nomi orqali ham farqlaydilar. Albatta, jahon xalqlarining har birida, muayyan metallarning mahalliy tildagi muqim o‘rnashib qolgan nomi ham bor. Lekin, kimyoda elementlarning lotin tilidagi ilmiy nomi asosiy o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, kimyoviy 88 elementlarning metallar guruhiga mansablarining nomlari, lotin tilida asosan «-um» bilan yakunlanadi. Metallmaslarniki esa, «-n» bilan tugallanadi. Ushbu kitobda, shu choqqacha men hikoya qilishga ulgurgan elementlarning nomlariga e’tibor qarating. Ulardan o‘n ikkitasi metallmaslardir: gidrogen (vodorod); oksigen (kislorod); nitrogen (azot); gelium (geliy); neon, argon, kripton, ksenon, karbon (uglerod); silikon (kremniy); xlorin (xlor); fluorin (ftor); bromin (brom); yodin (yod); sulfur (oltingugurt); selen, tellurium (tellur); fosforus (fosfor), hamda, arsenikum (mishyak). Ko‘rib turganingizdek, ulardan 13 tasining nomi «-n» bilan yakunlanmoqda. Qolgan oltitadan fosforus (fosfor), sulfur (oltingugurt) va arsenik (mishyak) elementlarining nomlari, lotin tilida ham, zamonaviy nomlash qoidalari amalga kiritilishidan avval shakllangan va kimyogar mutaxassislar orasida muqim o‘rnashib qolib bo‘lgan. Geliy esa, o‘z nomini olgan payda u haqida spektral chizig‘idan boshqa hech narsa ma’lum emasdi. Kimyogar Lokyer geliyni metall bo‘lsa kerak deb gumon qilgani uchun, unga shunday, ya'ni, «-um» bilan yakunlanadigan lotincha nom birikib qolgan. Agar, uni «gelion» deb nomlanganda to‘g‘riroq bo‘lar edi. Lekin, gelium atamasi ham allaqachon ilmiy adabiyotlarda mustahkam o‘rnashib qolib bo‘lgan va uni endi o‘zgartirishga juda kech. Bu faqat chigalliklar keltirib chiqaradi xolos va hech qanday amaliy naf keltirmaydi. Metallmaslardan bo‘lgan faqat ikki element – selen va tellurning lotincha nomlari, metallarniki singari «-um» bilan yakunlanadi. Buning boisi shundaki, ushbu ikki elementning ma’lum bir allotropik shakllari, ayrim hollarda o‘zini xuddi metallar singari namoyon qiladi va ushbu chalg‘ituvchi xossalari tufayli, ular metallar singari lotincha ilmiy nomga ega bo‘lib qolgan. Davriy jadvalni yaxshi o‘zlashtirgan odam, metallmaslarning jadvalda bir tarafga to‘planib olishganiga albatta e’tibor qaratadi. Ular jadvalning yuqori-o‘ng burchagini makon tutishgan. Kitobning bundan keyingi matnida hikoya qilinadigan kimyoviy elementlardan faqat 3 tasi metallmaslar bo‘lib, ular haqida ham eng oxirida gaplashamiz. Demak, quyida hikoya qilinadigan elementning qolgan barchasi metallar guruhiga mansub bo‘lib, men so‘zimni ular ichida yerda eng keng tarqalgani haqidagi suhbatdan boshlayman. Yer qobig‘ida eng keng tarqalgan metall – alyuminiydir. U shuningdek, eng ko‘p uchraydigan kimyoviy elementlar ichida ham uchinchi o‘rinda turadi. Alyuminiydan ko‘ra ko‘proq uchratish mumkin bo‘lgan kimyoviy elementlar bu – kislorod va kremniy bo‘lib, ular metallmaslar turkumiga mansubdirlar. Foiz hisobida oladigan bo‘lsak, yer qobig‘ining 7% dan ziyodrog‘ini aynan alyuminiy tashkil qiladi. Alyuminiy ko‘pincha tuproq tarkibidagi alyumosilikatlar ko‘rinishida tarqalgan bo‘ladi. Alyumosilikatlar – alyuminiy, kislorod va kremniyning yana bir, yoki ikkita boshqa element bilan birikmasi hisoblanadi. Qizil rangli qimmatbaho toshlar – granatlar ham alyumosilikatlarning bir turi hisoblanadi. Yer yuzida eng ko‘p tarqalgan tosh jinslardan biri – granitdir. Odatda ulkan granit jinslari, yana bir boshqa tosh jinslardan bo‘lmish – bazalt qatlamlari ostida joylashadi. 89 Bazalt ham, granit ham vulqon jinslari hisoblanadi. Ya'ni, ular yuqori harorat va bosim ostidagi sharoitlarda, yerning juda chuqur qa’rida shakllangan bo‘ladi. Yer qa’rida yuqori haroratda erigan holda mavjud bo‘ladigan jinslar magma deb nomlanadi. Vulqonlar orqali shiddat bilan otilib chiqadigan magmani esa, lava deb ataladi. O‘ta qaynoq haroratda otilib chiqib, tez sovishi natijasida shishasiman massa hosil qilib qotadigan jinslarni obsidian deb yuritiladi. Obsidianning an’anaviy nomi esa – vulqon shishasi bo‘lib, haqiqatan ham, tashqi ko‘rinishida shishaga juda o‘xshaydi. Ichida turli gazlarning pufakchalari qolib ketganligi sababli g‘ovak massaga aylanib qotgan lava esa, yengilligi sababli suvda cho‘kmay, qalqib yuradi va uni pemza deb nomlanadi. Granit asosan uch xil moddadan: kvarts, dala shpati va slyudadan tarkib topgan bo‘ladi. Kvarts bu – kremniyning dioksididir (SiO 2 ). Dala shpati va slyuda esa – alyumosilikatlarning shakllaridan sanalishadi. Dala shpatining bir turi – to‘q ko‘k rangli mineral lazurit ( Na 6 Ca 2 (AlSiO 4 ) 6 (SO 4 ,S,Cl) 2 ) bo‘lib, kamyob minerallar sirasiga kiradi va yarim qimmatbaho tosh sanaladi. Mutaxassislar lazuritni sun’iy yo‘l bilan olishni ham o‘rganib olishgan bo‘lib, bunday sun’iy lazurit Download 39.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling